Devorbop materiallarning mexanik va termik xossalari
Download 1.44 Mb.
|
Devorbop materiallarning mexanik va termik xossalari.pptx1111
Qotish sharoitlariga ko'ra avtoklav va noavtoklav g'ovakli betonlar farq qilinadi. Avtoklav g'ovakli betonlar to'yintirilgan bug'muhitida 0,8–1,6 MPa bosim ostida va 170-200 C haroratda qotiriladi. Noavtoklav g'ovakli betonlar tabiiy shaoitlarda elektr bilan qizdirib yoki atmosfera bosimida 100C gacha haroratda bug'bilan ishlov berib qotiriladi.G'ovakli betonlar mustaxkamligi yuqori emasligi sababli ulardan kam qavatli qurilishlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir, buning ustiga bir va ikki qavatli uylarda ko'p qavatli uylarga nisbatan issiqlikning yo'qotilishi 4-5 barobar ko'p bo'ladi.
Shu sababli ham MDX mamlakatlarida chiqariladigan devorbop materiallardan 8-10% gina g'ovakli betonlardan tayyorlanuvchi devorbop materiallarga to'g'ri keladi.Shuni aytib o'tish lozimki, g'ovakli betonlardan ishlab chiqariluvchi maxsulotlarning ko'pchiligi 600-700 kg/m3 zichlikka ega. Yangi talablarga ko'ra ularning bir qatlamli to'suvchi konstruktsiyalardagi samarasi ko'p qatlamli devorlardagiga nisbatan solishtirganda kamroq bo'ladi. Bunday hollarda tashqi devorlar qalinligini oshirishga to'g'ri kelardi. Devorlar qalinligini oshirmasdan turib ularning talab etiluvchi issiqlikdan himoyalovchi xususiyatlarini ta'minlash uchun g'ovakli betonlarning mustaxkamligini saqlab qolgan holda o'rtacha zichligini 400-500 kg/m3 gacha pasaytirish lozim. Bunday bloklar hozirgi kunda shiddat bilan riojlanayotgan karkasli-yaxlit quyma qurilish uchun ham o'zini ko'taruvchi devorlarni barpo qilishda o'ta kerak bo'lar edi.
Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling