Devorbop materiallarning mexanik va termik xossalari
O'rtacha zichligi 400-500 kg/m3 bo'lgan g'ovakli betonning fizik-texnik ko'rsatkichlari
Download 1.44 Mb.
|
Devorbop materiallarning mexanik va termik xossalari.pptx1111
O'rtacha zichligi 400-500 kg/m3 bo'lgan g'ovakli betonning fizik-texnik ko'rsatkichlari
O'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, eng engil gazobetonlarni mikrokremnezem asosida olish mumkin ekan (250-300 kg/m3). Afsuski bunday gazobetonlarning mustaxkamligi juda ham past (taxminan 2 kg/sm2) ekanligi bilan ajralib turadi. Bundan kelib chiqib sifatli gazobeton olish uchun xom ashyoning yangi turlarini topish va uning texnologiyasini yanada takomillashtirish bo'yicha izlanishlarni davom ettirish lozim. Hozirgi kunda MDH mamlakatlarida sopol devorbop materiallarning samaradorlgini oshirish yo'llari ustida ishlar olib borilmoqda. Masalan, Rossiyaning sopol buyumlar ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonalaridan biri bo'lgan "Golisin sopol buyumlar zavodi" AJ maxsulotlarning juda ham keng assortimentini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan. Ushbu korxona 9 xil rangdagi g'ishtlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan. (1.2.-rasm).Olinayotgan g'ishtlar sirtlarining o'ta silliqligi, geometrik o'lchamlarining aniqligi, yuqori mustahkamligi (M125–M150), standart bo'yicha talab etiladigan F–50 ga nisbatan 2-3 barobar yuqoriroq bo'lgan muzlashga chidamliligi – bu barcha ko'rsatkichlar ushbu korxonada xom ashyonitayyorlashga katta e'tibor berilishi, texnologik liniyani yuqori sifatli dastgoxlar bilan jixozlanishi va texnologiyasining mukammalligi evaziga erishiladi.Standart shakl va o'lchamli g'ishtdan tashqari korxona yarimtalik, bir yarimtalik va ikkitalik, xamda yon qirrasi doiraviy yoki 45 gradusli, trapesiyasimon, oltiburchakli kabi g'ishlar ishlab chiqaradi.
Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling