Mikroprotsesorlarning asosiy buyruqlari. Bazali buyruqlar tizimi


Download 287.5 Kb.
bet1/6
Sana27.01.2023
Hajmi287.5 Kb.
#1130533
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma\'ruza


6-MA’RUZA
MIKROPROTSESORLARNING ASOSIY BUYRUQLARI. BAZALI BUYRUQLAR TIZIMI


REJA:

6.1. Mashina kodiva assembler


6.2. Komandalarning oddiy tarkibi
6.3. Arifmetik amallar komandalari tarkibi
6.4. Logikoperatsiyalarkomandalari tarkibi
6.5. Ma’lumotlar uzatish operatsiyalari komandalari tarkibi
6.6. Tarmoqlanish operatsiyalari komandalari tarkibi
6.7. Kichik dasturlarni chiqarish va asosiy dasturga qaytarish komandalari tarkibi
6.8. Boshqa operatsiyalar komandalari tarkibi
6.9. Adresatsiyalash usullari


Tayanchso’zvaiboralar
Mashina kodi, assembler, komandalar, assembler komandalaritarkibi, Intel 8080/8085 mikroprotsessorlarining assembler komandalaritarkibi, arifmetik amallar komandalari, logikoperatsiyalarkomandalari tarkibi, ma’lumotlar uzatish operatsiyalarikomandalari, tarmoqlanish operatsiyalari komandalari, kichik dasturlar, adresatsiyalash, mnemokod, mnemonika maydoni,operand, operand maydoni,yuqori darajali tillar, akkumulyator, registr.


6.1. MASHINA KODI VA ASSEMBLER
O‘zining ishchi darajasida mikroprotsessormashina dasturi deb nomlanishi olgan operatsiyalar ro‘yxatiga ta’sir (reaksiya) bildiradi. Mashina kodidagi dastur o‘n olitalik kodda (N-kodda) taqdim etilganida idrok etish uchun osonlashadi.Biroq, ikkitalik ma’lumotlar o‘n oltitalik kodda keltirilgan bo‘lishiga qaramay, dasturning bu qismi doim mashina tilida berilgan sifatida qaralib, tushunish uchun qiyinchiliklar paydo qiladi.
Savol yuzaga keladi: inson tilining ba’zan uzun va murakkab bo‘lgan bu shaklidan qanday qilib mashina tiliga o‘tish mumkin? Javob oddiy dasturlash tilidan foydalanishdan iborat – eng yuqori darajadan mashina darajasiga qadar. Assembler so‘zlar va jumlalardan foydalanib, ularni mikroprotsessorning mashina kodiga aylantirib boradi.
Odatda jumla yoki assemblerda berilgan kattalik mashina tilida uzunligi birdan uch baytgacha bo‘lgan ifodaga to‘g‘ri keladi. Assemblerlash mohiyati va amaliyoti – dastur komandasimnemonika (mnemokod) – komandaning qisqartirilgan ramzi qaydi bilan taqdim etiladi. Assembler tilidagi, inson tomonidan yozib olingan dastur 6.1-jadvalda taqdim etilishi mumkin.
E’lonlarni mashina tilida to‘rt maydonga bo‘lish qabul qilingan: belgi (metka); mnemonika; operand vaizoh. Belgi maydoni hamisha ham foydalanilmaydi va bu dasturda ko‘pincha bo‘sh qoldiriladi. Mnemonika maydoni ishlab chiquvchi tomonidan belgilangan aniq mnemonikaga ega bo‘lib, u ko‘pincha assembler dasturiga bajarish uchunoperatsiyani ko‘rsatib beradi. Operand maydonitegishli operatsiya bilan birlashtirilgan registrlar, ma’lumotlar vaadreslar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Faqat mnemonika va operand maydonlari axborotidan foydalanib, assembler mashina tilidagi tegishli kodni berishi mumkin bo‘ladi.

6.1-jadval.Assemblertilidagi dastur



SHuningdek komandalar ro‘yxatiga xotira yacheykalarini tayinlash mumkin. SHarhlar maydoni assembler tomonidan hisobga olinmaydi. Bu maydon juda muhim, chunki dasturdagi holisalarni tushunish imkonini beradi.
Dastur tuzib bo‘lishi bilanu 6.2-jadval ko‘rinishida taqdim etiladi. SHunday qilib, assemblerlash vazifasi (yoki assemblerda dastur tuzish) quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: 1) mnemonika va operandlarni mashina tiliga o‘girish; 2) oldinma-ketin tarzda har bir KOP va operandga xotira yacheykasini tayinlash. 1-jadval versiyasidan 6.2-jadvaldagi assemblerlanganversiyaga o‘tishyo qo‘lda, yo mashinada assembler interpretatorining maxsus dasturi yordamida bajarilishi mumkin1.

6.2-jadval.Mashina kodlari vaassembler tilidagi dastur



Ramziy (simvolik) komandalardan iborat dastur (fragment 6.1-jadvalda ko‘rsatilgan) ba’zan boshlang‘ich dastur deb, bir marta mashina tiliga o‘girilganidan keyin esa – endi ob’ektli dastur deb (komandlarning ob’ekt kodlari va ma’lumotlarga ega bo‘lgan) nomlanadi.


Assembler tilida dasturlashmikroprotsessor harakatlarini «insoniylashtirish» usullaridan biridir.YUqori darajali tillar (Beysik, Paskalva sh.k.) ulardan foydalanishda dasturlashni bir muncha qulaylashtiradilar. Masalan, Beysik yokiPaskal tilidagi bir komanda 20yoki 30 ta mashina komandalariga muvofiq kelishi mumkin.



Download 287.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling