Di20-11-Guruh talabasi Hamroyev Shuhratning“Operatsion tizimlar” fanidan Mustaqil ishi Reja
Download 107.87 Kb.
|
Guruh talabasi Kaxorov Baxromning “Operatsion tizimlar” fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuterning ishonchliligini ta’minlash.
Kompyuter bilan muloqot. OC ning ayrim resurslarida kompyuter bilan muloqot ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, foydalanuvchi ham o’z dasturiga muloqotni kiritishi mumkin. Muloqot tashabbuskori sistema yoki foydalanuvchi bo’lishi mumkin. Tashabbuskor sistema bo’lganda, sistema hosil bo’lgan holatdan boshqa holatga o’tish yo’lini foydalanuvchi tavsiyaga asosan bajaradi. Bunday holatlar rejali yoki rejasiz bo’lishi mumkin. Rejali holat sistemada ko’zda tutilgan bo’lib foydalanuvchining javobi sistema unumdorligini oshirishga olib keladi. Rejada ko’zda tutilmagan muloqotda esa sistema jarayonni qay tartibda bajarishni “bilmaydi” va “tupik” holat vujudga kelishi ham mumkin. (Masalan, foydalanuvchi dasturi sistemada mavjud bo’lmagan resurni talab qilishi). Muloqot tashabbuskori foydalanuvchi bo’lganda, sistema kutish holatiga o’tadi va foydalanuvchining buyrug’iga asosan ishni davom ettiradi. (Masalan, sistema xizmat qilayotgan dasturni vaqtincha yoki umuman to’xtatish).
Kompyuterning ishonchliligini ta’minlash. Kompyuterning qurilmalari normal ishlashi uchun ma’lum shart – sharoitlar bajarilishi talab qilinadi, bular elektr manbai parametrlari, tashqi muhit temiraturasi va boshqalardir. Bu shart – sharoitlardan chetga chiqish kompyuter apparaturasida uzilishga yoki noto’g’ri ishlashiga olib keladi. OC da apparatura noto’g’ri ishlashi natijasida paydo bo’ladigan xatolikni inkor qiluvchi dastur mavjud bo’lib, zaruriyat tug’ilganda sistema tashabbusi bilan bu dastur ishlaydi va hosil bo’lgan xatolikka ishlov beradi. Bundan tashqari, dasturiy resurslar noto’g’ri ishlashi natijasida xatolik vujudga keladi. Bu vaziyatda ishlatilayotgan dasturning to’g’ri yoki noto’g’ri ishlatilayotganligini aniqlash uchun turli uslublardan foydalaniladi. Bunday uslublardan biri quyidagicha. OC tarkibiga maxsus dastur kiritiladi va bu dastur berilganlarga ishlov berishdan avval va ishlov bergandan so’ng tekshiriladi. Shu dastur kodlari yig’indisi tekshiriladi, agarda hosil bo’lgan kod avvaldan shu dastur uchun aniqlanga kodga teng bo’lsa, u holda dastur to’g’ri ishlaydi yoki ishlagan dbe talqin qilinadi. Odatda, OC tarkibiga kirgan barcha dasturlar uchun yagona kod tanlanadi, masalan barcha bitlar nolga tenglab olinadi. Buning uchun dasturning oxirgi buyrug’idan keyin nol kodiga to’ldiruvchi bo’lgan kod tanlanadi va bu kodni dastur kodlari bilan yig’indisi nol kodini beradi. Shu bilan dastur ishi natijasining ishonchliligiga erishiladi, chunki dasturdagi bitta bitning qiymati o’zgarishi dastur uchun aniqlangan kontrol yig’indida boshqa kod hosil qiladi. Bu holatlarni aniqlash va uni tahlil qilish uchun OC tarkibiga maxsus dasturlar kiritiladi. Download 107.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling