Dia para- va ferromagnetizm tabiati


Download 153.29 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi153.29 Kb.
#1631745
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FIZIKA SLAYD VA REFERAT

TATU NURAFSHON FILIALI 610-22 GURUH TALABASI MATCHANOV MUHAMMADJONNING FIZIKA II FANIDAN MUSTAQIL ISHI

  • DIA - PARA- VA FERROMAGNETIZM TABIATIDIA - PARA- VA FERROMAGNETIZM TABIATI

Magnetizm Nima?

  • Magnetizm (magnit soʻzidan) — elektr toklarning oʻzaro taʼsiri, toklar va magnitlar yoki magnit momentga ega bulgan jismlar orasidagi mavjud oʻzaro taʼsir jarayonida sodir buladigan hodisalar. Bu taʼsir magnit maydonga bogʻliq. Magnit maydon esa mikrozarralar (elektron, proton, neytron) ning elementar magnit maydoni tufayli paydo boʻladi. Mikrozarralarning magnit maydoni ularning tuzilishiga va maʼlum yoʻnalishidagi tartibli harakatiga bogʻliq.

Elektr va magnetizm hodisalarining o'zaro uzviy bog’liqligi, parranda pati va hayvon junining qahraboga, temir qirindilarining magnitga tortilishi kabi oddiy fizik jarayonlar orqali,butun Yevropaning eng yuksak zehn zakovat egalarining farazlarida mavjud edi. Ilmiy adabiyotlarda po’lat ignaning elektr uchqunlari bilan magnitlanib qolganligi hamda, kompas magnit strelkasining chaqmoq ta’sirida magnit xususiyatidan mosuvo bo'lganligi haqida faktlar allaqachon mavjud edi. Galvanizm bo’yicha risolasida (1804 yil) Aldini, Volt ustuni tufayli magnitlanib qolgan po’lat igna haqida, Romanozi esa, magnit strelkasining Volt ustuni ta’sirida magnitsizlanib qolganligi haqida yozgan edi. Lekin, bu faktlarning barchasi tasodifiy kuzatuvlar shaklida bo’lib, ular umumlashtirilmagan va mufassal yoritilmagan edi.

Orbital mexanik momentni aniqlash

Yerning magnetiklik xususiyati

Har bir jism maʼlum miqdorda magnit xususiyatiga ega. Shuning uchun jismlarning magnit xususiyatlarini urganishda magnetiklar degan tushuncha kiritilgan. Yer, Quyosh va yulduzlar ham magnit xususiyatiga ega (q. Yer magnitizmi). Magnit maydon kosmik fazoda ham mavjudligini kosmik zaryadli zarralarning harakatida koʻrish mumkin. Magnetizm hodisalarining kosmik fazodan mikrozarralargacha taalluqli boʻlishi ularning fan va mexnikadagi ahamiyatining nihoyatda kattaligini bildiradi. Jismlarning magnit xususiyatlari Magnetizmga ega atomlarning tabiati va ular oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir harakteri bilan aniqlanadi. Odatda, jismlar Magnetizmi elektron vayadro Magnetizmlaridan farqqiladi. Magnetizm orbital va spin Magnetizmga boʻlinadi. Kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy sistemasipa joylashishidan ularning magnit xususiyatlarini aniqlash mumkin. Mas, inert gazlarning atom elektron qobiqlarining magnit qismlari yoʻq, chunki elektron qobiqning orbital va spin magnit momentlarining yigʻindisi nolga teng . Ishqoriy metallarda atom, elektron orbital momenti nolga teng boʻlgani uchun, ularning magnit qiymati valent elektronning spin momenti qiymatiga teng .


Download 153.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling