Diagnostika obyektlari Hayvonning yoshi va fiziologik holati Serologik usular
Download 22.34 Kb.
|
Diagnostika obyektlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Allergik usul
Serologik tekshirish usullari
1. Probirkalarda agglyutinasiya reaksiyasi - AR KBR – komplement bog’lash reaksiyasi 3. UKBR – sovuqda uzoq vaqt komplement bog’lash reaksiyasi RBN – roz bengal namuna– plastinkalarda roz bengal antegeni bilan AR qo’yish. 5. HR – halqali reaksiya ya’ni halqali reaksiya sutni tekshirishda ishlatiladi AR 1 ml hajmda 4 ta nisbatda qo’yiladi. Qo’y, echki, ohu,itlar qon zardobida- 1:25; 1:50; 1:100; 1:200.Ijobiy natijada 1:50 va undan yuqori titrlarda agglyutinasiya beradi. Qoramol, ot va tuyalarda 1:50; 1:100; 1:200; 1:400 ijobiy natija 1:100 va undan yuqori titrlar hisoblanadi. Mo’ynali hayvon va dengiz cho’chqalarida 1:20; 1:20; 1:40; 1:80 ijobiy natija 1:10 va undan yuqori titrlarda beradi. Yalpi tekshirishlarda faqat birinchi ikkita nisbatda tekshirish ruxsat etiladi. KBR usuli birinchi bo’lib 1909 yilda Xols tomonidan qo’llanilgan. Keyinchalik olimlar brusellyoz diagnostikasida KBR va AR ni o’rganib chiqib, ARga nisbatan KBRda ko’proq kasal hayvonlarni aniqlash mumkinligini topishgan va KBR ni sezuvchan reaksiya deb hisoblashgan. Sutda halqali reaksiya 1937 yili Fleyshxauyer tomonidan sut berayotgan sigirlarda brusellyozni aniqlash uchun taklif qilingan. Uning mohiyati shundan iboratki sutda spesefik agglyutininlar bor bo’lsa bo’yalgan brusellyoz antigeni bilan yopishib agglyutinat hosil qiladi. U sutning yog’iga shimilib yuqoriga ko’tariladi va bo’yalgan halqa hosil qiladi. Shuni inobatga olish kerakki sht №19 bilan emlangan sigirlarning suti ijobiy natija beradi. Allergik usul. Brusellyoz bilan kasallangan hayvonlarda terisi ichiga brusellyoz allergenlari yuborilganda allergik reaksiya paydo bo’ladi. Qoramol va cho’chqalar uchun Br.abortus ning agglyutinogen bo’lmagan shtammidan tayyorlangan allergen brusellizat VIEM ishlatiladi. Allergen yuborilgan joyda yaxshi namoyon bo’lgan shishning paydo bo’lishi allergik namunaning ijobiy natijasi deb hisoblanadi. Download 22.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling