Diagnostika obyektlari Hayvonning yoshi va fiziologik holati Serologik usular
Download 22.34 Kb.
|
Diagnostika obyektlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Serologik usul
- Fagotiplash.
Biopreparatlar. Brusellyozga qarshi aktiv immunlash 1906 yilda Bang tomonidan boshlangan edi.
Tirik vaksinalardan Br.abortusning past virulentli shtammidan tayyorlangan vaksina Dunyo bo’yicha ma’lum. Sht №19 1923 yil Buk tomonidan sigir sutidan virulent shaklida ajratib olingan. 10 yil davomida kartoshkali agarda qayta ekib, shtamm 19 ning virulentligi pasaytirilgan. ShT №19 vaksinasi ishlatilgandan so’ng hayvonlar uzoq vaqt seropozitiv bo’lib qolishganligi tufayli brusellyoz bilan kasallangan hayvonlarni ajratish qiyin bo’lib qoldi. Bu esa olimlarimizga brusellyozga qarshi yanada mukammal tirik vaksinalar yaratishlari uchun izlanishlar olib borishiga turtki bo’ldi. Natijada sht №82 dan tayyorlangan vaksinalar amaliyotga taklif etilib, keng qo’llanildi. Serologik usulda kasal hayvonlarga tashxis qo’yish va tashuvchanlikni aniqlash uchun ( yashirin davr) foydalaniladi. Bu maqsadda qon zardobi bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi ( tovuqdarda qon- tomchili agglyutinasiya reaksiyasi quyiladi). Fluoressensiyalovchi antitelo usuli ( ekspress diagnoz qo’yish usuli).Patmaterialdan tayyorlangan surtmalar metil yoki etil spirtida fiksasiyalanadi va fluoressensiyalovchi salmonellyozli zardob bilan ishlov beriladi. Xarakterli yorug’lik beruvchi nurlanish ( yashil – sariq rangda) paydo bo’ladi. Fagotiplash. Diagnostik maqsadda ko’proq guruhli va tipli faglar ishlatiladi. Ikkita probirkada suyuq oziq muhitga salmonellaning sutkalik kulturasi ekiladi, bittasiga 3-4 tomchi fag qo’shiladi, ikkinchisi nazorat uchun qoldiriladi. 12-24 soatdan keyin fagli probirkada bakteriyalar lizisga uchrab, suyuqlik tiniq bo’ladi. zich oziq muhitda bakteriyalar yuzaga bir tekis ekiladi va bir tomchi fag tomdiriladi. Ikkinchi kuni fag tomchisi bo’lgan joyda o’sish bo’lmaydi. Biosinov zarur hollarda qo’yiladi. Buning uchun 18g massali oq sichqonlar terisi ostiga kultura suspenziyasi ( 50-100 mln mikrob tanachalari 1ml da) 0,2-0,3 ml yuboriladi. Ijobiy natijada 3-10 kunda sichqonlar o’ladi. Laboratoriyada tekshirish muddati 5-6 kun. Buzoqlar salmonellyozi qo’zg’atuvchisi S.enteritidis va S.typhimurium. Odamlar uchun ham xavfli. Kasal hayvonlarning go’shti yoki zararlangan sutni iste’mol qilganda odamlarda og’ir toksikoinfeksiyalarni chaqiradi. Kasallik qo’zg’atuvchisining asosiy manbasi- kasal hayvonlar, rekonvalessentlar, klinik sog’lom bakteriya tashuvchilar. Buzoqlarning yalpi kasallanishida yoz kunlarida bir necha soat turib qolgan sut muhim infeksiya manbai bo’lishi mumkin. Chunki shu vaqt ichida sutga tezak bilan tushgan salmonellalar intesiv rivojlanib, hatto emlangan buzoqlarda ham kasallik chaqiradi. Buzoqlar sog’ayganidan keyin mustahkam immunitet hosil qiladi va qayta kasallanmaydi. Diagnoz kliniko-epizootologik ma’lumotlar (hayvon ning yoshi, kasallikning belgisi, xo’jalikning nosog’lomligi va h.k.), patologoanatomik yorish, shuningdek bakteriologik va serologik tekshirishlar natijasiga asoslanib qo’yiladi. Kasallikning oldini olish uchun o’lik va tirik vaksinalar, giperimmun zardoblar ishlatiladi. Polivalentli buzoq va boshqa hayvonlar salmonellyoziga qarshi, bivalentli buzoqlar salmonellyozi va kolibakterioziga qarshi giperimmun zardoblarni qo’llash yaxshi samara beradi. Davolash uchun ta’sir doirasi keng antibiotiklar, sulfanilamid va nitrofuran preparatlari bilan birga ishlatiladi. Download 22.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling