Diamagnit,paramagnet va ferromagnitlar


Download 91.41 Kb.
bet1/5
Sana13.12.2022
Hajmi91.41 Kb.
#999117
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tursunova Sanobar

Diamagnit,paramagnit va ferromagnitlar


Tursunova Sanobar.

DIAMAGNITLAR

  • Diamagnetizm — tashqi magnit maydoniga joylashtirilgan moddada shu maydon induksiyasi vektoriga qarama-qarshi yoʻnalishda magnitlanganlik vujudga kelishi. Diamagnetizm hodisasi hamma moddalarda sodir boʻladi, lekin u bir vaqtning oʻzida kuzatiladigan paramagnetizm yoki ferromagnetizm hodisalariga nisbatan sezilmasligi mumkin.
  • Kimyoda va fizikada, diamagnetik bo'lishi, biror moddada elektronlar bo'lmaganligi va shuning uchun magnit maydonga jalb qilinmaganligini ko'rsatadi.

Paramagnetizm

  • Paramagnetizm — tashqi magnit maydoniga kiritilgan jismlarning shu maydon yoʻnalishiga mos yoʻnalishda magnitlanish xossasi. Magnit qutbi yaqiniga joylashtirilgan har qanday paramagnit jism shu qutbga tortiladi. Tashqi magnit maydoni boʻlmagan (N=0) da paramagnetiklar magnitlanmaydi.
  • Paramagnetik moddal zarralari (atom, molekula, ion, atom yadrosi) xususiy magnit momentiga ega boʻlgan jismlar uchungina xos boʻlib, bu momentlar tashqi maydon tartibsiz boʻlganda.Tashqi maydon boʻlganda maydon yoʻnalishida moslanadigan moddalarga aytiladi.

Ferromagnetizm

  • Ferromagnetizm - baʼzi kristall moddalarning magnit jihatidan tartiblashgan xrlati. Bunda barcha atomlarnining magnit momentlari parallel yoʻnalishda joylashadi. Magnit momentlarining bunday joylashishi Kyuri nuqtasi deb ataladigan kritik temperaturadan pastda yuz beradi.
  • Atom magnit momentlarining ferromagnit tartibi yuz beradigan moddalar ferromagnetiklar deb ataladi. Ferromagnetiklarning magnitlanganligi tashqi maydon yoʻqolganidan keyin ham saqlanib qoladi.

 Ferromagnit moddalarga misol sifatida aytish mumkin kobaltni, cho`yanni, nikelni, temirni, po`latni temir-nikel qotishmalari (permalloy) ni. Bu moddalarning muhim xossasi shundan iboratki, ularning magnit singdiruvchanliklari tashqi maydon magnit induksiyasiga va ularning avvalgi magnit holatiga bog`liq, hozirgi vaqtda ferromagnit moddalarni magnitlangan kichik sohalar (10-3 mm)-domenlardan tuzilgan deb hisoblamoqda. Tashqi magnit maydoni bo`lmaganda domenlar xaotik joylashadi va ularning magnit maydonlari o`zaro muvozanatlashadi. Tashqi magnit maydoni ta`sirida ko`pchiligi magnit kuch chiziqlari bo`yicha orientasiyalanadi.


Download 91.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling