Didaktik o'yinning o'ziga xos xususiyatlari


A.S. va G.F. Arbenevlar tadqiqotlarida tadbirkorlik o'yini mutaxassisning evristik tafakkurini rivojlantirishning samarali metodlaridan bin sifatida baholanadi


Download 14.27 Kb.
bet5/6
Sana06.11.2023
Hajmi14.27 Kb.
#1751732
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Didaktik o\'yinning o\'ziga xos xususiyatlari

A.S. va G.F. Arbenevlar tadqiqotlarida tadbirkorlik o'yini mutaxassisning evristik tafakkurini rivojlantirishning samarali metodlaridan bin sifatida baholanadi.

Atyukov fikricha, har qanday o'yin qay tarzda loyihalashtirilishidan qat’i nazar ularning har biri quyidagi talablarni bajarishi lozim:

  • kasbiy doira imitasiyasi yaxlitligi. Bunda o'yin imitasiyasiga taalluqli bo'lgan tuzilma va jarayonlar asosiy voqelikni aks ettiruvchi umumiy syujet yoki asosiy mavzuga ega bo'lishi lozim;
  • mustaqil tashkil etishga yo'nalganligi;
  • o’qitishning muammoliligi;
  • metodologik, psixologik va texnik jihatdan ta'minlanganligi.
  • Tadbirkorlik o'yinlarining bir necha modifikatsiyalari mavjud:

    Tadbirkorlik o'yinlarining bir necha modifikatsiyalari mavjud:

    Imitatsion o'yinlar.

    Bunday o'yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarning biror faoliyati (ish bitirish majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o'tkazish va b;), faoliyat holati va shartlari andoza qilib olinishi ham mumkin.

    Stsenariyda bunday o'yin tuzilmasi to'la yozib chiqiladi va imitasiya qilinadigan ob’ektlar va jarayonlar belgilanadi.

    Operatsion (voqeiy) o'yinlar. Bunday o'yinlarda aniq o'ziga xos voqea-hodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o'yinlar ish jarayoniga xos modellashtiriladi.

    Rol ijro etish o'yinlari. Unda konkret shaxsning hulqi, hatti-harakati, o'z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.

    Tadbirkorlik teatri. Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi o'ynaladi. Bu o'yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo'ljalni to’g’ri baholay olishni o'rgatish, o'zining xulqiga to’g’ri baho berish, boshqa kishilarning imkoniyatlarini baholay olish va ular bilan muloqot o'rnata olishga o'rgatishdir.

    Psixodrama va sosiodrama. Bu ham o'ziga xos «teatr», lekin ijtimoiy psixologik maqsadni ko'zlaydi: Uning asosiy maqsadi jamoada vaziyatni his qila olish, boshqa kishining holatini o'zgartirish va unga baho berish, u bilan samarali muloqotga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi.


    Download 14.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling