Tadbirkorlik o'yinlari texnologiyasi. Tadbirkorlik o'yinlari texnologiyasi. Bu texnologiya tayyorgarlik davrini ham o'z ichiga oladi. U stsenariyni yozib chiqish, vaziyat va ob’ektlarni shartli belgilar asosida tasvirlashdan boshlanadi. Stsenariy mashg’ulotning o’quv maqsadi, o'rganilayotgan muammoning tavsifi, qo’yilgan vazifani asoslash, o'yinning rejasi, vaziyatning mazmuni va qatnashuvchi shaxslarning tavsiftni o'z ichiga oladi. O'tkazish bosqichi. U o'yin jarayonidir. O'yin boshlangach, hech kim unga aralashmaydi va uning borishini o'zgartira olmaydi. O'yinni faqat uni boshqaruvchi tuzatib borishi mumkin. Tahlil bosqichi. O'yin natijalari muhokama qilinadi va baholanadi. Bu bosqichda ekspertlarning fikrlari eshitiladi. O'zaro fikr almashinib bo'lingach, talabalar o'z hatti-harakatlari va xulosalarini himoya qiladilar. Shunday qilib, tadbirkorlik va evristik o'yinlar bo'lg’usi mutaxassisning ilmiy-ijodiy tajribalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |