Didaktik va myetodik matyeriallarni tayyorlashda microsoft office excel dan foydalanish


Download 0.97 Mb.
Sana18.02.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1209648
Bog'liq
стенд


DIDAKTIK VA MYeTODIK MATYeRIALLARNI TAYYoRLAShDA MICROSOFT OFFICE EXCEL dan FOYDALANISh

Ushbu mashg‘ulotimizda Microsoft Office amaliy dasturlar to‘plamiga kiruvchi Microsoft Excel elektron jadval muharriri yordamida didaktik materiallarni yaratishni ko‘rib chiqamiz.


O‘qituvchilar o‘zining fani bo‘yicha Microsoft Excel elektron jadval muharriri yordamida nazorat testlari, krossvordlar, funktsiyalar grafiklarini, dars jadvallarini yaratishlari mumkin. O‘quvchilar esa mustaqil ravishda ximiya, fizika, biologiya, matematika fanlaridan laboratoriya mashg‘ulotlarida olingan natijalarning dinamik jadvallari va ularning diagrammalarini, turli hisob-kitob ishlarini amalga oshirishlari mumkin.


I. KROSSVORD YaRATISh

Informatika fanidan o‘quvchilar bilimini tekshirish maqsadida topshiriqni krossvord ko‘rinishida tayyorlaymiz.




Rasm 1.

Krossvordni yaratish matn kiritishdan boshlanadi, ya’ni, krossvord so‘zlarini elektron jadval muharririga kiritamiz. Bunda har bir katakchaga so‘zlarning bitta harfi kiritiladi.


Krossvordimiz 5 ta gorizontal va 4 ta vertikal so‘zlardan iborat bo‘ladi. Rasm 1. da berilgani kabi so‘zlarni kiritamiz. Krossvord so‘zlari kiritilganidan so‘ng har bir so‘zni ramkaga olishimiz kerak. Misol sifatida ikkinchi gorizontal "klaviatura" so‘zini ramkaga olishni ko‘rib chiqamiz, qolgan so‘zlar esa huddi shu kabi usulda ramkaga olinadi. Buning uchun:

  1. C7 dan L7 gacha katakchalarni belgilaymiz.

  2. Vositalar panelidan "Shrift" bo‘limidagi "Granitsы" (Chegaralar) piktogrammasini tanlaymiz. Undan so‘ng "Vse granitsы" (Barcha chegaralar) bo‘limini tanlaymiz:







  1. Natijada C7 dan L7 gacha bo‘lgan katakchalarda "klaviatura" so‘zi quyidagicha ramkaga olinadi:




Krossvordimizning 5 ta gorizontal va 4 ta vertikal so‘zlarini kiritib, ularni ramkalarga olganimizdan keyin katakchalarga yozilgan so‘zlarni o‘chirishimiz kerak. Chunki, o‘quvchilar krossvordni yechganlarida krossvord ichi bo‘sh bo‘lishi kerak.


Endi krossvordimizning savollarini kiritamiz, savollarimiz krossvordimizning o‘ng tarafida bo‘ladi. Rasm 2. da ko‘rib turganingizdek, bitta katakchada bitta satr yoziladi. Agarda, bitta katakchaga ber nechta satr kiritsak, krossvordimiz so‘zlari yozilgan har bir satr ham kengayadi. Savollarni kiritganimizdan keyin quyidagicha ko‘rinish hosil bo‘ladi:



KOMPYUTYER HAQIDA UMUMIY TUShUNChA
KOMPYUTYER (ingl. computer – hisoblagich,
l at. computo - hisoblamoqdaman) – elektron
shaklga ega turli ma’lumotlarni qabul qilish,
yig‘ish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot1
uzatish, hisoblar chiqarish, belgilar bilan
manipulyatsiya qilish va shu kabi boshqa
qobiliyatlarga ega bo‘lib, o‘z ishini maxsus
yo‘riqlar bilan ijro etadigan, ya’ni
bajaradigan ishi dasturlanadigan, ushbu dastur vositasida
hisoblar chiqarishning murakkab izchilligini qabul qilib, amalga
oshiradigan ko‘p funktsional elektron uskuna (mashina).
XX asrning 90- yillaridan e’tiboran "kompyuter" atamasi o‘z
vaqtida "raqamli hisoblash mashinasi" (RHM) atamasi o‘rniga
qo‘llanilib kelingan "elektron hisoblash mashinasi" (EHM)
atamasini so‘z boyligimizdan siqib chiqara boshladi. Tegishli
davrlarda RHM (40 – 60- yillar) va EHM (60 – 90- yillar)
atamalariga quyidagicha izoh berib o‘tilgan:


Raqamli hisoblash mashinasi (RHM) – raqam va (yoki)
maxsus belgilar ko‘rinishida ifodalangan
ma’lumotlarga avtomatik ravishda ishlov berish uchun
mo‘ljallangan hisoblash qurilmasi (asosan elektron
qurilma).


Elektron hisoblash mashinasi (EHM) – asosiy
funktsional elementlari (mantiqiy, xotirada saqlash
va indikatsiya elementlari) elektron asboblar asosida
bajarilgan hisoblash mashinasi.
Mulohaza yuritilayotgan uchala atama tilimizda teng qimmatli
ifodalar sanaladi. Aslida esa "kompyuter" so‘zi ingliz tilidagi
computer ya’ni, hisoblagich so‘zining transkriptsiyasidir. Ingliz
tushunchasida "computer" so‘zi nutqimizdagi "kompyuter" so‘ziga
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling