Didaktika ta'lim nazariyasi
Download 41.16 Kb.
|
Didaktika ta\'lim nazariyasi sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar royxati.
Didaktika ta'lim nazariyasi sifatida R e j a : 1. Didaktika – ta’lim nazariyasi sifatida. 2. Didaktikaning paydo bo‘ishi va rivojlanishi. 3. Hozirgi davrda boshlang‘ich ta’limning dolzarb muammolari. Hozirgi davrda didaktika o‘qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo‘yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Didaktika (yun. didaktikos — oʻrga-tuvchi, taʼlim beruvchi) — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. "D." atamasi ilk bor Yevropada 17-a.da oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy oʻzining "Buyuk didaktika" asari (1657)da bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chikdi. Nemis pedagogi A. Disterveg oʻzining "Nemis oʻqituvchilarini maʼlumotli qilishga rahbarlik" (1834—35) asarida D.ning ped.da taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin D.ga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-a.ning oxiri va 20-a. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi - o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi - boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi Hoz. zamon ped.sida D.ga taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Taʼlim mazmunini aniklash, taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarador usul va yoʻllarini topish D.ning asosiy muammolaridir. D.ning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asosning oʻrni katta. Uzoq vaqt mobaynida marksizm-leninizm D.ning taraqqiyot yoʻnalishini belgilab beruvchi metodologik asos deb qarab kelindi. Lekin mazkur taʼlimotning ilmiy asoslari puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini toʻgʻri hamda xolis koʻrsatish imkoniyatidan mahrum boʻlgan tarafkash (tendensioz) qarash ekanligi maʼlum boʻlgach, unga tayanish mumkin boʻlmay qoldi. Keyingi vaqtda, kalom falsafasiga milliy D.ning metodologik asosi sifatida qaralmoqda. Chunki olamning yaralish, rivojlanish qonuniyatlari, insonning bilish imkoniyatlari, maʼrifatning shaxs kamolotidagi, oʻzini anglash borasidagi oʻrni singari jihatlar ana shu falsafiy asosga tayanilgandagina tushunarli tarzda izohlanishi mumkinligi anglab yetildi. Kalom falsafasi taʼlim olamni bilishning vositasi ekanligini, bilish jarayonining cheki yoʻq, ammo inson bilishi mumkin boʻlgan bilimlar cheklanganligini koʻrsatishi bilan diqqatga sazovordir. D. umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bolaning bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga ega. D. har qanday alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida taʼlim va maʼrifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun D.ning tamoyillari taʼlim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi. Oʻzbek milliy ped.si tarixida ham D.ning asosiy xususiyatlarini aks ettirishga bagʻishlangan koʻpgina tadqiqotlar mavjud. Garchi turkiy mutafakkirlarning asarlarida D. hozirgi nom bilan atalmagan boʻlsada, lekin ular taʼlim jarayonining qonuniyatlarini belgilashi, uni tashkil etishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatishi jihatidan beqiyos ahamiyatga ega. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad alFargʻoniy, Margʻinoniy, Davoniy, Alisher Navoiy, Munis singari mutafakkirlarning taʼlimni uyushtirish, uning samaradorligini oshirish, oʻqitish jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatlari borasidagi qarashlari jahon ped. taraqqiyotining oʻziga xos bosqichini tashkil etadi. Muayyan yoshdagi bolalarni jamoa tarzida bir joyda oʻqitishning samaradorligi ilk bor Ibn Sino tomonidan koʻrsatib berilgan boʻlsa, muallimning oʻzida ezgu insoniy sifatlar boʻlmasa, bolalarda bunday hislatlarni shakllantirish mumkin emasligi Navoiy asarlarida aks etgan. Margʻinoniy esa, bilimlarni oʻzlashtirish yuzasidan umumiy tavsiyalar beribgina qolmay, oʻrganilgan tushunchalarni bolalar xotirasida uzoqroq saklash yuzasidan aniq metodik usullar ham tavsiya etgan. Oʻzbek milliy D.sining shakllanishida jadidchilik harakati, xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduqodir Shu kuriy, A. Ibodiyev, M. Behbudiy, A. Avloniy, S. Saidazizov, R. Yusufbekov kabi maʼrifatparvar-pedagoglarning faoliyati alohida muhim bosqich boʻldi. 20-a. boshlarida vujudga kelgan jadidchilik turkiy xalqlarning kad. shonu shuxratini tiklash uchun uni maʼrifatli qilishdan oʻzga yoʻl yoʻkligini toʻgʻri belgiladi. Jahon ped. sining eng soʻnggi yutuklaridan xabardor boʻlgan, ayni vaqtda taʼlimni tashkil etishda koʻp asrlik milliy tajribalarni hisobga olgan, D.ning metodologik asosi sifatida islomiy eʼtiqodni belgilagan jadidlar oʻqi-tish borasida yuksak natijalarga erishdilar. Jadid mutafakkirlar taʼlimni uyushtirishning amaliy jihatlari b-ngina shugʻullanib qolmay, uning nazariy masalalarini ham tadqiq etganliklari diqqatga sazovordir. Jadidlarning didaktik karashlari ularning koʻplab pedagogik asarlari, darelik va qoʻllanmalarida aks etgan. Turkistonda Okt. toʻntarishi tufayli qaror topgan shoʻrolar zamonida D. avtoritar ped.ning bir tarmogʻi sifatida deyarli hamisha tarbiyaga qarshi qoʻyib kelindi. Milliy tajribalarga tayanmagan, taʼlim jarayonining mazmunini yangilashga qobil boʻlmagan, maktab D.sini mafkura zugʻumidan xalos eta olmagan sotsialistok ped. uning tashqi jihatlarini pardozlab, yaltiratib koʻrsatishga alohida eʼtibor berdi. Turli-tuman usullar oʻylab topildi, koʻpdan-koʻp "ilgʻor" tajribalar yoyildi. Lekin taʼlimda kutilgan samaraga erishilmadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishtandan soʻng oʻzbek ped. fani va amaliyoti milliy asoslarga tayangan holda D.ning tamomila yangicha yoʻnalishda taraqqiy etishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ongning oʻzgarishi pedagogik tafakkurning sogʻlomlashuviga, u esa, oʻz navbatida, D.ning milliy asoslarda rivojlana boshlashiga olib keldi. Bunda milliy D.ning asosiy tamoyillarini toʻgʻri belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Milliy D.ning asosiy tamoyillaridan biri taʼlimning insoniylashuvidir. Mazkur tamoyil taʼlim jarayoni uchun bilim emas, balki oʻquvchi shaxsi asosiy kadriyat ekanligini anglatadi. Bunda oʻquvchi shaxsini shakllantirishga ustuvor oʻrin beriladi. Taʼlimning insonparvarlashuvi tamoyili oʻzbek D.sining asosiy talablaridan boʻlib, taʼlim mazmoʻnini belgilash va pedagogik amaliyotni tashkil etishda shaxs maʼnaviyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan oʻquv fanlariga ustuvor ahamiyat berilishini kuzda tutadi. Estetik, badiiy turkumdagi predmetlarni oʻqitishga alohida eʼtibor qaratish yoʻli bilan bolalarning hissiyotini shakllantirishga erishish, ularda iroda xususiyatlarini tarkib toptirish muhimdir. Oʻquvchi maʼnaviyati bilan uning oʻzlashtirishi oʻrtasida uzviy aloqa borligi zamonaviy psixologiya fani tomonidan asoslab berilgan. Bu holatni hisobga olmay ish koʻrgan ped. muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir. Milliy D. taraqqiyotini taʼminlaydigan tamoyillardan yana biri taʼlimning yaxlitligidir. Dunyodagi narsa-hodisalar yaxlit va bir-biridan ajralmagan holda mavjud ekan, uni urganish ham imkon qadar yaxlit tarzda amalga oshirilishi kerak. Kishilik jamiyati tomonidan to‘plangan tajribalarni yosh avlodga o‘rgatish jamiyatda yashashining zarur shartidir. Kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida hali insonlar endigina tabiat qiyinchiliklari bilan kurasha boshlagan davrda ham o‘zlarining uncha ko‘p bo‘lmagan tajribalarini yosh avlodga o‘rgatganlar. Masalan: gulxanni yoqish, yovvoyi hayvonlarini ovlash uchun qurollar tayyorlash yo‘llari va shu kabilarni o‘rgatganlar. Bu davrda Bolalarga hayot uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarni o‘rgatish stixiyali holda amalga oshirilib, uni alohida faoliyat turi deb sanalmagan. Lekin bu biz hozir ta’lim deb atayotgan faoliyatning o‘zi bo‘lgan. Shuning uchun ham yosh avlodga insoniyat to‘plagan tajribalarni o‘rgatish orqali ularning jamiyat hayotiga qatnashtirish hamma vaqt hamma xalqlarning asosiy ijtimoiy funksiyasi bo‘lgan. Kishilik jamiyati yashar ekan ta‘lim hamma vaqt zarur bo‘lib qolaveradi. Tarixiy taraqqiyot davomida ijtimoiy tajribalar ko‘paya borgan sari, ta‘lim jarayonida beriladigan bilimlar mazmunining xarakteri va doirasi ham o‘zgaradi. Shunday qilib, ma‘lum dasturga asoslangan, ma‘lum maqsadga qaratilgan maxsus ijtimoiy dorilfunun-maktab paydo bo‘ladi. Endi esa maktabdagi faoliyat turi, uni amalga oshirish usuli va vositalarini asoslab berish zaruriyati paydo bo‘lgan. Shunday qilib didaktika fani yuzaga keladi. Didaktika (grekcha didasko – o‘qitaman) ta‘lim va ma‘lumot haqidagi fandir.Insonning tarbiyasi rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida ta‘lim va ma‘lumot muhim ahaiyatga ega. Ma‘lumot-bu egallagan, tizimlashtirilgan bilim, ko°nikma va malakalar, hosil qilingan dunyoqarashlar majmui. Ta‘lim-o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirilgan, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan va dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Ta‘lim va ma‘lumot bir-biri bilan mustahkam bog‘liq. Ma‘lumot bu ta‘limning natijasi, ta‘lim esa ma‘lumot olishning asosiy yo‘lidir. Didaktika fani ta‘lim va ma‘lumotning muhim muammolarini o‘rganish bilan birga «kimni o‘qitish kerak», «nimaga o‘rgatish kerak», «qanday o‘qitish kerak» kabi savollarga ham javob bo‘ladi. Didaktika sohasida birinchi asar yaratgan olim XVII asrning chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670). O‘zining mashhur asari «Buyuk didaktika» (1632y yozilgan, 1975y o‘zbek tilga tarjima qilingan) sida o‘qitish va tarbiya jarayonlari, o‘qitishning yo‘llari va didaktik printsiplar maktabda ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil qilish kabi masalalarni ishlab chiqdi. Markaziy Osiyo allomalari merosida ham didaktika sohasida yaratilgan bir qancha asarlarda ta‘lim qoidalari, ta‘limni tashkil etish, unda o‘qituvchining roli kabi masalalar bayon etilgan Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) «Tadbiri manozil», Abu Nasr Farobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida», «Sharxlar», «Evklid kitobining muqaddimasiga sharxlar», «Hikmat asoslari» kabi bir qator asarlarida, Burhoniddin Marg‘iloniynng (1150-1187) «Ilmga kirishuvchi uchun birinchi asos» kabi asarlari shular jumlasidan. Didaktika quyidagi masalalar bilan: ta‘lim jarayonining mohiyati, ta‘limni muvaffaqiyatli olib borish shartlari, ta‘limning vazifasi va mazmuni, ta‘limni tashkil etish shakli va metodlari, o‘quvchilarning bilimini tekshirish va baholash kabi masalalar bilan «Ta‘lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida «Ta‘lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor» deb e‘lon qilinganligi ta‘kidlanadi. Hozirgi davrda didaktlar vatanimiz va chet ellar pedagogikasi va psixologiyasi yutuqlariga tayanib o‘quvchilarning faolligini va mustaqilligini oshirish, o‘quvchilarni bilimlarni mustaqil egallashga o‘rgatish, ularning bilish faoliyatlarini faollashtirish, darsni takomillashtirish, ta‘lim printsiplari va ta‘limning izchilligi va shu kabi muammolarda tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Didaktika ikkiga bo‘linadi:umumiy didaktika va xususiy didaktika. Umumiy didaktika maktablarda o‘rganiladigan barcha predmetlarga xos bo‘lgan uquv jarayonining umumiy qonuniyatlari tekshiriladi va belgilanadi. Xususiy didaktikada esa u yoki bu predmetni o‘rgatishga xos bo‘lgan didaktik qonuniyatlar tekshiriladi va belgilanadi. Didaktika pedagogika fanlari sirasiga kirgani uchun ham ta‘lim sohasini tadqiq etishda pedagogik ilmiy-tekshirish metodlaridan foydalaniladi. 1.Kuzatish. 2.Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirish. 3.Didaktik eksprement. 4.Hujjat va arxiv materiallarini tekshirish (dars planlari, sinf jurnallari va h.) va o‘quvchilar ishlari (insho, kontrol, grafik ishlar, o‘quv ustaxonasida bajarilgan ishlar). 5.Suhbat va anketa. Mustaqil O‘zbekistonda didaktika rivojlanishining hozirgi etapi «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» ta‘lim oldiga qo‘ygan muammolar bilan bog‘liq. Hozirgi davrda ham didaktikaning muhim vazifasi ta‘limning mazmunini bir asosiy masalaa barkamol shaxsni tarbiyalash masalasiga qaratish bo‘lib qoldi. Shuning bilan birga hozirgi va kelgusi didaktika faqatgina shu masalani bajarish bilangina cheklanib qolmaydi. Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» va «Ta‘lim to‘g‘risida»dagi Qonun ta‘lim oldiga qo‘gan muhm vazifalarni yechish hozirgi zamon didaktikasi zimmasiga tushadi. Bular: 1) boshlang‘ich ta‘lim didaktikasi oldiga o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish yangi pedagogik texnologiya joriy etishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish zarur; 2) boshlang‘ich ta‘lim standartlarini ishlab chiqishda fan bilan Bolaning bilim imkoniyatlari o‘rtasidagi birlikni o‘rganish sohasida keng tadqiqotlar olib borish; 3) o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ilmiy dunyoqarash va erkin fikrlashga o‘rgatish, mustaqil bilim olish va mustaqillikka o‘rgatish bugungi kun vazifasi. Chunki boshlang‘ich ta‘limdayoq bo‘larga e‘tibor berilmasa o‘quvchining mustaqil, erkin va ijodiy fikrlashga o‘rgatib bo‘lmaydi. 4) boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini «Kadrlar tayyorlash Milliy modeli» talablari asosida tayyorlash. Ularni yuqori professional qobiliyatga ega, bilimdon, pedagogik mahoratli bo‘lishlariga erishish. Taʼlim jarayonida oʻquv predmetlari miqdorini koʻpaytirish emas, balki olamni bilish vositasi boʻlmish oʻquv fanlarini imkon qadar umumlashtirish yoʻlidan borish lozim. Shuning uchun ham mustaqil Oʻzbekistonning yangilangan oʻquv rejalarida taʼlimning asosiy yetti tarmogʻi belgilangan boʻlib, oʻquv fanlari mikdorini zaruratga qarab oʻzgarib turishi koʻzda tutilgan. Taʼlim jarayonida oʻquvchilarning alohida jihatlarini hisobga olish ham D.ning asosiy tamoyillaridan sanaladi. U oʻqitish jarayonini har bir oʻquvchiga xos xususiyatlarni koʻzda tutgan holda tashkil qilishni taqozo etadi. Maʼlumki, har qanday shaxs muayyan geografik muhitda shakllanadi. Uning tabiatida oʻsha muhitga xos jihatlar muhrlangan boʻladi. Shuning uchun ham oʻqitish jarayonida mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyili ham D.ning zarur talablaridan biridir. OʻzRning "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da mazkur tamoyilga alohida eʼtibor qaratilgan. Tarbiyaning ustuvorligi ham bugungi oʻzbek D.sining asosiy tamoyillaridan sanaladi. Komil shaxsni tarbiyalash har qanday taʼlim muassasasining asosiy vazifasiga aylandi. Maʼnaviyatni shakllantirish maksad darajasiga koʻtarilgan sharoitda tarbiyaga ustuvor maqom berilishi tabiiydir. Milliy D. oʻquvchilarni taʼlim jarayonining ishtirokchilarigina emas, balki ijrochilari deb qarashni ham koʻzda tutadi. Taʼlim oʻquvchilarning ichki ehtiyojiga aylanmasa, ular bu jarayonda faol ishtirok etmasalar, hech qanday ijobiy samaraga erishib boʻlmaydi. Adabiyotlar ro'yxati. I. А. Kаrimоv. Yuksаk mа`nаviyat еngilmаs kuch. T. Shаrq 2008. 2. I. А. Kаrimоv. Bаrkаmоl аvlоd O’zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. T. 1997. 3. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi T. 1997. 4. Оchilоv M. Оliy mаktаb pеdаgоgikаsi.T. 2008. 5. Оchilоv. M. Muаllim қаlb mе`mоri. T. 2003. 6. Munаvvаrоv. Pеdаgоgikа. T. O’qituvchi 1996. Download 41.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling