Dielektrik teshilish


Download 70.11 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi70.11 Kb.
#1035565
Bog'liq
Dielektrik teshilish


Dielektrik teshilish

Solishtirma sirt o‘tkazuvchanligi - yoki bilan o‘lchanadi. Dielektrik materialning to‘la qarshiligi hajm va sirt qarshiliklar yig‘indisi bilan topiladi. Muhofazalovchi materiallarning elektr o‘tkazuvchanligi materialning holatiga (gazsimon, suyuq, qattiq), namlik darajasi va atrof-muhit haroratiga bog‘liqdir. Dielektrikning ayrim xillariga maydon kuchlanganligi ham ta’sir etadi. Bir qator qattiq va suyuq dielektriklarning uzoq muddatli kuchlanish ostida ishlashi natijasida o‘tuvchi toklar miqdori ortadi yoki kamayadi. Tok miqdorining kamayishi material tarkibida ionli moddalarning qoldig’i mavjudligidan dalolat berib, ma’lum vaqt davomida elektr tozalash jarayoni kechganligini bildiradi. Tokning ortishi esa material tarkibiga kiruvchi tarkibiy elementlar zaryadlari hisobida elektr o‘tkazuvchanlik ro‘y berib, material tarkibining buzilishiga yoki eskirib, dielektrikning teshilishiga olib kelishi mumkin. Qattiq dielektriklarda elektr o‘tkazuvchanlik jarayoni aralashma hamda dielektrik ionlarning siljishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bir jinsli qutblanmaydigan moddalardan tashkil topgan qattiq dielektrik m aterialning solishtirma elektr qarshilik miqdori
Om • sm
kattalik oralig‘ida bo‘ladi.
Bunday dielektrik materialning elektr maydoni ta’siriga kiritilganda uning juda oz elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga egaligi ma’lum bo‘ladi. Ion tarkibli materiallarda elektr o‘tkazuvchanlik aralashma ionlarning issiqlik ta’sirida kristall panjara tugunlaridan uzilib chiqishiga imkoniyat yaratib berishi bilan xarakterlanadi.

Bunday dielektriklarning solishtirma hajmiy qarshiligi:
Om sm
kattalik atrofida bo‘ladi. Dipol tarkibli materiallarning elektr o‘tkazuvchanligi molekulalarning qutbli radikallarni qayta ko‘chirilishiga asosan kechadi. Bunday tarkibli materiallardagi solishtirma hajmiy qarshilik miqdori
Om sm
kattaligiga teng.
Qattiq dielektrik materiallardagi solishtirma hajm qarshiligining haroratga bog‘liqligi quyidagi formula bilan topiladi:

Bu yerda: , t = 0 bo‘lganda o‘lchanadigan solishtirma hajmiy qarshilik; a - harorat koeffitsiyenti; t - o‘lchov paytidagi harorat. Bunday bog‘liqlik, ya’ni harorat ortishi bilan qiymatining kamayib borishi molekulalarning issiqlik dissotsiatsiyasi hodisasi asosida kechadi. Bu bog‘liqlik =F(t) grafikda ko‘rsatilgan (33-rasm). Namlik ta’sirida ionlarga dissotsiatsiyalanuvchi aralashmalarni o‘z tarkibiga olgan dielektriklarda hamda po‘kak (bo‘sh, g‘ovak) dielektriklarda elektr o‘tkazuvchanlikka tashqi muhitdagi namlik juda kata ta’sir ko‘rsatadi. Shuning bilan bir qatorda, bunga zid ravishda zich tarkibli va ayniqsa, qutblanmaydigan dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi namlik ortishi bilan ham o‘zgarmaydi.

Sirtning o‘tkazuvchanligi dielektrik yuzasi bo‘ylab namlikni adsorblash qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Adsorblangan namlik miqdori esa tashqi muhitning namligiga bog‘liqdir. Bu namlik qancha ko‘p bo‘lsa, dielektrik yuzasidagi nam lik miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi. Dielektrik yuzasida joylashgan mikroskopik qalinlikdagi namlik solishtirma sirt qarshiligining keskin kamayishiga sabab bo’ladi.
Download 70.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling