Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi


Download 1.27 Mb.
bet33/65
Sana08.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1695451
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
Bog'liq
Elektrotexnika materiallari

Lokli matolar


Elektr izolyatsiya loki shimdirilgan, egiluvchan ip-gazlama yoki shoyi matolar lokli matolar deyiladi. To’qilgan mato, asosan, mexanik mustahkamlikni ta’minlasa, undagi lok pardasi esa materialning elektr mustahkamligini ta’minlaydi. Lokli matolar elektr mashinasi va asboblar izolyatsiyasida, chulg’am, o’rama, qistirma va hokazo ko’rinishdagi kabel mahsulotlarida keng qo’llaniladi. Loklangan shoyi loklangan ip-gazlama matoga nisbatan yupqa, nafis bo’lib, kichik hajmli elektr asboblari ishlab chiqarishga imkon yaratish bilan birga, yuqori elektr mustahkamlikni ham ta’minlaydi. Mazkur loklangan matolarning yuqori ish
harorati 105C ga tengdir. So’nggi paytlarda kapron va shisha tolalari asosidagi lokli matolar ham elektr izolyatsiyasida keng qo’llanilmoqda.
Ochiq rangli lokli matolarning ip-gazlama asosidagisining elektr mustahkamligi 35-50 MV/m, shoyi asosidagisiniki 55-90 MV/m. zichligi mos ravishda birinchisida 1100 kg/m3, ikkinchisida 900-1000 kg/m3 ga teng. Ochiq rangli loklangan matolar organik erituvchilar ta’siriga chidamli, lekin issiqlik ta’sirida eskirishi mumkin. Qora rangli loklangan matoning gigroskopikligi kichik bo’lib, organik erituvchilar ta’siriga chidamsizdir.
Loklangan matolar eni 700-1050 mm bo’lgan o’ramlar holida ishlab chiqarilib, ularning qalinligi: ip-gazlama matolarda 0,15-0,30 mm, shoyi matolarda 0,04-0,15 mm, kapronda 0,10-0,15 mm atrofida boladi.109
Mahsulotning tannarxini pasaytirish maqsadida ip-gazlama va shoyi materiallar loklangan qog’oz bilan almashtiriladi. So’nggi paytlarda uskunalar izolyatsiyasida loklangan mato yoki loklangan qog’oz o’rniga sintetik plyonkalar ishlatilmoqda.


    1. Elastomerlar


Kauchuk asosidagi materiallar va xossalari jihatidan unga yaqin bo’lgan moddalar elastomerlar deb ataladi. Texnikaning turli sohalarida va kundalik hayotda elastomerlardan keng foydalaniladi. Tabiiy kauchuk (TK) tropik iqlim sharoitida o’sadigan kauchuk daraxtining sharbati (lateks)dan, ajratib olinadi. Kauchuk +50C da yumshaydi va yopishqoq bo’ladi, past haroratda esa mo’rt holatga o’tadi. Kauchukning benzindagi eritmasidan rezina yelimi olinadi. Kauchuk tarkibiga oltingugurt kiritib, vulkanizatsiya qilinsa, kauchukning harorat chidamliligi ortib, mexanik mustahkamligi ko’tariladi. Kauchuk tarkibidagi oltingugurtning miqdori 1-3% bo’lsa, yumshoq rezina (qayishqoq va cho’ziluvchan), oltingugurt miqdori 30-35% bo’lganida esa qattiq rezina ebonit) olinadi.




109 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 211-bet.
Rezina va ebonit tayyorlashda kauchuk va oltingugurtdan tashqari, rezinali aralashma tarkibiga to’latuvchilar (bo’r, talk), katalizator va boshqa qo’shimchalar ham kiritiladi.
Rezina elektr texnikada keng qo’llaniladi. Undan sim va kabellar yuzasini izolyatsiyalashda qoplovchi sifatida, shuningdek himoya qo’lqopi, kalishlar, gilamchalar tayyorlashda foydalaniladi.
Sof kauchuk qutbsiz dielektrik material bo’lib, uning dielektrik xossalari quyidagicha: r=2,4; tgδ=0,0002; =1014 Om∙m. Elektr izolyatsiyasida ishlatiladigan rezinaning dielektrik xossalari rezinali aralashma va ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq ravishda quyidagicha bo’ladi: r=3-7; tgδ=0,02-0,1; =1013 Om∙m; ET=20-30 MV/m.
Rezina yaxshi dielektrik bo’lgani bilan, issiqlik, yorug’lik va ultrabinafsha nurlari ta’sirida tez eskiradi. Rezina o’zidan elektr tokini o’tkazmaydi. Agar unung tarkibiga ko’mir kukuni kiritilsa, elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Bunday rezinalar mashina, konstruksiya, uskunalarda paydo bo’ladigan zaryadni o’zi orqali yerga tez o’tkazib yuboradi.
Sintetik kauchuklar (SK) kabel sanoatida izolyatsiya va himoya qoplamasi sifatida keng qo’llanilmoqda. Ularni tayyorlashda spirt, neft va tabiiy gazdan foydalaniladi.
Butadienli kauchuk (SK) yaxshi elektr izolyatsiya va elastiklik xossalariga ega bo’lib, butadien (divinil)ni polimerlash orqali olinadi. Uning dielektrik xossalari quyidagicha: r=2,3; tgδ=0,008; =8,5∙1011 Om∙m; ET=42 MV/m. Butadienli kauchukning yuqori ish harorati 6065C.110
Butadien-stirolli kauchuk (SKS) butadien va stirolni birgalikda polimerlash natijasida olinadi. U xossalari jihatidan TKga yaqin bo’lib, dielektrik ko’rsatkichlari quyidagicha: r=2,3; tgδ=0,003; =1,1∙1013 Om∙m; ET=46 MV/m. Butadien-stirolli kauchukning zichligi 940 kg/m3, ish harorati -35+65C undan kabel izolyatsiyasida qoplama sifatida foydalaniladi.




110 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 109-bet
Butilkauchuk izobutilenni izopren bilan birgalikda polimerlash orqali ishlab chiqariladi. Uning zichligi 930 kg/m3, ish harorati -40+105C, dielektrik xossalari: r=2,4; tgδ=0,004; =2,1∙1013 Om∙m; ET=22 MV/m.
Kremniy organikli kauchuk tarkibida kremniy va organik radikallar bo’lib, yuqori darajada egiluvchan va yaxshi dielektrik xossalariga ega. U suvda, namlik sharoitida va past bosimda ishlashi bilan birga, moy va ishqor ta’siriga ham chidamlidir. KO kauchukning zichligi 2000 kg/m , dielektrik xossalari: r=2,9; tgδ=0,008; =1,2∙1012 Om∙m; ET=29,3 MV/m.



    1. Download 1.27 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling