Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi


Download 1.27 Mb.
bet1/65
Sana08.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1695451
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Elektrotexnika materiallari

Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi

Kirish


Jismda elektr zaryadlarining tartibli harakati elektr tokini hosil qiladi. Zaryadlarning bunday tartibli harakati elektr maydon kuchlanganligi ta’sirida vujudga keladi. Dielektrikda elektr o’tkazuvchanlik uning tarkibidagi erkin zaryadlar hisobiga sodir bo’ladi. Hajm birligidagi n ta zaryad eltuvchisi bo’lgan va zaryad qiymati q ga teng bo’lgan dielektrikka tashqi elektr maydoni (E) ta’sir ettirilsa, shu elektr maydon ta’sirida zaryad kuch chiziqlari yo’nalishida ma’lum tezlik  oladi.





Jismning ko’ndalang yuzasidan vaqt birligida o’tadigan elektr miqdori, ya’ni tok zichligi:
J =nqA / m2 (1)

yoki
J E
р
 = I / ekanligini hisobga olsak:
J = E


Bu yerda: -solishtirma elektr qarshiligi, Omm ; - solishtirma elektr o’tkazuvchanlik, sm/m.

1-rasm. O’tkazgich va metal qarshiligining haroratdan o’zgarish grafigi Jism elektr o’tkazuvchanligi elektronli, ionli (yoki elektrolitik) va millionli


(yoki elektroforetik) ko’rinishlarga egadir (1-rasm). Dielektriklarda asosan ionli elektr o’tkazuvchanlik kuzatiladi. Odatda, dielektrik oz bo’lsada ma’lum miqdordagi elektr tokini o’zidan baribir o’tkazadi. Bu esa erkin zaryad eltuvchilar mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Izolyatsiya materiali odatda juda katta solishtirma qarshilikka ega bo’ladi. Bu qiymat qancha yuqori bo’lsa, dielektrikdan shuncha kam miqdorda elektr toki o’tadi. Bunday xossaga ega dielektriklar yuqori sifatli hisoblanadi. Elektr maydoni ta’sirida gaz, suyuqlik va qattiq holatdagi dielektriklardan qandaydir miqdorda elektr toki o’tib, dielektrikda elektr energiya isrofi kuzatiladi. Bunday isroflarni aniqlashda dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligini o’rganish katta amaliy

ahamiyatga egadir. Elektr o’tkazuvchanlikni o’rganishda izolyatsiya materialidan yasalgan va metall elektrodlar bilan jihozlangan namunali kuchlanish beriladi. Namuna asosan yassi taxtacha shaklida tayyorlanib, elektrodlar uning bir yoki qarama-qarshi ikki yuzasiga o’rnatiladi. Dielektrikning hajmiy qarshiligini aniqlash uchun elektr toki namunaning hajmi bo’icha o’tkaziladi va elektrodlar qarama-qarshi yuzaga o’rnatiladi. Mazkur elektrodlar galvanometr orqali elektr manbaiga ulanadi. Dielektrikning yuza qarshiligini aniqlashda esa elektrodlar namunaning bir yuzasiga o’rnatilishi mumkin.


Dielektrikka o’zgarmas kuchlanish ulangandan so’ng ma’lum vaqt (bir minut) o’tgandan so’ng, tok o’zining qandaydir o’zgarmas qiymatiga erishadi va 60 A tok ichki tok (Iich) deyiladi. Dielektrikning qarshiligi R berilgan kuchlanish (U) ga to’g’ri proporsional, dielektrikdan ya’ni dielektrikning umumiy qarshiligi bir- biriga parallel o’tayotgan ichki tokka esa teskari proporsional bo’ladi:



R U
Iich

, Om. (2)



Dielektrikning elektr o’tkazuvchanligi, aksincha, qarshilikka teskari proporsionaldir:

  1
R
Iich
U
(3)

Dielektrik sirti bo’ylab o’tadigan tokni sirt toki (IS) deb atalib, bu tok miqdorining hajmiy tok I miqdori bilan yigindisi esa dielektrikdan o’tadigan umumiy tok (Iu) ni tashkil etadi:




Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling