Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi


Download 1.27 Mb.
bet9/65
Sana08.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1695451
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
Bog'liq
Elektrotexnika materiallari

Elektrkimyoviy teshilish. Teshilishning bu turi dielektrikda harorat va namlik nisbatan yuqori bo’lgan holda kuzatiladi. Bundan tashqari, elektr kimyoviy teshilish materiali bo’shliqlarida issiqlik hodisasi bilan bog’liq gaz ionlashish sodir bo’lganida ham ro’y beradi. Elektr kimyoviy teshilish ro’y berishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi, chunki u elektr o’tkazuvchanlik hodisasi bilan bog’liq. Bu turdagi elektr teshilishi ko’pgina organik materiallarda, chunonchi, chinnining ba’zi turlarida kuzatiladi, shuning uchun dielektrikda ishlatiladigan elektrod materialga ham bog’liq bo’ladi.
    1. Dielektriklarning fizik, kimyoviy va mexanik xususiyatlari


Dielektrikning namlanishi. Elektr izolyatsiya materiallari oz yoki ko’p darajada gigroskopik xususiyatga, ya’ni atrof-muhitdan o’ziga namlik tortib olish xususiyatiga yoki nam singdirish, ya’ni o’zidan suv bug’larini o’tkazish xususiyatiga ega.
2.35-rasm. Dielektikdan oqib o’tuvchi tokning vaqtga bog’liqligi


77 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 131-bet.
Atmosfera havosida ma’lum miqdordagi suv bug’lari doimo bo’ladi. Havoning mutloq namligi uning hajm birligidagi suv bug’i massasi bilan ifodalanadi. Haroratning har bir qiymatiga to’yinishdagi mutloq namlikning aniq qiymati to’g’ri keladi. Absolyut namlikning havoni to’yintirish ucnun zarur qiymati harorat oshishi bilan keskin ortadi, ya’ni suv bug’ning bosimi ham ortadi.
Havoning nisbiy namligi quyidagicha aniqlanadi.78

  m


100% 
P 100%.

(2.57)


mr Pr
Normal atmosfera bosimida (p=0,1 Mpa) va haroratida (t=20 0C) mt=17,3 g/m3,  = 65% bo’lganida havoning namligi normal deb qabul qilinadi, bunday sharoitda suv bug’ining miqdori m= 17,30,65=11,25 g/m3 bo’ladi. Suv o’ta qutbli dielektrik bo’lib, uning solishtirma qarshiligini tashkil etadi.
Shu sababli, suv qattiq dielektrikning bo’shliqlariga kirish natijasida uning elektr xususiyatlarini keskin o’zgartirib yuboradi. Bunday holat, ayniqsa, issiq iqlim sharoitida ( =98-100% va t =+30+400 C ) vujudga keladi. Nisbiy namlikning yuqori bo’lishi elektr apparati va mashinalarning ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi (2.36-rasm).

2.36-rasm. Nisbiy namlik va dielektiklarning solishtirma sirt qarshiligi orasidagi bog’liqlik: 1- qutbsiz; 2-qutbli; 3-qisman qutbli dielektrik




78 Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 48-bet.

Dielektrikning suv (yoki boshqa biror suyuqlik) bilan qo’llanish xususiyati ho’llanish burchagi v bilan ifodalanadi. Bu burchak suv tomchisi chekkasiga o’tkazilgan urinma va tekshirilayotgan tekis yuza orasida joylashgan.79
Dielektrikning ho’llanish burchagi  900 , 900 oraliqda bo’ladi.  qiymati qancha bo’lsa, jismning ho’llanishi shuncha yuqori bo’ladi. Ho’llanadigan yuzalar uchun  900 shuncha yuqori bo’ladi. Ho’llanadigan yuzalar uchun  900 Ho’llanmaydigan yuzalar uchun 900 .
Materialning namligi. Muayyan namlik va haroratga ega bo’lgan muhitga elektr izolyatsion material namunasi kiritilsa, ma’lum vaqtdan so’ng jismning namligi muvozanat holatga ega bo’ladi. Agar nisbatan quruq dielektrik nam havoga kiritilsa, namlik jism hajmi bo’yicha uning ichiga singib boradi. Materialdagi namlik ma’lum vaqt davomida o’zining to’yingan qiymatiga erishadi yoki, aksincha, nisbatan quruq saqlangan havoda nam material vaqt o’tishi bilan o’zidagi namlikni yo’qota boradi (2.37-rasm).
2.37-rasm. Dielektrik namligining vaqtga bog’liqligi: a-materialni namlantirish; b-materialni quritish

Elektr izolyatsion materialdagi namlik uning elektr xossalarini o’rganishda qo’l keladi, chunki Har xil materiallarning havoning nisbiy namligi o’zgarmas bo’lgandagi namlik muvozanati turlicha bo’lishi mumkin. Gigroskopik materialning namligini to’g’ri aniqlash uni massa orqali qabul qilish yoki




79 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 66-bet
topshirish ishlarida katta ahamiyatga ega. To’qimachilik materiallari uchun konditsion namlik tushunchasi kiritiladi. Konditsion namlik deganda, material namligining normal sharoit havosidagi muvozanat holatdagi qiymati tushuniladi. Masalan, kabel qog’ozi uchun konditsion namlik 8% deb olinadi. Zich tuzilishga ega materiallar g’ovak yoki tolali materiallarga nisbatan namlikni o’ziga kam singdiradi.
Turli dielektrik materiallarda uchraydigan bo’shliqlarning taxminiy o’lchamlarini (nm- nanometrlarda) keltirib o’tamiz:
Sopoldagi mikrobo’shliqlar 102-105
Sellyuloza tolasi ichidagi mikrobo’shliqlar 102
Tola atrofidagi bo’shliqlar 1-10
Turli material molekulalari orasidagi bo’shliqlar 1-5
Molekulalar ichidagi bo’shliqlar 1
Suv molekulasining diametri 0,27 nm bo’lgani sababli u ko’p materiallarning hatto molekulalari ichidagi bo’shliqlarigacha singib borishi yuqoridagi misoldan ko’rinib turibdi.
Agar namlik tola yoki parda yuzasiga bir tekis o’tirsa, u holda materialning dielektriklik xususiyati keskin yomonlashadi. Namlik materialda hajm bo’yicha notekis va uzluksiz tarqalsa, dielektrikning elektr xususiyati juda kam o’zgaradi.
G’ovak, suvda eruvchan jismlar namlik ta’sirida qisman elektrolit hosil qiladi.
Bu esa materialning solishtirma hajm qarshiligini pasaytirib yuboradi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling