Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi


Download 1.27 Mb.
bet17/65
Sana08.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1695451
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Bog'liq
Elektrotexnika materiallari

Suyuq dielektriklar


Elektr texnikaga oid konstruksiya va uskunalarni ishlatish sharoitlardan kelib chiqib, suyuq dielektriklarga yuqori elektr musahkamlik va solishtirma hajmiy qarshilik, kichik miqdorli dielektrik singdiruvchanlik, elektr va issiqlik maydonlariga bo’lgan bardoshlilik, ish mobaynida xossalarining barqarorligi, yong’inga bardoshlilik kabi talablar qo’yiladi. Neft mahsulotidan olinadigan transformator moyi elektr texnikada eng ko’p ishlatiladigan suyuq dielektriklardan hisoblanib, u quvvatli transformatorlarda, asosan, elektr izolyatsiyasi va sovitkich vazifasini bajaradi. Transformatorga transformator moyi quyilganda simlarga qoplangan izolyatsiya qoglamasidagi havo bo’shliqlari moy bilan to’ladi. Natijada transformatorning elektr izolyatsiyasi mustahkamligi ortib, elektr kuchlanishi ta’siridagi chulg’amlardan va po’lat o’zakdan ajralayotgan issiqlik tashqi muhitga moy orqali yaxshi tarqatiladi.93
Bunda transformatorning quvvati birmuncha ortadi.
Neftdan olinadigan transformator moyi parafin, naftalin, aromatik uglevodorod kabi murakkab birikmalardan tashkil topgan bo’lib, uning tarkibida oltingugurt, kislorod va azot kabi qo’shimchalar ham bo’ladi. Moydagi zararli qo’shimchalar neftni qayta ishla orqali bartaraf etiladi. Transformatorning moyini tozalash kislota yordamida, selektiv yoki adsorbsiya kabi usullar orqali amalga oshiriladi. Bu moyning rangi och sariq bo’lib, zichligi 861-895 kg/m3, qotish harorati -450C, chaqnash (alangalanish) harorati 135-1400C , nur sindirish koeffitsienti 1,47-1,49, kinematik qovushqoqligi (17,626,6) 10-6m2/s va sirt taranglik kuchi 40-45 kN/m. Transformator moyi yonuvchan suyuqlik bo’lgani sababli, uni ishlatish mobaynida texnika xavfsizligiga amal qilinishi shart. Bu


93 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 78-bet
suyuqlikning dielektrik singdiruvchanligi 2,2-2,3, dielektrik isrof burchagining tangensi 0,001-0,02 ga teng.

2.51-rasm. Elektr mustahkamlikning moy tarkibidagi suv miqdoriga


bog’liqlik grafigi
Transformator moyi tarkibidagi juda kam (0,05%) miqdordagi suv ham uning elektr mustahkamligini keskin (5-10 barobar) tushirib yuboradi (2.51-rasm).
2.52-rasm. Transformator moyini quritish va tozalash qurilmasi 1-kirish krani; 2-moy nasosi; 3-qizdirgich; 4-forsunka; 5-vakuumli bak; 6-moy tarkibidagi suv bug’larini ushlab qolgich; 7- vakuumli nasos; 8-absorbsiya filtri; 9-aylanma yo’lli klapan; 10-tozalovchi filtr; 11-chiqish nasosi; 12-rejimni qayta ulash krani.
Bu asosan, suvning dielektrik singdiruvchanligi katta (er≈81) va solishtirma hajmiy qarshiligining kichikligi (p ≈103104 Om∙m) bilan tushuntiriladi. Moy tarkibidagi mexanik qo’shimchalar (tola, zarracha va h.k.), ham suyuqlikning elektr mustahkamligini pasaytiradi. Transformator moyi mazkur qo’shimchalardan tozalanib, so’ngra quritilsa, u o’zining asl elektr mustahkamligini qayta tiklaydi.
Quyidagi jadvalda transformator moyining kuchlanishga nisbatan elektr mustahkamligi keltirilgan. Elektr uskunalarida ishlatilayotgan transformator moyiga kuchli elektr maydoni, issiqlik, kislorod va oksidlovchi moddalar ta’sir etishi natijasida uning eskirishi kuzatiladi.
2.7-jadval

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling