Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi
Ba’zi sintetik dielektriklarning fizik va kimyoviy xossalari
Download 1.27 Mb.
|
Elektrotexnika materiallari
Ba’zi sintetik dielektriklarning fizik va kimyoviy xossalari.
O’rta darajada xlorlangan pentaxlordifenil (sovtol) quyuq massa bo’lgani sababli, suyultirish maqsadida unga xlorlangan suyuq uglevodorod qo’shiladi. Kondensator moyi suyuq difenil bilan aralashtirilib, hosil bo’lgan suyuqlik qog’ozli izolyatsiyaga shimdirilsa, kondensatorning reaktiv quvvati ortadi, hamda hajmi birmuncha kichrayadi. Sovtol-10ning tarkibi 90% pentaxlordifenil hamda 10% fixlorbenzoldan iborat bo’lib, undan yuqori kuchlanishli transformatorlarni to’latishda, shuningdek, qattiq izolyatsiyaga shimdiriluvchi sifatida foydalaniladi.95 95 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 171-bet. Geksol kimyoviy jihatdan barqaror suyuqlik bo’lib, tarkibi 80% geksaxlorbutadien va 20% pentaxlordifenildan iborat. U harorat va cho’g’ ta’sirida chaqnash yoki alangalanish xususiyatiga ega emasligi bilan ajralib turadi va juda past haroratda ham qotmaydi. Geksol sifati yaxshi suyuq dielektrik hisoblanib, undan transformatorlarda izolyatsiya o’rnida foydalaniladi. Ko’rib o’tilgan barcha difenillar zararli hisoblanganligi sababli, ular bilan ishlash mobaynida texnika xavfsizligi choralari ko’rilishi lozim. Kremniy-organik (KO) suyuqliklar zaharli bo’lmay, ekologik jihatdan xavfsiz bo’lganligi sababli, ular elektr texnikada keng miqyosda qo’llanilmoqda. KO suyuqliklar gigroskopik emas hamda yuqori haroratga bardoshlidir. 2.10- jadval Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling