Mavzu:Suyuq dori shakllari
Reja:
1. Suyuq dori shakllari haqida ma’lumot
2. Suyuq dori shakllarining afzalligi va kamchiliklari
3. Yodning spirtli eritmalari haqida ma’lumot
4. Yodning spirtli eritmalari sifatini baholash
5. Foydalanilgan adabiyotlar
Suyuq dori shakllari haqida ma’lumot
Suyuq dori shakllari – faol ta’sir etuvchi moddani suv, spirt, yog’ yoki boshqa erituvchilarda eritib yoxud ularga aralashtirib, shuningdek o’simlik mahsulotlaridan ajratib olib tayyorlanadigan dori shakllaridir. O’z fizik – kimyoviy xususiyatlariga ko’ra barcha suyuq dori shakllari teng taqsimlangan dispers sistema hisoblanib, suyuq dispers muhitda dorivor modda teng taqsimlangan (erigan) bo’ladi
Suyuq dori shakllarining afzalliklariDori buyurish yo’llari xilma-xilAyrim dori vositalarining shikastlovchi ta’siri kamayadi (bromidlar, yodidlar)Qabul qilish oddiy va qulayligi, ayniqsa pediatriya va geriatriyaYoqimsiz ta’mni niqoblash mumkinligiQabul qilingach, so’rilib tezda ta’sir erishni boshlaydi (qattiq dori shakllari esa avval erib keyin so’riladi)Ayrim dorilar suyuq dori shaklida qabul qilingandagina o’z ta’sirini to’la namoyon qiladi
Suyuq dori shakllarining kamchiliklariSuyuq dorilarni saqlash qiyin, chunki qattiq holatga nisbatan suyuq holatda oksidlanish, gidroliz xavfi yuqori bo’ladiEritmalar mikroorganizmlar uchun qulay muhit hisoblanadi, shu sababli ularni o’rtacha 3-10 sutka saqlash mumkin xolosTashish noqulay, tayyorlash va maxsus qadoqlash uchun ko’p vaqt talab qiladiDozalashning aniqlik ko’rsatkichi suyuq dori shakllarida qattiq dori shakllariga nisbatan pastroqBu va boshqa kamchiliklarini bataraf etish uchun ko’pchilik suyuq holatda qabul qilinuvchi dori vositalari zavodlarda maxsus tabletka, quruq misktura yoki kukun holatda tayyorlanadi, va bemorlarning o’zlari ularni qo’llashdan oldin erituvchida eritib oladilar.
Yodning spirtli eritmalari haqida ma’lumotYodning 5 % li spirtli eritmasi (Sol. Iodi spirituosa 5 %)Iodi 50.0Kalii iodidi 20,0Spiritus aethylici 95 %Aquae destillatae ad 1000 mlReaktorda kaliy vodid o ‘ziga nisbatan ikki baravar ko'p miqdordagi suv yoki spirt-suv aralashmasida eritiladi, hosil bo’lgan kaliy yodidning kuchli eritmasiga yod solinadi va to’la erib ketgunicha aralashtiriladi. So'ng eritma spirt-suv aralashmasi bilan kerakli hajmgacha yetkaziladi. Bunda kaliy yodidning kuchli (to’yingan) eritmasi yod erishini tezlashtiradi va preparat turg'unligini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |