Yodning spirtli eritmalari haqida ma’lumotYodning 10 % li spirtli eritmasi (Sol. Iodi spirituosa 10 %)Iodi 100,0Spiritus aethylici 95 % ad. 1000 ml.Reaktorga hisoblangan erituvchining taxminan 80 % solinadi va unga qopchiqqa joylashtirilgan yod bostirib osib qo'yiladi. Bunda yodning erish jarayoni zichliklar farqi tufayli o‘z-o'zidan aralashishi natijasida yuzaga keladi. Yod eritmasining zichligi yuqori bo’lganligi uchun pastga. spirt esa yuqoriga harakatlanadi. Yodning erishi oxiriga yetgach, qopchiq olinib. qolgan spirt bilan yuvilib eritma kerakli hajmgacha yetkaziladi.
Yodning spirtli eritmalari haqida ma’lumotYod eritmalari qizil - qo'ngir rangli, yodga xos hidga ega bo'lgan suyuqliklardir. Agar yod eritmasining konsentratsivasi ko'rsatilmagan bo’lsa . 5 % li yod eritmasi nazarda tutiladi. Amalda 1 va 2 % li yod eritmalari ham ishlatilib, ular toza yod va 96 % li spirtda tayyorlanadi. Yodning spirtli eritmalaridan 5 % ligi turg'un hisoblanadi. chunki uning tarkibida yod KJ3 holida bo’ladi. Yodning 10 % li spirtli eritmasida yod kuchli oksidlovchi boiganligi uchun spirt va suv bilan reaksiyaga kirishib, sirka aldegidi va kislotasi, sirka kislotasining etil spirti bilan efiri, yodid, gipoyodit, yodat kislotasi va yodoformlar hosil qiladi. Shuning uchun yodning 10 % li spirtli eritmasi qisqa muddatga tayyorlanadi.
Yodning spirtli eritmalari sifatini baholashYodning 5% li spirtli eritmasi Solutio Iodi spirituosa 5% (Tinctura Iodi 5%)Tarkibi : Yod 50g; Kaliy yodid 20 g; suv; hajm 1000 ml ga yetguncha spirt.Haqiqiyligi (sifat reaksiyalari)1. Yod molekulasiga reaksiya (J2) 0,5 ml tekshiriluvchi materialga 1 tomchi kraxmal eritmasi tomiziladi. Eritma ko’k rangga bo’yaladi.
Yodning spirtli eritmalari sifatini baholash2. Yodid ioniga reaksiya (I-): 1 tomchi sinov eritmasi stakanga tomizilib, rangsizlanguncha kutiladi ( yod uchib ketadi). Qolgan mahsulot 1 ml suvda eritib, probirkaga o’tkaziladi. Keyin 1 ml xloroform, 2-3 tomchi suyultirilgan xlorid kislota, xloramin kristallari qo’shilib, yaxshilab chayqatiladi – xloroform binafsha rangga kiradi.Сl2+КJ → J2+КСl
Do'stlaringiz bilan baham: |