Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi
Download 1.27 Mb.
|
Elektrotexnika materiallari
Organik dielektriklarElektr texnika, radiotexnika, elektronika va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida polimerlardan ko’p sonli turli xil mahsulotlar ishlab ciqariladi. 96 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 88-bet Yuqori molekulyar birikmalarning yuzta, mingta va undan ko’p atomlarning o’zaro kovalent bog’lanishidan vujudga kelgan molekulasi makromolekula deyiladi. Aksariyat tabiiy va sintetik polimerlarning makromolekulalari takrorlanadigan bir xil atomlar guruh – elementar halqalardan tashkil topadi. Bunday makromolekulaga ega birikmalar polimerlar deb ataladi. Polimerlarni sintez qilishda ishlatiladigan quyi molekulyar birikmalar monomerlar deyiladi. Dielektriklar ichida yuqori molekulali organik materiallar alohida ahamiyatga egadir. Tarkibida uglerod moddasi bo’lgan birikmalar organik moddalar deb ataladi. Uglerod molekulalarining tuzilishi turli-tumandir. Bu molekulalar ko’p sonli kimyoviy birikmalar hosil qiladi: molekula tuzilishi bo’yicha ular zanjirli, tarmoqlangan, doirasimon va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Yuqori molekulali materiallarga sellyuloza, shoyi, kauchuk va boshqalar kiradi. Sun’iy ravishda olinadigan yuqori molekulyar materiallar ikki turkumga ajratilishi mumkin. Birinchisiga tabiiy yuqori molekulyar moddalarga kimyoviy ishlov berish yo’li bilan tayyorlanadigan sun’iy materiallarni keltirish mumkin. Masalan, sellyulozani qayta ishlash orqali sellyuloza efiri olinadi. Ikkinchi turkumga past molekulyar moddalardan tayyorlanadigan yuqori molekulyar sintetik materiallar kirib, ular elektr izolyatsiyasidan alohida ahamiyatga egadir. Reaksiya natijasida monomerlardan polimerlar hosil bo’lishi polimerlash deyiladi. Polimerlash natijasida moddalarning molekulyar massasi, suyuqlanish va qaynash harorati ortadi; polimerlash jarayonida modda gaz yoki suyuq holatdan, quyuq yoki qattiq holatga o’tadi.97 Polimerlar, asosan, chiziqli va fazoviy polimer guruhlarga bo’linadi. Chiziqli polimer molekulalarining tuzilishi zanjir va tola ko’rinishida bo’ladi. Tabiiy kauchuk, polietilen, siloksan kauchuklari chiziqli polemerlarga misol bo’ladi. Fazoviy (yoki tarmoqlangan) polimer molekulalar uchala koordinata o’qlari bo’yicha tekis joylashib, ixcham tuzilishga ega qaytariluvchi guruhlardan tashkil topadi. Chiziqli va fazoviy polimerlar xossalari jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Chiziqli polimerlar egiluvchi qayishqoq bo’lib, harorat ta’sirida ularning 97 Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 59-bet. ko’pchiligi avval yumshab, so’ngra eriydi. Fazoviy polimerlar esa eriydigan qattiq holatda bo’lib, ularga harorat ta’sir ettirilganda kimyoviy yemirilish sodir bo’ladi (2.53-rasm). a) b) 2.53-rasm. Chiziqli va fazoviy polimerlarning shartli tuzilishi Polimerlarning termoplastik va termoreaktiv turlari bo’ladi. Termoplastik (plastik) polimerlar kuzatilganda yumshab, osongina deformatsiyalanadi; erituvchi ta’sirida esa ular oson eriydi, harorat ta’sirida elektr xossalarini deyarli o’zgartirmaydi. Termoreaktiv (reaktoplast) polimerlar qizitilganda qattiq (mexanik mustahkam) holatga o’tib, egiluvchanlik va eruvchanlik xususiyatlarini yo’qotadi. Harorat ta’sirida ushbu materiallar fazoviy polimerlarga o’xshash tuzilishga ega bo’ladi. So’nggi yillarda issiqlik ta’siriga chidamli termoplastik materiallar (poliimid, politetraftoretilen) ishlab chiqarilgan bo’lib, ular yuqori haroratda ishlay olish xususiyatiga egadirlar. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling