Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi


Download 1.27 Mb.
bet23/65
Sana08.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1695451
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
Bog'liq
Elektrotexnika materiallari

Tabiiy qatron


Tabiiy qatron o’simlik va biogen birikmalaridan tashkil topgan organik moddadir. Tropik o’simliklarda tabiiy qatron ko’p bo’ladi. U past haroratda amorf holatda bo’lib, qizdirilganda avvaliga yumshab, plastik so’ngra esa suyuq holatga o’tadi. Elektr texnikada ishlatiladigan tabiiy qatron suvda erimaydi, ammo spirtda, efirda va o’zi bilan kimyoviy tabiati bir xil bo’lgan organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Hosil bo’lgan eritma quritilganda yupqa parda hosil bo’ladi. Tabiiy qatron yopishqoq bo’lib, suyuq holatdan qattiq holatga o’tishida jism yuzasiga
mustahkam yopishadi. Bu material kompaund, plastik massa, sun’iy yoki tabiiy tolasimon materiallarining tarkibiy qismi bo’lib xizmat qiladi.
Shellak – tropik daraxt qumursqalari (gummilak) mahsuli. Shellak tangasimon ko’rinishli, rangli (och sariqdan qo’ng’ir tusgacha), spirt, aseton va efirda yaxshi eriydi. U eritilgan holatda kanifol, kopol, gliftal, bitum va novalak bilan yaxshi birikadi. Shellakning zichligi 1000 – 1040 kg/m3, chiziqli kengayish koeffitsienti 4,4∙10-4… 9∙10-5ga teng. Uning dielektrik xossalari quyidagicha: r
=3,5; tg= 0,01; = 1013-1014Om∙m; Et=20-30 MV/m.
2.11-jadval

Polietilenning asosiy mexanik va fizik xossalari





Ko’rsatkichlar

Yuqori bosimli

Past bosimli

O’rtacha bosimli

Zichligi ,kg/m3

918-930

954-960

960-968

Mustahkamligi,MPA: cho’zilishda

10-17

18-45

18-40

Egilishda

17-20

18-45

25-40

Siqilishda

14-17

30-36

20-37

Nisbiy cho’zilish,%

15-20

10-12

5-8

,Om∙m

1015

1015

1015

8,Om∙m

1015

1015

1015

r (1MGs)

2,2-2,3

2,2-2,4

2,3-2,4

tg

(2-3) 10-4

(2-4) 10-4

(2-4) 10-4

Er, MV/m

45-55

45-55

45-55

Erish harorati, 0C

108-110

124-132

128-135

Suv yutishi (30 sutka),%

0,02

0,005

0,01

Ish harorati, 0C

90

90

90

Shellakdan qoplovchi yoki yelimlovchi loklar tayyorlanib, ko’pincha, undan elektr asboblarining qismlarini loklashda foydalaniladi


Kanifol – to’q sariq rangli mo’rt modda bo’lib, daraxt yelimidan ajratib olinadi. Kanifol spirt, benzin, benzol, skipidar, aseton, neft va o’simlik moylarida osongina eriydi, suvda esa mutlaqo erimaydi. Uning dielektrik xossalari quyidagicha: r = 2,8; tg = 0,003;  = 1013 – 1014 Om∙m; Et = 10-15 MV/m.
Elektr izolyatsiyasida kanifol lok va kompaund tayyorlashda, qatron tarkibida va yuqori kuchlanishli kabellar uchun neft moyiga qo’shimcha sifatida ishlatiladi.
Qahrabo – och sariq – qo’ng’ir tusli o’simlik maxsulidir. Qahraboning zichligi 1050 – 1096 kg/m3, yumshash harorati 175 – 200 0C. Uning dielektrik xossalari: r 2,8; tg= 0,001;  = 1915Om∙m;  = 1915Om∙m. Bu qatron skipidar, benzin va moylarda yaxshi eriydi. Qahrabo qimmat bo’lganligi sababli, undan faqat maxsus o’lchov asboblarida va katta qarshiliklar ishlab chiqarishda foydalaniladi.



    1. Download 1.27 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling