Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi


Download 1.27 Mb.
bet26/65
Sana08.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1695451
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
Bog'liq
Elektrotexnika materiallari

Mumsimon dielektriklar


Mumsimon dielektriklar kristall tuzilishi jihatidan qatron va bitumlardan farq qilib, qattiq holatdan suyuq holatga o’tishda o’zining aniq haroratiga egadir. Bu materiallardan elektr izolyatsiyasida shimiluvchi va quyiluvchi moddalar sifatida foydalaniladi. Ulardan foydalanilganda kondensator va boshqa elektr asboblarining konstruksiyalarini soddalashtirish imkoni yaratiladi.
Mumsimon dielektriklar namga chidamli bo’lgani sababli, ular qo’llanilgan konstruksiyalarni zichlash (germetizatsiyalash) talab etilmaydi. Mazkur dielektriklarning asosiy kamchiligi qotishda ular hajmiy kirishishining nisbatan yuqoriligidir (15-20%).
Qutblilik darajasi bo’yicha mumsimon dielektriklar uch guruhga bo’linadi: 1) qutbsiz (parafin, serezin); 2) qisman qutbli (polietilen, poliizobutilen); 3) qutbli (olevaks).
Polietilen va poliizobutilen mumi yuqori kuchlanishli kabelning qog’oz izolyatsiyasini shimdirishda qo’llaniladi. Ular oq yoki kul rang, solishtirma hajmiy qarshiligi yuqori (= 1014 Om∙m) dielektriklardir. Polietilen mumi shimiluvchi kabel moylari (MN-3, MN-5) tarkibida kanifol bilan birgalikda, poliizobutilen mumi esa MN-4 navli shimiluvchi moy tarkibida qo’llaniladi.
Parafin rangsiz, hidsiz, kristall strukturali mumsimon modda bo’lib, benzol, neft moylari, benzin va efirda yaxshi eriydi. Parafin parafinli neft distillatini qayta ishlash orqali olinadi. Parafinning bir nechta turi bo’lib, ular bir-biridan erish harorati bilan farq qiladi. Parafinning erish harorati qancha yuqori bo’lsa, uning sifati shuncha yaxshi hisoblanadi. Parafinning zichligi 850-900 kg/m3, erish harorati 50-62C, dielektrik xossalari: r = 2,1-2,2; tgδ = 0,0003-0,0007; =1013- 1015 Om∙m; s =1015-1016 Om∙m; Em=20-30MV/m. Sifatli tozalangan parafin navi B1-B4 o’rtacha tozalikdagisi T, C va tozalanmagani Hc, Hb harflari orqali belgilanadi. Parafin kondensator izolyatsiyasini shimdirishda, uning serezin bilan aralashmasi esa sim va kabel o’ramlarida ishlatiladi.101
Serezin neft mahsulotlaridan olinib, dielektrik xususiyatlari jihatidan parafindan ustun turadi. Serezinning erish harorati 65-85C, undan qayishqoq yupqa qoplama olish mumkin. Serezin kabel sanoatida rezina mahsulotlari tayyorlashda (rezinaning yorug’lik nuriga chidamliligini oshiradi) ishlatiladi.
Sintetik serezin och sariq rangli kristall strukturali modda bo’lib, qog’oz slyuda izolyatsiyali kondensatorlar tayyorlashda ishlatiladi.
Vazelin - qattiq va suyuq uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan quyuq moddadir. Uning dielektrik xossalari quyidagicha: r = 0,0002;  = 5∙1012 Om∙m; Em =20 MV/m. Vazelin kondensatorlarni to’latishda yoki ularning qog’ozli izolyatsiya tasmalarini shimdirishda ishlatiladi.
Olevaks - kanakunjut moyini gidrogeneratsiya qilish usuli orqali olinadigan yaxshi dielektrik xossali moddadir. Olevaksning dielektrik singdiruvchanligi yuqori bo’lganligi sababli, undan kondensatorlar sig’imini oshirishda foydalaniladi.
101 Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 65-bet.

    1. Download 1.27 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling