Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi


Download 1.27 Mb.
bet25/65
Sana08.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1695451
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
Bog'liq
Elektrotexnika materiallari

O’simlik moylari


O’simlik moylari turli o’simlik urug’laridan olinadi. Elektr texnikada yorug’lik, issiqlik, kislorod va boshqa ta’sirlar ostida qotadigan o’simlik moylari katta ahamiyatga egadir. Biror-bir mato yoki qattiq jism yuzasiga yupqa surtilgan moyning qurishi natijasida qattiq yaltiroq va jismga yaxshi birikkan qoplama hosil bo’ladi.100
Moylarni quritish tezligi haroratini oshirish, yorug’lik ta’sir ettirish yoki biror turdagi katalizator (sikkativ) qo’shish orqali amalga oshiriladi. Quriydigan moylar kimyoviy tarkibi bo’yicha glitserin efiri va organik kislotalardan tashkil topadi. Eng keng tarqalgan quriydigan moylarga zig’ir va tung moyi misol bo’ladi. Zig’ir moyining zichligi 930 kg/m3, qotish harorati -20 0C ga teng. Tung moyi zaqrarli bo’lib, zichligi 940 kg/m3, qotish harorati -5 0C.
U o’zining tez qotishi va nam yutmaydigan ancha qalin qatlam hosil qilishi bilan ajralib turadi. Ushbu moylar elektr texnikada, asosan, lok loklangan gazmollar tayyorlashda va yog’och materiallarni shimdirishda ishlatiladi.
Kanakunjut moyi ham o’simlik urug’idan olinib, uning zichligi 950- 970 kg/m3, qotish harorati -10  - 180C, dielektrik xossalari: r = 4,0-4,5; tg = 0,01-


99 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 188-bet.
100 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 91-bet
0,03; Em =15-20 MV/m. Bu moy etil spirtida eriydi. Undan qog’ozli kondensatorlarni shimdirishda foydalaniladi.


    1. Bitumlar


Bitum – murakkab uglevodorod birikmalaridan iborat bo’lgan, qora yoki to’q qo’ng’ir rangli termoplastik amorf gigroskopik bo’lmagan va o’ziga suv singdirmaydigan materialdir. U benzol va toluolda oson eriydi, spirt va suvda esa mutlaqo erimaydi. Tabiiy (qazib olinadigan) bitum asfalt deb ham ataladi.
Sun’iy bitum neftni qayta ishlash orqali olinadi. Neftdan olinadigan bitumlarga BN-III, BN-IV, BN-V navli bitumlar hamda qiyin eruvchan bitumlar misol bo’ladi. Mazkur bitumlarning yumshash harorati 50125C ni tashkil etadi.
Asfalt yaxshi elektr izolyatsiya xossasiga ega bo’lib, mo’rt va qattiqdir. Uning yumshash harorati 200C gacha yetadi.
Bitumlarning dielektrik xossalari quyidagicha: r =2,5-3,0; tgδ =0,01; =1013- 1014 Om∙m; Em=10-25 MV/m. Bitumlar, asosan, lok va kompaundlar tayyorlashda ishlatiladi.



    1. Download 1.27 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling