Polimerlar. Bitumlar va dyogtlar va ularning xossalari Neft bitumlarining fizik-mexanik xossalari Bitumlar va dyogtlar
Download 40.88 Kb.
|
Bitum polimer asosida olingan yangi materiallarni o’rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu:Bitum polimer asosida olingan yangi materiallarni o’rganish Reja: Polimerlar. Bitumlar va dyogtlar va ularning xossalari Neft bitumlarining fizik-mexanik xossalari Bitumlar va dyogtlar Polimerlar. Bitumlar va dyogtlar va ularning xossalari Bitumli bog‘lovchilar – uglevodorodlar va ularning nometall xosilalarining murakkab aralashmasidir (uglevodorodlarning oltingugurt, kislorod, azot bilan birikmalari). UzRSTlabki xom ashyoga qarab ular tabiiy va sun’iy neft bitumlariga bo‘linadi. Tabiiy bitumlar – qora yoki to‘q-jigar rang qattiq moddalar yoki qovushoq suyuqlik bo‘lib, tabiatda sof ko‘rinishda yoki cho‘kindi tog‘ jinslarini (ohaktoshlar, qumtoshlar) shimdirgan holatda uchraydi. Bundan ko‘p ming yillar muqaddam neft yer qobig‘ining ustki qatlamlariga oqib kirgan tog‘ jinslari unga to‘yingan, so‘ngra esa bug‘lanuvchi moddalar asta-sekin uchib ketishi natijasida tabiiy bitumga aylangan. Tarkibida 5 dan 20% gacha tabiiy bitumi bo‘lgan tog‘ jinslari asfalt bitumlar deb ataladi. Sof bitum olish uchun maydalangan asfalt-tog‘ jinsini qaynoq suv yoki organik eritgichlar bilan ishlab olinadi. Qizdirganda tabiiy bitum sekin-asta yumshaydi, sovitilganda esa qotadi. Suvda erimaydi, lekin uglerod sulfid, benzol, xloroform, skipidar va boshqa organik eritgichlarda oson eriydi. Mayda kukun ko‘rinishidagi asfalt jinslaridan asfalt mastikasi va asfalt betonlarini olish uchun foydalaniladi. Neft bitumlari neft va uning smolali qoldiqlarini qayta ishlash mahsuloti hisoblanadi. Olinish usullariga qarab bitumlar qoldiq, oksidlangan va kreking neft bitumlari turkumiga kiradi. Qoldiq bitumlar (gudron) xaydash yo‘li bilan neftdan benzin, kerosin va moylarning bir qismini ajratib olish natijasida hosil bo‘ladi. Me’yoriy haroratda ular qattiq moddadan iborat. Oksidlangan bitumlar neft qoldiqlari orqali puflab o‘tkazib olinadi, ular bunda kislorod ta’siri ostida oksidlanadi va zichlanadi. Kreking bitumlar esa neft va neft moylarining yuqori haroratda parchalanish mahsulotidir. Neft bitumlarining rangi qora yoki to‘q-qo‘ng‘ir bo‘ladi. Qovushoqligiga qarab ular qattiq, yarim qattiq va suyuq bitumlarga bo‘linadi. Qattiq va yarim qattiq neft bitumlari qurilish, tomga yopish va yo‘l bitumlariga bo‘linadi. Qattiq va yarim qattiq neft bitumlari yo‘llarga qoplash, o‘ramli namdan himoyalash va tom materiallarini bitum mastikalari, laklari va boshqalarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Qurilishda neft bitumlaridan foydalanilganda bitum markasi hamda joyning iqlim sharoitlari va bitumning ishlatilish sohasiga qarab ikki xil bitum aralashmasini tanlash zarur. Bitumlarning xossalari. Neft bitumlarining sifatini va markalarga bo‘linishini aniqlaydigan asosiy xossalari – qovushoqligi, yumshash va chaqnash harorati, cho‘ziluvchanligidir. Qovushoqligi bitumga kuch ostida ignaning kirish chuqurligi bo‘yicha penetrometrda o‘lchanadi. Bitumga ignaning kirish chuqurligi qancha katta bo‘lsa, uning qovushoqligi binobarin shunchalik kichik buladi. Bitumning yumshash harorati «Halqa i shar» asbobida aniqlanadi. Bitumning bu xossasi uni turli harorat sharoitlarida foydalanishga yaroqliligini ko‘rsatadi. O‘t olish harorati bitum bilan ishlaganda texnologik parametrlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega bo‘lib, u maxsus asbobda o‘lchanadi. O‘t olish haroratiga bitum namunasining bir qismi yoki butun yuzasi ustida birinchi ko‘k alanga paydo bo‘lganida termometr ko‘rsatadigan harorat qabul qilinadi. Bitumning cho‘ziluvchanligi namunani duktilometrda cho‘zish yo‘li bilan topiladi. Cho‘zilgan namunaning uzilish paytidagi uzunligi (sm hisobida) bitum cho‘ziluvchanligining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ko‘rib o‘tilgan xossalar bir-biriga bog‘liq. Masalan, qattiq bitumlarning yumshash harorati yuqori bo‘ladi, lekin cho‘ziluvchanligi kichik, ya’ni nisbatan mo‘rt bo‘ladi: aksincha, uncha yuqori bo‘lmagan haroratda yumshaydigan bitumlar juda cho‘ziluvchan bo‘lishi mumkin, ya’ni katta plastiklikka ega bo‘ladi. Bu materiallar ishlatiladigan joyiga isitish qurilmalari bilan jihozlangan temir yo‘l sisternalarida yoki po‘lat qoliplarda tashiladi. Neft bitumlarini maxsus yopiq omborlarda yoki bostirma ostida quyosh nurlaridan va yog‘in-sochinlardan himoyalab saqlash lozim. Tarixda bitumli materiallarni Markaziy Osiyo qurilishlarida ishlatilganligi haqida ma’lumot yo‘q. Ammo, juda oz miqdorda ozokerit tog‘ jinsini eritib qum bilan qorishtirib g‘ishtli devorlar terishda ishlatilganligi ma’lum. O‘zbekiston qurilishlarida bitumli materiallarni ishlatish asosan 1922-1930 yillarda boshlandi. Markasi III, IV va V bo‘lgan neft bitumlari Boku va Grozniydan temir yo‘l orqali keltirilardi. Respublikada mahalliy neftni qayta ishlovchi korxonalar ishga tushgandan so‘ng IV va V markali bitumlar ishlab chiqarila boshlandi. Neft sanoatining respublikada tez sur’atlar bilan o‘sishi natijasida bitumli materiallarga bo‘lgan talab va ehtiyoj ortdi. Ko‘pgina ilmiy izlanishlar natijasida qurilishbop bitumlarning xususiyati yaxshilandi. Farg‘ona vodiysi va respublikaning shimoli- g‘arbiy tumanlaridan topilgan smolaga boy bo‘lgan neftlardan bitumlar ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yildi. Toshkent asfalt zavodida ishlangan bitumlar qurilishning hamma tarmoqlarida ishlatish mumkinligi amalda sinab ko‘rildi. Markaziy Osiyoning gidrotexnik inshootlarida, yo‘l qurilishida asfalt-beton va yuqori sifatli namdan himoyalash ishlarida, shuningdek, tombop o‘rama materiallar ishlab chiqarishda mahalliy bitumsimon materiallar ishlatilmoqda. Markaziy Osiyo yo‘l qurilish ilmiy tekshirish instituti tomonidan 1940-1948 yillarda yassi tomlarni suvashga qulay bo‘lgan bir qancha bitumli tarkiblarni qurilishda qo‘lladilar. Bunday tarkiblar "sovuq" va "issiq" qorishma sifatida ishlatiladi. "Sovuq" qorishma tayyorlanganda bog‘lovchi modda sifatida bitum suvi (emulsiyasi) ishlatilsa, "issiq" qorishmada bitum 100-120 S haroratda eritilib to‘ldirgichlar bilan arashtiriladi. Quruvchilar uchun taklif etilgan "sovuq" va "issiq" namdan himoyalovchi qorishma tarkibi 28 - 30 - jadvallarda keltirilgan. Polimerlar Sun’iy yoki yuqori molekulyar tabiiy birikmalar-polimerlardan plastmassalar tayyorlanadi. U qayta ishlash jarayonida turli shakl oladi va shu shaklini barqaror saqlab qolish xususiyatiga ega. Plastmassalar nisbatan yangi material hisoblanadi, ularning texnologiyasi keng rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda polimer qurilish materiallari va buyumlarning yetarli darajada keng turlari mavjud, ulardan foydalanish qurilish ishlarining industrialligini oshirish, mehnat sarflarini qisqartirish, qurilish narxini kamaytirish, shuningdek, rangli va qora metallar, yog‘och va boshqa tanqis materiallarni ancha tejashga erishish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qosimova S.T., Shodjalilov SH. Binolarni texnik ekspluatatsiyasiga xos xususiyatlari. O'quv qo'llanma. 1-qism. Toshkent, 2004y. 2. Qosimova S.T., Shodjalilov SH. Binolarni texnik ekspluatatsiyasiga xos xususiyatlari. O'quv qo'llanma. 2-qism. Toshkent, 2005y. 3. SHNK 2.08.01-05 «Jilie zdaniya» T.: Goskomarxitekstroy, T., 2005y. 4. KMK 2.08.02 – 96 «Obshestvennie zdaniya i soorujeniya» T.: Goskomarxitektstroy, T., 1996g. Download 40.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling