Anorganik birikmalarning asosiy sinflari arxiv uz


Download 0.58 Mb.
bet1/10
Sana08.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1252300
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Anorganik birikmalarning asosiy sinflari


Anorganik birikmalarning asosiy sinflari

Reja:



1. Oksidlarning sinflanishsi, nomlanishi, olinishi va hossalari
2 Asoslar, ularning turlari, nomlanishi, olinish usullari va xossalari
3 Kislotalar, ularning sinflanishi, olinish usullari va xossalari
4 Kislota- asos nazariyasi
5. Tuzlar, ularning sinflanishi va xossalari. Tuzlarning gidrolizi

1. Oksidlarning sinflanishsi, nomlanishi, olinishi va hossalari
Hamma moddalar oddiy va murakkab moddalarga bo’linadi. Oddiy moddalar bitta element atomlaridan iborat bo’ladi, murakkab moddalar esa ikki yoki undan ko’p element atomlaridan tuzilgan bo’ladi. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar kiradi. Bularning barchasi murakkab moddalardir.
Oksidlar – ikki elementning biri kislorod bo’lgan murakkab moddalarga aytiladi. Oksidlar ikkiga bo’linadi

  • tuz hosil qiluvchilar –kislotalar va ishqorlar bilan o’zaro ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi;

  • tuz hosil qilmaydigan yoki indefferent (befarq) – tuzlar hosil qilmaydi, kislotalar va ishqorlarga nisbatan befarq. Bu turdagi oksidlar kam: H2O, NO, CO, SiO, N2O, SO ….

Tuz hosil qiluvchi oksidlar o’z navbatida asosli, kislotali va amfoter oksidlarga bo’linadi. Suv bilan birikib hosil qilgan birikmalari asoslarga mos keladigan oksidlarga asosli oksidlar deyiladi. Asosli oksidlar kislotalar va kislotali oksidlar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi. Kislotali oksidlar asoslar va asosli oksidlar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi. Amfoter oksidlar kislotalar va kislotali oksidlar bilan hamda asoslar yoki asosli oksidlar bilan ta’sirlashib tuz hosil qiladi. Suv bilan birikib hosil qiladigan gidroksidi asoslarga mos keladigan birikmalarga asosli okidlar deyiladi.

Masalan:

Na2O + H2O2NaOH asosli oksidasos BaO + H2OBa(OH)2 asosli oksidasos
Demak, suv bilan birikib hosil qiladigan gidroksidlari kislotalarga mos keladigan oksidlarga kislotali oksidlar deyiladi.
Masalan:
Cl2O7 + H2O = 2HClO4
ClO3 + H2O = H2 ClO4
Suv bilan birikib hosil qiladigan birikmasi asoslarga ham kislotalarga ham mos keladigan oksidlarga amfoter oksidlar deyiladi. (“amfoter”- ikkilamchi).
Masalan:
H3AlO3 Al2O3 Al(OH)3 alyuminat amfoter amfoter kislotasi oksid asos
Amfoter oksidlarning hammasi suv bilan ta’sirlashmaydi, shuning uchun undan olinadigan kislota yoki asos faqat bilvosita usulda amalga oshiriladi.
Masalan
ZnO + H2O→↓(oddiy sharoitda)
ZnO + 2HCl = ZnCl2 + H2O
ZnCl2+2NaOH=Zn(OH)2+2NaCl
Oksidlarning umumiy formulasi: R2On (R2O, RO, ROn) ko’rinishida bo’ladi bu yerda 2 kislorod valentligi, R – istalgan kimyoviy element.
Oksidlarning nomlanishi “Oksid” so’zi kislorodning lotincha – oksigenium nomidan kelib chiqadi, undagi “oks” o’zagiga “id” qo’shimchasi qo’shilgan. Oksidlarni nomlashda “oksid” so’ziga, ayni oksidni hosil qiluvchi kimyoviy elementning nomi qo’shiladi. Masalan: K2O – kaliy oksidi, dikaliy oksidi; CaO – kalsiy oksidi, kalsiy monooksidi.
Agar element o’zgaruvchan valentlikka ega bo’lsa va bir qancha oksidlar hosil qilsa, element nomidan keyin qavs ichida Rim raqamlari bilan elementning valentligi ko’rsatiladi.
Masalan: P2O3 – fosfor(III) oksidi, difosfor trioksidi,
P2O5- fosfor(V) oksidi, difosfor pentaoksidi, FeO – temir(II) oksidi, temir monooksidi, Fe2O3 – temir(III) oksidi, ditemir trioksidi.
Davriy tizimdagi hamma elementlarning turli hil oksidlari ma’lum (He, Ne, Ar bundan mustasno). Shuni esda tutish lozimki, kislotali oksidlarga tegishli kislotalardan suv molekulalarini tortib olingan mahsulotlar deb qarash mumkin, shu sababli ularni tegishli kislotalarning angidridlari deyiladi (“an” – tortib olingan, “gidro” - suv).
Masalan: 2H3BO3 t0B2O3 + 3H2O borat angidrid
2H3PO4 t0↦P2O5 + 3H2O fosfat angidrid
Ammo hamma kislotalardan ham suvni tortib olib bo’lmaydi, ya’ni
angidridlarni hamma vaqt ham olib bo’lmaydi:
H2SO4 t0↦ X.
H3PO3 t0 X.
Ko’pchilik metallar har hil oksidlanish darajasiga ega bo’lgan oksid hosil qiladi.
Masalan: Co3O4↔ CoО + Co 32+ O3- kobalt uch tetraoksidi Mn3O4↔ MnO + Mn2O3 yoki 2MnO*MnO2 – marganes uch tetraoksidi

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling