Anorganik birikmalarning asosiy sinflari arxiv uz
Belgilari Sinflanish bo’yicha nomlanishi
Anorganik birikmalarning asosiy sinflari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 Kislota- asos nazariyasi
Belgilari
|
Sinflanish bo’yicha nomlanishi | |
Misollar | ||
Tarkibi bo’yicha |
Kislorodsiz kislotalar |
HF, HCl, HBr, HI, H2S, H2Se, H2Te, HCN,… |
Kislorodli kislotalar (oksikislotalar) |
HNO2, HNO3, H2SO3, H2SO4, H2CO3, H3PO4, HClO3,HClO4, 2CrO4… | |
Negiziga ko’ra |
Bir negizli (H=1, mustasno holat H3PO2) |
HNO2, HNO3, HCl, HBr, HI, HClO4,HCN, MnO4,… |
Ikki negizli (H=2, mustasno holat H3PO3) |
H2SO4, H2CO3, H2SiO3, H2SO3,H2SeO3, 2MnO4, H2CrO4, H2Cr2O7…. | |
Ko’p negizli |
H3PO4, H3BO3…. - uch negizli H4P2O7 - to’rt negizli | |
0.1m suvdagi eritmalaridagi dissotsiatsiya darajasi (α) qiymati bo’yicha |
α > 33% kuchli |
HI, HBr, HCl, H2SO4, HNO3, HClO4,.. |
3% <α> 33% oralig’ida o’rtacha kuchli |
H2SO3, H3PO4, CH2ClCOOH,HNO2, … | |
α < 3% kuchsiz |
H2CO3, H2S, HAlO2, H2ZnO2 ... |
Agar kislorodsiz kislota suvda erimagan gaz holida bo’lsa, vodorod so’zidan keyin kislota hosil qiluvchi element nomiga “-id” suffiksi qo’shiladi.
Masalan: HF(gaz)-vodorod ftorid;
HCl(gaz)-vodorod xlorid;
HBr(gaz)-vodorod bromid;
HI(gaz)-vodorod iodid;
H2S(gaz)-vodorod sulfid;
H2Se(gaz)-vodorod selenid va hokazo.
Agar bu gaz holidagi kislotalar suvda eritilib ularning eritmasi olinsa ularni nomlashda dastlab kislota hosil qiluvchi element nomiga –“id” suffiksi qo’shiladi keyin esa kislota so’zi yoziladi.
Masalan: HF-ftorid kislota;
HCl-xlorid kislota;
H2S-sulfid kislota; H2Se-selenid kislota.
Kislorodli kislotalarni nomlashda kislota hosil qiluvchi element nomiga uning oksidlanish darajasiga mos ravishda –it, -at, -gipo, per- qo’shimchalari qo’shiladi (-it kislorod kamligini, -at va per- kislorod ko’pligini bildiradi).
Masalan: HNO2-nitrit kislota;
HNO3-nitrat kislota; H2SO3-sulfit kislota; H2SO4-sulfat kislota.
-at va per- qo’shimchalari kislota hosil qiluvchi elementni yuqori oksidlanish darajasida ekanligini bildiradi.
Masalan:
+1 +3 +5 +7
HClO, HClO2, HClO3, HClO4
Gipoxlorit, Xlorit Xlorat Perxlorat
Agar kislota hosil qiluvchi element bir hil oksidlanish darajasida bir nechta kislota hosil qilsa: meta-, piro (yoki di-), orto- old qo’shimchalari qo’shiladi.
Masalan:
+5
HP O3 -metafosfat kislota;
H4 P+5 2O7 - pirofosfat kislota (yoki difosfat);
H3 P+5 O4 - orto fosfat kislota.
Xalqaro nomenklatura bo’yicha dastlab “vodorod” so’zi, undan keyin kislorod atomlari sonini ko’rsatuvchi «grekcha» sonlar bilan okso – old qo’shimchasi keyin esa kislota hosil qiluvchi element nomiga -at suffiksi qo’shib yoziladi va oxirida elementni oksidlanish darajasi rim raqamida qavs ichida ko’rsatiladi.
Masalan:
HNO2 – vodorod dioksonitrat
HNO3 – vodorod trioksonitrat
HPO3 – vodorod trioksofosfat
H3PO4 – vodorod tetraoksofosfat
HClO4 – vodorod tetraoksoxlorat H2S2O7– vodorod geptaoksodisulfat Kislotalarning olinish usullari.
1. Kislorodsiz kislotalar to’g’ridan-to’g’ri vodorod bilan metallmaslarni ta’sir ettirib olinadi:
H2+Cl2=2HCl(gaz)
H2+S=H2S(gaz)
H2+Se=H2Se(gaz)
Gaz holidagi HCl, H2S, H2Se, H2Te larni suvda eritib kislotalarning eritmalari olinadi. HBr va HI lar PBr3 va PI3 larni gidroliz qilib olinadi:
PBr3+3H2O=H3PO3+3HBr
PI3+3H2O=H3PO3+3HI
Laboratoriyada HCI olishni eng qulay usuli quruq osh tuziga kontsentrlangan sul’fat kislota ta’sir ettirishdir:
NaCI(q) + H2SO4 = NaHSO4 + HCI↑ odatdagi sharoitda
NaCI + NaHSO4 = Na2SO4 + HCI↑ qizdirilganda
2NaCI(q) + H2SO4 = Na2SO4 + 2HCI↑
Sanoatda HF olishni yagona usuli CaF2 ga H2SO4ta’sir ettirib olishdir:
CaF2(q)+H2SO4=CaSO4 + 2HF↑
Oksikislotalar–kislotali oksidlarni suv bilan ta’sir ettirib olinadi:
SO2+H2O=H2SO3
SO3+H2O=H2SO4
P2O5+H2O=2HPO3 metafosfat kislota
P2O5+2H2O=H4P2O7 difosfat kislota
P2O5+3H2O=2H3PO4 fosfat kislota
N2O5+H2O=2HNO3
Ayrim oddiy moddalarni (metallmaslarni) kontsentrlangan nitrat kislota bilan oksidlab olinadi.
Masalan: 2HNO3+S=H2SO4+2NO↑
5HNO3+3P+ 2H2O =3H3PO4+5NO↑
Laboratoriyada ko’pchilik kislorodsiz va kislorodli kislotalar ularning tuzlariga kontsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:
NaNO3 + H2SO4(konts) = NaHSO4 + HNO3
Ca3(PO4)2 + 3H2SO4 = 3CaSO4↓ + 2H3PO4
FeS + 2HCl = FeCl2 + H2S↑
Karbonat kislota juda kuchsiz kislota bo’lganligi uchun CO2 holida olinadi, saqlanadi va tashiladi.
CaCO3 = CaO+CO2↑
CaCO3+2HCl=CaCl2+H2O+CO2
CO2 - suvdagi eritmasida muvozanat kuchli darajada chapga siljigan:
CO2+H2O ↔H2CO3
Shu sababli H2CO3 erkin holda mavjud bo’la olmaydi, natijada hamma vaqt CO2 eritmasi deyiladi. Nitrat kislotasini sanoatda olishning yagona usuli ammiakdan olishdir:
N2 + 3H2 = 2NH3
4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O
2NO + O2 = 2NO2
4NO2 + O2 + 2H2O = 4HNO3
Kimyo sanoatida eng ko’p ishlatiladigan kislota sulfat kislotadir.
Shuning uchun sulfat kislota kimyo sanoatining noni deb ham ataladi.
Sanoatda sul’fat kislotasi quyidagicha olinadi:
4FeS2 + 4O2 = 2Fe2O3 + 8SO2↑
SO2 ni oltingugurtni yoqib ham olish mumkin (S – ko’p bo’lsa).
2SO2 + O2 = 2SO3 SO3 + H2SO4 = H2S2O7
oleum
H2S2O7 + H2O = 2H2SO4 Kislotalarning xossalari
Kislotalarning suvdagi eritmalari nordon mazaliу (H+ ionlariga hisobiga), indikatorlar rangini o’zgartiradi: lakmus qizaradi, metiloranj- pushti rangga kiradi.
Kislotalar eritmalarda dissotsiyalanadi: -bir negizli kislotalar bir bosqichda:
HNO3→H+ + NO 3-
HCl → H+ + Cl-
Bunda kuchli kislotalar qaytmas dissotsiyalanadilar. Kuchsiz yoki o’rtacha kuchdagi kislotalar qaytar dissotsiyalanadilar:
-
HNO2 ↔ H+ + NO 2
CH3COOH ↔ CH3COO- + H+
Ko’p negizli kislotalar bosqichli dissotsiyalanadi va bosqichlar soni kislotadagi vodorod atomlari soniga teng bo’ladi:
H2SO4 ↔ H+ + HSO-4
HSO-4 ↔ H+ + SO 24-
I. H3PO4 ↔ H+ + H2PO-4 II. H2PO-4 ↔H+ + HPO 24-
III. HPO 24- ↔ H+ + PO 34-
Metallarning kuchlanish qatorida vodoroddan chapda turgan metallar kislotalar bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi va vodorod ajralib chiqadi:
Mg + 2HCl = MgCl2 + H2↑
Zn+H2SO4=ZnSO4+H2↑
Metallarning kuchlanish qatorida vodoroddan chapda va o’ngda joylashgan metallar oksidlovchi kislotalar (HNO3 har qanday kontsentratsiyada va konts. H2SO4) bilan reaksiya kirishadi, tuz, suv va kislota hosil qiluvchi elementning qaytarilishi sodir bo’ladi:
3Zn + 8HNO3 = 3Zn(NO3)2 + 2NO↑ + 4H2O Cu + 4HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O
Zn + 2H2SO4 = ZnSO4 + SO2↑ + 2H2O
Kislotalar asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi:
CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O
ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O
Kislotalar asoslar (ishqorlar va amfoter) bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi. Bunday reaksiyalarga neytrallanish reaksiyalari deyiladi.
Ca(OH)2 + 2HCI = CaCI2 + 2H2O
Cu(OH)2 + 2HNO3 = Cu(NO3)2 + 2H2O
2Al(OH)3 + 3H2SO4 =Al2(SO4)3 + 3H2O Agar kislota ko’p negizli bo’lsa, nordon tuz hosil bo’ladi.
KOH + H3PO4 = KH2PO4 + H2O
2KOH + H3PO4 = K2HPO4 + 2H2O
Agar aksincha ko’p kislotali asos bo’lsa va kislota kam bo’lsa neytrallanish reaksiyasida asosli tuz hosil bo’ladi:
AI(OH)3 + HNO3 = AI(OH)2NO3 + H2O
AI(OH)3 + 2HCI = AI(OH)Cl2 + 2H2O
Kislotalar tuzlar bilan ham reaksiyaga kirishadilar, yangi tuz, yangi kislota hosil bo’ladi.
CuCI2 + H2SO4 = CuSO4 + 2HCI↑
Na2SiO3 + 2HCI = 2NaCI + H2SiO3↓
Kuchli oksidlovchi xossaga ega bo’lgan HNO3 va kontsentrlangan H2SO4 metallmaslar bilan ham reaksiyaga kirishadilar:
2H2O + 5HNO3 + 3P = 3H3PO4 + 5NO↑ yoki
5HNO3 + P = H3PO4 + H2O + 5NO2↑
2H2SO4 + C = 2SO2↑ + CO2↑ + 2H2O
2HBr + CI2 = 2HCI + Br2
2HI + Br2 = 2HBr + I2↓
2H2S + O2 = 2S↓ + 2H2O
2H2S + 3O2 = 2H2O + 2SO2↑
Qizdirilganda ko’pchilik kislotalar parchalanadilar:
2H3PO4 → H2O + H4P2O7 H4P2O7 → 2HPO3 + H2O
2HPO3 → P2O5 + H2O
H2SiO3 → SiO2↓ + H2O
4HNO3 → 2H2O + 4NO2↑ + O2↑
4 Kislota- asos nazariyasi
Birikmalarning kislota va asos xosslarini baholashda ikkita nazariya: Brensted va Lyuis nazariyalari mavjud. Ular bir- biriga zid emas, faqat turli maqsadlarda ishlatiladi.
Brensted (Bronsted)ning protolitik nazariyasiga ko’ra birikmalarning kislotalik va asoslik xossalari quyidagicha bog’langan:
Kislota H+ + Asos
Ushbu nazariyaga ko’ra proton berishi mumkin bo’lgan (H+ proton donorlari) neytral molekula yoki ionlar Brensted kislotalar (protonli kislotalar) deyiladi. Protonni biriktirishi mumkin bo’lgan (H+ akseptorlari) neytral molekula va ionlar esa Brensted asoslari deyiladi.
Birikimalarning kislota va asos xossalari o’zgarmas tushunchalar emas, balki nisbiy tushunchalar bo’lib, sharoitiga qarab o’zgarishi mumkin. Kislota xossasi asos ishtirokida aniqlanadi; asoslik xossasi ham kislota ishtirokida aniqlanadi. Kislota- asos muvozanatlarini o’rganishda erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Suvni kislota yoki asos sifatida qarab birikmalarning kislota va asos xossalari ham aniqlanadi.
Kuchsiz elektrolit uchun kislotalik quyidagi muvozanat doimiysining (Km) qiymati bilan miqdoriy jihatdan aniqlanadi:
Suvning konsentratsiyasi amalda o’zgarmas bo’lganligi sababli kislotalik doimiysi (Ka) deb ataladigan K·[H2O] ko’paytmani aniqlash mumkin. Ka qiymati qanchalik katta bo’lsa, kislota shunchalik kuchli bo’ladi. Bu qiymatlar juda kichikligi sababli, qulay bo’lishi uchun uning manfiy logarifimi- kislota ko’rsatgichi ishlatiladi: -lg Ka= pKa. Bu holda pKa qanchalik kichik bo’lsa, kislota shunchalik kuchli bo’ladi.
Lyuis nazariyasiga ko’ra bog’ hosil bo’lishida elektron juftni qabul qiluvchi elektronga taqchil modda, ya’ni elektron juft akseptori-kislota
(Lyuis kislotasi); elektron juftini beruvchi elektronga boy modda, ya’ni elektron juft donori- asos (Lyuis asosi) hisoblanadi.
Download 0.58 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling