Anorganik birikmalarning asosiy sinflari arxiv uz


Download 0.58 Mb.
bet6/10
Sana08.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1252300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Anorganik birikmalarning asosiy sinflari

Lyuis kislotalari: Neytral molekula va zarrachalar: BF3, BH3, R3B,
AlCl3, FeCl3, ZnCl2, FeBr3, HgCl, HgCl2, SnCl4, SbCl5, Cu2Cl2, RMgX, R4X, va H+, Na+, Ag+, Al3+ va boshqalar.
Bundan tashqari ya’na bitta gipoteza mavjud. Eritmada o’zidan proton va anion chiqaradigan birikmalar kislotalar deyiladi, eritmada o’zidan OH- ionlarini va kation chiqaradigan birikmalar asoslar hisoblanadi.
5. Tuzlar, ularning sinflanishi va xossalari. Tuzlarning gidrolizi

Tuzlar – kislotalardagi vodorod atomlariga metall atomlari bilan almashinishidan hosil bo’lgan murakkab moddalardir.
Tuzlarning umumiy formulasi: MemKq(n)
Bu yerda m – kislota qoldig’i anioni – zaryadi, n – metall kationi zaryadi.
Tuzlar – suvdagi eritmalarida (yoki suyuqlanmalarida) erkin musbat zaryadlangan metall ionlariga va manfiy zaryadlangan kislota qoldig’i anionlariga dissotsiyalanadigan kimyoviy birikmalardir (Arrenius ta’rifi). Tuzlar tarkibiga qarab 5 turga sinflanadi.

O’rta tuz (normal)

Nordon tuzlar

Asosli tuzlar va
Oksi tuzlar

Qo’sh tuzlar

Kompleks tuzlar

Misol:
Na3PO4
Na2SO4

KHS
Cu(H2PO4)2
Al2(HPO4)3
NaHSO4
Ca(H2PO4)2

Al(OH)Cl2
Al(OH)2NO3 BiOCl
AlO(NO3)

KAl(SO4)2 NH4Fe(SO4)2

K4[Fe(CN)6]
K3[Fe(CN)6]

O’rta (normal) tuzlar – kislotadagi vodorod atomlariga to’liq metall atomlari almashishidan hosil bo’ladi:
2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O
3NaOH + H3PO4 = Na3PO4 + 3H2O
Agar vodorod atomlari, metall atomlari bilan qisman almashgan bo’lsa, nordon tuz hosil bo’ladi:
KOH + H2SO4 = KHSO4 + H2O Ca(OH)2 + 2H3PO4 = Ca(H2PO4)2+ 2H2O Demak, ko’p negizli kislotalargina nordon tuzlarni hosil qiladi. Asosli tuzlarni faqat ko’p kislotali asoslar hosil qiladi:
Al(OH)3 + 2HCI = Al(OH)CI2 + 2H2O
Mg(OH)2 + HNO3 = Mg(OH)NO3 + H2O
Bi2O3, Al2O3, Fe2O3 . . . ko’p kislorodli asosli oksidlar kislotalar bilan (kislota kam bo’lganda) ta’sirlashganda oksi tuzlar hosil bo’ladi:
Al2O3 + 2HCI = 2AIOCI + H2O
kam
Bi2O3 + 2HCI = 2BiOCI + H2O
kam
AI2O3 + 2HNO3 = 2AIO(NO3) + H2O
kam
Qo’sh tuzlar – ko’p negizli kislotalarga ikkita har hil asoslar ta’sir ettirilganda hosil bo’ladi:
2H2SO4 + KOH + AI(OH)3 = KAI(SO4)2 + 4H2O
H3PO4 + NH4OH + Ca(OH)2 = NH4CaPO4 + 3H2O
Kompleks tuzlar – ikkita har hil tuzlar yoki ishqorlar bilan amfoter asoslar ta’sirlashganda yoki boshqa usullar bilan hosil bo’ladigan tuzlarga kompleks tuzlar deyiladi:
4KCN + Fe(CN)2 = K4[Fe(CN)6]
Sariq qon tuzi
3KCN + Fe(CN)3 = K3[Fe(CN)6]
qizil qon tuzi
NaOH + Al(OH)3 = Na[Al(OH)4]
kam gidroksokomplekslar
3NaOH + Al(OH)3 = Na3[Al(OH)6]
mo’l
Ag2O+4NH3+H2O= 2[Ag(NH3)2]OH
Kompleks (koordinatsion) birikmalar anorganik birikmalarning maxsus sinfini tashkil etadi. Ularga kompleks yoki koordinatsion birikmalar deyiladi. Kompleks birikmalarda ichki koordinatsion sfera yoki tashqi sferalar bo’ladi. Ayrim komplekslar faqat ichki sferadan iborat bo’ladi, ular kompleks noelektrolitlar deyiladi: [Ag(NH3)CI],
[Pt(NH3)2CI2],. . ., ular suvda eriganda ionlar hosil bo’lmaydi, molekulyar erish hosil bo’ladi.
Kompleks kationlar dissotsiyalanganda musbat zaryadlangan kompleks kationiga, kompleks anionlar esa dissotsiyalanganda manfiy zaryadlangan kompleks anionlarga dissotsiyalanadi.
Masalan:
[Pt(NH3)4]CI2 [Pt(NH3)4]2+ + 2CI-

K4[Fe(CN)6] 4K+ + [Fe(CN)6]4-
Kompleks kation yoki kompleks anionga kompleks birikmaning ichki sferasi deyiladi. Ichki sferadagi metall ioniga (metall atomiga) markaziy ion yoki kompleks hosil qiluvchi atom deyiladi. Markaziy ion bilan bevosita birikkan ionlarga yoki neytral molekulalarga (ichki sferadagi) ligandlar deyiladi. Ligandlar soni markaziy atomning koordinatsion soni deyiladi.
Kompleks ion bilan qarama–qarshi zaryadlangan ionlar tashqi sferani hosil qiladi. Kompleks birikmalarni yozishda ichki sferani kvadrat qavs ichiga olib yoziladi.
kompleks hosil qiluvchi ligandlar

tashqi sfera ichki sfera koordinatsion son
Tashqi sfera bilan ichki sfera orasida ion bog’lanish, markaziy ion bilan ligandlar orasida donor aktseptor bog’lanish bo’ladi.
Kompleks hosil qiluvchilarga d–metallarning kationlari (ularda tashqi qobig’ida etarlicha bo’sh orbitallar bo’ladi) kiradi. Ligandlarda esa erkin (bo’sh) elektron jufti bo’lganliklari uchun, d–metall ionidagi bo’sh orbitallarida donor aktseptor bog’ hosil qilib koordinatlanadilar.
Anorganik birikmalar orasida eng ko’pi kompleks birikmalar bo’lib, ular hilma – hildir.
Aralash tuzlar bitta asosdan va ikkita har hil kislotadan hosil bo’ladi:
Ca(OH)2 + HCl + HClO = CaCl(ClO) + 2H2O
xlorid gipoxlorit kislota kislota

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling