Anorganik birikmalarning asosiy sinflari arxiv uz
Download 0.58 Mb.
|
Anorganik birikmalarning asosiy sinflari
Oksidlarni olinish usullari:
Oksdlarni laboratoriyada va sanoatda olishning turli hil usullari mavjud. Oksidlarni olishni umumiy usullari ustida qisqacha to’xtalamiz: Oddiy yoki murakkab moddalarning kislorod bilan ta’sirlanishi: a) metallarni kislorod bilan ta’siri: 2Ca + O2 = 2CaO 4Al + 3O2 =2Al2O3 2Fe + O2 = 2FeO (kislorod kam bo’lsa) 4Fe + 3O2 = 2Fe2O3 (kislorod mo’l bo’lsa) b) metallmaslarni kislorod bilan ta’siri: C + O2 = CO2 S + O2 = SO2 4P + 3O2 = 2P2O3 (kislorod kam bo’lsa) 4P + 5O2 = 2P2O5 (kislorod mo’l bo’lsa) v) murakkab moddalarni kislorod bilan ta’siri: 2H2S +3O2 = 2H2O + 2SO2 SiH4 + 2O2 = SiO2 + 2H2O 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O 4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2 ↑ Bu reaksiyalarning hammasida yonish sodir bo’ladi. Organik moddalar kislorodda yonganda aksariyat hollarda suv va karbonat angidrid hosil bo’ladi: CH4 + 2O2↦ CO2 + 2H2O C2H5OH + 3O2↦ 2CO2 + 3H2O Kislorodli birikmalarni qizdirish (parchalash) bilan: - suvda erimaydigan asoslarni qizdirib 2Ag + 4HNO3 (konts) =2AgNO3+2NO2↑+2H2O 2H2SO4 (konts) + S = 3SO2↑ + 2H2O Laboratoriyalarda oksidlarni olish uchun yuqorida ko’rsatilgan barcha usullardan foydalanish mumkin. Esda tutish lozimki, ko’pgina kimyoviy elementlar tabiatda oksidlar yoki ularning turli aralashmalari holida uchraydi. Bularni ma’danlar deyiladi va ulardan sanoatda oksidlarni olishda foydalaniladi. Fe2O3 – qizil temirtosh Fe3O4 – magnittemirtosh MnO2 – pirolyuzit SiO2 – qum, qumtuproq va kvarts qumi Al2O3*2SiO2*2H2O – kaolin . . . Oksidlarning xossalari. Oksidlarning fizikaviy xossalari. Asosli va amfoter oksidlar qattiq kristall moddalar bo’lganliklari uchun yuqori haroratda suyuqlanadilar. Ko’pchilik oksidlar rangli. Masalan: ishqoriy, ishqoriy–er metallarning hamda ZnO va Al2O3 lar oq rangli yoki rangsiz. FeO, CuO, Hg2O – lar qora, Cu2O va HgO – qizil, Fe2O3 va Fe3O4 – qo’ng’ir yoki zang rangida, Cr2O3 – yashil, Sb2O5 va WO3 – sariq va hokazo. Kislotali va indifirent (befarq) oksidlar, aksincha, past suyuqlanish va qaynash haroratga ega va odatdagi sharoitda ularning ko’pchiligi gazlar, SO3, Mn2O7 va Cl2O7 lar suyuqlik, N2O5, P2O3, P2O5, ClO3 kabilar qattiq, ularning ranglari turlicha (masalan N2O3 – to’q ko’k, ClO3 – to’q qizil, Mn2O7 – to’q binafsha, NO2 - qo’ng’ir) ular yoqimli, yoqimsiz yoki o’tkir hidli, zaharli ham bo’ladi (SO2, Р2O5). Kislotali va befarq oksidlarning aksariyat qismlari kristallanib molekulyar kristall panjara hosil qiladilar (past haroratda), SiO2 – bundan mustasno bo’lib, u atom kristall panjaraga ega. Oksidlarning kimyoviy xossalari. Oksidlarning kimyoviy xossalari ularning suvga, kislotalarga, ishqorlarga, tuzlarga, bir – birlariga, metallar va metallmaslarga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi. Suvga bo’lgan munosabatlari. Asosli oksidlardan faqat ishqoriy, ishqoriy – er metallarining oksidlari suv bilan ta’sirlashib ishqorlar hosil qiladilar: Na2O + H2O = 2NaOH BaO + H2O = Ba(OH)2 Qolgan metallarning oksidlari va amfoter oksidlar suv bilan ta’sirlashmaydilar. Ko’pchilik kislotali oksidlar suv bilan ta’sirlashib kislotalar hosil qiladilar: N2O5 + H2O = 2HNO3 SO3 + H2O = H2SO4 P2O5 + 3H2O = 2H3PO4 I2O7 + H2O = 2HIO4 Bular qaytmas reaksiyalardir, ammo CO2, SO2 lar suv bilan qaytar reaksiya bilan ta’sirlashadilar: CO2 + H2O ↔ H2CO3 SO2 + H2O ↔ H2SO3 SiO2 suv bilan ta’sirlashmaydi. ClO2, NO2 lar suv bilan ta’sirlashib, ikki hil kislota hosil qiladilar: ClO2 + H2O = HClO3 + HClO2 2NO2 + H2O = HNO3 + HNO2 Ushbu reaksiyalarda disproportsiolanish reaksiyalari sodir bo’ladi. Kislotalarga bo’lgan munosabatlari: Asosli va amfoter oksidlar kislotalar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladilar: Li2O + HCl = 2LiCl + H2O CaO + 2HNO3 = Ca(NO3)2+ H2O Al2O3 + 3H2SO4 = Al2(SO4)3+ 3H2O E’tibor berish lozimki agar reaksiya uchun mo’l ko’p negizli kislota olinsa nordon tuz: CaO + 2H3 PO4 = Ca(H2PO4)2+ H2O yoki Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling