Anorganik birikmalarning asosiy sinflari arxiv uz
Download 0.58 Mb.
|
Anorganik birikmalarning asosiy sinflari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 Asoslar, ularning turlari, nomlanishi, olinish usullari va xossalari
mo’l
CaO + H3 PO4 = CaHPO4+ H2O mo’l aksincha oksid mo’l bo’lsa asosli tuz hosil bo’ladi: Al2O3 + 4HCI = 2AI(OH)CI2 + H2O mo’l Qo’sh oksidlar ikkita tuz hosil qiladilar: Mn3O4 + 8HNO3 = 2Mn(NO3)2 + Mn(NO3)4 + 4H2O Kislotali oksidlarning kislotalar bilan ta’sirlanishlari kam mos: SiO2 + 4HF = SiF4 ↑ + 2H2O 2HNO3 + P2O5 = N2O5 + 2HPO3 Asoslarga bo’lgan munosabatlari: Kislotali oksidlar odatdagi sharoitda ishqorlar bilan birikib tuz va suv hosil qiladilar: SO3 + 2KOH = K2SO4 + H2O P2O5 + 3Ca(OH)2 = Ca3(PO4)2 + 3H2O CO2 + 2KOH = K2CO3 + H2O Asoslar bilan suyuqlantirilganda ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladilar: SiO2 + Ca(OH)2 =t0 CaSiO3 + H2O SiO2 + Zn(OH)2 =t0 ZnSiO3 + H2O Agar oksid ko’p negizli kislota angidridi bo’lsa va oksid mo’l bo’lganda nordon tuz hosil bo’lishi mumkin. Bunda suv molekulasi ham yutilishi yoki chiqishi mumkin: KOH + CO2 = KHCO3 mo’l 2Ca(OH)2 + P2O5 = 2CaHPO4 + H2O Ca(OH)2 + P2O5 + H2O= Ca(H2PO4)2 Ishqoriy va ishqoriy – er metallarining oksidlari suyuqlantirilganda amfoter oksidlar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladilar: Li2O + 2Al(OH)3 =t0 2LiAlO2 + 3H2O Na2O + Sn(OH)2 =t0 Na2SnO2 + H2O BaO + 2Al(OH)3 =t 0 Ba(AlO2)2+ 3H2O Amfoter oksidlar faqat ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib kompleks tuzlar yoki o’rta tuzlar hosil bo’ladi: 2KOH + ZnO + H2O = K2[Zn(OH)4] 2NaOH(Q) + SnO =t0 Na2SnO2 + H2O Tuzlarga bo’lgan munosabatlari. Oksidlar tuzlarbilan juda kam ta’sirlashadi va faqat suyuqlantirilganda reaksiyaga kirishadi: Na2CO3 + SnO =t0 Na2SnO2 + CO2 Na2CO3 + CaCO3 + 6SiO2 =t0 Na2SiO3*CaSiO3*4SiO2 + 2CO2 ↑ shisha Na2CO3 + SiO2 =t0 Na2SiO3 + CO2↑ eruvchan shisha Faqat asosli oksidlar bilan kislotali oksidlar yaxshi ta’sirlashadilar va tuzlar hosil bo’ladi: Na2O + SO3 = Na2SO4 CaO + CO2 = CaCO3 Amfoter oksidlar asosli oksidlar bilan yuqori haroratda yoki suyuqlantirilganda reaksiyaga kirishadi: Na2O + PbO =t0 Na2PbO2 K2O + Al2O3 = 2KAlO2 Metallar bilan oksidlar yuqori haroratda birikadi. Bunda aktivroq metall oksiddan passivroq metallni siqib chiqaradi: Cr2O3 + 2Al=t0 Al2O3 + 2Cr Mg + CuO =t0 MgO + Cu Sanoatda metallar olishni qulay usuli shunga asoslangan bo’lib, metallotermiya deyiladi. Bunda qaytarish uchun qaysi metall olinsa, shu metall nomi bilan yuritiladi (masalan, alyumotermiya va hokazo). Metallmaslar bilan oksidlar orasida boradigan reaksiyalarga ba’zi oksidlanish reaksiyalari kiradi: 2NO + O2 = 2NO2↑ 2NO2 + O3 = N2O5 + O2 ↑ Bu reaksiyalar odatdagi sharoitda boradi. Metallmaslardan vodorod va uglerod ko’pchilik asosli va amfoter oksidlarni qaytaradilar, agar qaytarish to’liq bo’lmasa, metallning quyi oksidi hosil bo’ladi: SnO2 + H2 =t0 SnO + H2O PbO2 + C =t0 PbO + CO↑ Agar qaytarish to’liq bo’lsa, sof holdagi metall hosil bo’ladi: FeO + C =t0 Fe + CO↑ WO3 + 3H2 =t0 W + 3H2O MoO3 + 3H2 =t0 Mo + 3H2O Ushbu usullardan sanoatda metallarni olishda keng foydalaniladi. Qaytarish uchun uglerod ishlatilsa karbotermiya, vodorod ishlatilsa gidridotermiya deyiladi. Kislotali oksidlarni qaytarishda C va H2 dan foydalanish mumkin: 2P2O5 + 5C =t0 4P + 5CO2↑ SiO2 + C = Si + CO2↑ Ko’pchilik metallar va metallmaslarni quyi valentli oksidlari qizdirilganda yuqori valentli oksidlariga o’tadi: 2PbO + O2 =t0 2PbO2 2SnO + O2 =t0 2SnO2 4FeO + O2 =t0 2Fe2O3 2MnO + O2 =t0 2MnO2 P2O3 + O2 =t0 P2O5 2SiO + O2 =t0 2SiO2 Oksidlarni qizdirishga bo’lgan munosabatlari turlichadir. Ishqoriy va ishqoriy – er hamda ko’pgina boshqa metallarning oksidlari juda issiqqa chidamli. Ammo ayrim metall oksidlari (HgO, Ag2O, PtO2, . . .) qizdirilganda to’liq parchalanadi: 2HgO =t0 2Hg + O2 2Ag2O = 4Ag + O2 Ayrim metall oksidlari qizdirilganda kislorod chiqarib quyi oksidlariga o’tadi: 4CrO3 = 2Cr2O3 + 3O2 4MnO2 = 2Mn2O3 + O2 2 Asoslar, ularning turlari, nomlanishi, olinish usullari va xossalariAsosli oksidlarning gidratlari asoslar deb ataladi. Ular tarkibida OH guruh tutgani uchun ko’pincha gidroksidlar deb ataladi. Asoslarning umumiy formulasi: Me(OH) n, Me — metall (yoki metall hususiyatiga ega bo’lgan radikal, masalan, NH+4), n — gidroksidlar soni. Agar metallning valentligi o’zgaruvchan bo’lsa bir necha asos hosil qilishi mumkin. Shunga muvofiq ular nomlanadi. Ayrim asoslarning tuzilishi va nomlanishi quyidagicha: Yuqoridagi umumiy formulaga muvofiq kelmaydigan yagona asos NH4OH — ammoniy gidroksid ma'lum. Uning tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin: Ayrim gidroksidlar xossalariga va ishlatilishiga qarab ham alohida nomlanadi: NH4OH — novshadil spirti KOH — o’yuvchi kaliy, kaliy ishqori Ca(OH)2 — so’ndirilgan ohak Barcha asoslarni suvda eriydigan va suvda erimaydigan asoslarga bo’lish mumkin. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari (Na, K, Ca, Ba va boshqalar) ning gidroksidlari suvda yaxshi eriydi. Ular ishqorlar deb atalib, eritmasi o’ziga xos mazaga ega bo’ladi. Boshqa metallarning gidroksidlari suvda erimaydigan asoslarga kiradi. Asoslarning hammasi qattiq moddalar, faqat ammoniy-gidroksidi suvdagi eritmasidagina mavjud bo’ladi. U ammiakni suvda erishidan hosil bo’ladi. Ishqorlaring suvdagi eritmalari indikatorlar rangini o’zgartiradi (masalan, lakmusni ko’kartiradi). Ularing kontsentrlangan eritmalari tirik organizm to’qimalarini, ayrim buyumlarni yemiradi. Shuning uchun ham ularni о'yuvchi ishqorlar deb ataladi. Olinishi. 1. Suvda eriydigan asoslar ayrim metallar suv bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo’ladi. 2Na+2H2O=2NaOH+H2↑; Ca+2H2O=Ca(OH) 2+Н2 Sanoatda ishqorlar metall tuzlarining suvdagi eritmasini elektroliz qilib olinadi. Masalan, osh tuzining eritmasi elektroliz qilinganda eritmada o’yuvchi natriy hosil bo’ladi. 2.Tegishli metallaring suvda yaxshi eriydigan tuzlariga ishqorlar ta'sir ettirib, suvda erimaydigan asoslar olinadi: CuCl2+2NaOH=↓Cu(OH) 2+2NaCl eritma havorang cho’kma FeSO4+2KOH=↓Fe(OH) 2+K2SO4 eritma och yashil cho’kma Ayrim metallaming oksidlari suv bilan birikkanda asoslar hosil bo 'ladi: K2O+H2O=2KOH; Na2O+H2O=2NaOH; СаО+Н2O=Са(ОН)2; ВаО+Н2O=Ва(ОН) 2. Ammoniy gidroksidi ammiakni suvda eritib olinadi: NH3+H2O=NH4OH Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling