Anorganik birikmalarning asosiy sinflari arxiv uz
Download 0.58 Mb.
|
Anorganik birikmalarning asosiy sinflari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuz + suv → kislota + asos
Tuzlarning kimyoviy xossalari.
Tuzlarning muhim xossalaridan biri ularning suvda eruvchanligidir. Suvda yaxshi eriydi: nitrat kislotaning hamma tuzlari (nitratlar); sirka kislotaning hamma tuzlari (CH3COO)3Al – mustasno); ammoniyning hamma tuzlari; ishqoriy va ishqoriy–yer metallarining ko’pchilik galogenidli tuzlari (LiF, CaF2, SrF2, BaF2, MgF2 - mustasno );ishqoriy metallarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi fosfatlari (Li3PO4 - mustasno); ishqoriy–yer metallarining birlamchi fosfatlari yaxshi, qolganlari yomon yoki erimaydi. Nordon tuzlar tegishli o’rta tuzlarga nisbatan yaxshiroq eriydilar. Ko’pchilik tuzlar suvda eriganda tuzning tarkibiy qismi bilan suvning tarkibiy qismlari orasida almashinish reaksiyalari natijasida gidroliz (tuzning parchalanishi) jarayoni sodir bo’ladi. Tuzlarning kimyoviy xossalaridan ularni kislotalarga, asoslarga, oksidlarga, bir–birlariga, metallarga bo’lgan munosabatlarini tuzlarning olinish usullarida ko’rdik. Boshqa kimyoviy xossalaridan tuzlarni metallmaslarga bo’lgan munosabatlaridir. Bunday reaksiyalar tuzlar uchun kam mos bo’lib, unda almashinish reaksiyalari hosil bo’ladi: 2NaBr + CI2 = 2NaCI + Br2↓ 2KI + Br2 = 2KBr + I2↓ yoki oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari bo’ladi: 2FeCI2 + CI2 = 2FeCI3 SnCI2 + CI2 = SnCI4 4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2 Bunday reaksiyalarda tuz tarkibidagi metalning oksidlanish darajasi ortadi. Bulardan tashqari tuzlar disproportsionirlash reaksiyasiga kirishadilar: Tuzlar gidrolizi. Biror moddaga suv ta’sir ettirilganda shu moddaning tarkibiy qismlari, suvning tarkibiy qismlari bilan birikishiga olib boradigan reaksiyalarga gidroliz deyiladi. Masalan: PI3 + H2O = H3PO4 + 3HI SO2Cl2 + H2O = H2SO4 + 2HCl “Gidro” – suv “lizis” parchalanish demakdir. Gidroliz reaksiyalaridan eng muhim ahamiyatga ega tuzlar gidrolizidir. Tuzning tarkibiy qismi bilan suvning tarkibiy qismi orasida boradigan va suvning muvozanati o’ngga siljiydigan almashinish jarayonlariga tuzlar gidrolizi deyiladi. Kuchsiz asos kationi yoki kuchsiz kislota anionidan hosil bo’lgan tuzlarning eritmalari yo nordon reaksiyani (pH<7) yoki ishqoriy reaksiyani pH>7 ko’rsatadi. Arreniusning ionlanish nazariyasi doirasida bu gidroliz reaksiyasini borishi bilan tushuntiriladi. Umumiy holda gidroliz tuz bilan suv ta’siri sifatida aniqlanadi: Tuz + suv → kislota + asosGidroliz neytrallanish reaksiyasining teskarisidir (aksidir): Demak, tuz ionlari bilan suv o’rtasida bo’ladigan va odatda suvdagi H+ va OH- ionlari kontsentratsiyalarining o’zgarishi bilan boradigan o’zaro ta’sir tuzlar gidrolizi deyiladi. Tuzlarning erituvchi molekulalari bilan o’rin almashinishi solvoliz deyiladi. Agar erituvchi sifatida suv bo’lsa gidroliz deyiladi. Gidrolizning borish hususiyati va imkoniyati tuztabiati, ya’ni tuz hosil bo’lgan kislota va asos tabiatlari aniqlanadi. Gidroliz reaksiyasining bo’lishiga sabab tuz kationi yoki anoni suv molekulasi tarkibidagi H+ yoki OH- ionlari bilan birikib kam dissotsiyalanadigan yoki kam eriydigan birikmalar hosil qilishidir. Bunda suv dissotsiyasi H2O = H+ + OH- bir tomonga siljiydi, natijada reaksiya muhiti o’zgaradi. Kationlararo va anionlararo gidrolizlanish. Toza suv juda kuchsiz elektrolit bo’lishiga qaramasdan uning qisman dissotsiyalanishi natijasida unda hamma vaqt H+ va OH- ionlari bo’ladi (suvning ionli ko’paytmasi mavzusiga qarang). Suvda birorta tuz eritilganda, dastlab tuz molekulalari dissotsiyalanadi, natijada hosil bo’lgan metall kationi va kislota qoldig’i anioni suvdagi H+ va OH- ionlari bilan bog’lanib, kuchsiz elektrolitlar, yo kuchsiz asos, yoki kuchsiz kislota molekulalari hosil bo’ladi. Natijada suvdagi muvozanat H2O = H+ + OH- o’ngga siljiydi. Hosil bo’ladigan kislota yoki asos qanchalik kuchsiz bo’lsa, suv muvozanati shunchalik kuchli o’ngga siljiydi. Agar gidroliz kuchsiz elektrolit tuz tarkibidagi kation hisobiga sodir bo’lsa, gidroliz kationi bo’yicha boradi deyiladi, agar gidroliz kuchsiz elektrolit anioni hisobiga sodir bo’lsa, u holda gidroliz anion bo’yicha boradi deyiladi. Masalan, suvda rux nitrat tuzining gidrolizlanishini ko’raylik: Zn(NO3)2 + 2H+ + 2OH- = Zn(OH)2 + 2H+ + 2NO3- Zn2+ - kationlari OH- anionlari bilan bog’lanib, elektrolit Zn(OH)2 – molekulalarini hosil qiladi, bu eritmadan Zn2+ kationlari va OH- ionlarini chiqarish bilan teng kuchli bo’lib, Le- Shatel’ye printsipi sodir bo’ladi. Natijada muvozanat o’ngga siljiydi va Zn(NO3)2 molekulalarining parchalanishi (gidrolizi) sodir bo’ladi. Demak, Zn(NO3)2 gidrolizining asosiy sababchisi Zn+ kationi bo’lganligi sababli, Zn(NO3)2 – kationi bo’yicha gidrolizlanadi deyiladi. Har qanday gidroliz reaksiyalari 2 hil tenglama bilan ifodalanadi. 1.molekulyar tenglama: Zn(NO3)2 + 2H2O = Zn(OH)2 + 2HNO3 2. ionli tenglama: Zn2+ + 2H2O = Zn(OH)2 + 2H+ Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling