Anorganik birikmalarning asosiy sinflari arxiv uz


Download 0.58 Mb.
bet7/10
Sana08.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1252300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Anorganik birikmalarning asosiy sinflari

Tuzlarning nomlanishi. Tuzlarni nomlashda hozirgi vaqtda asosan Xalqaro nomenklaturadan foydalaniladi. Bu nomenklatura bo’yicha tuzlarning nomlanishi metall nomidan va kislota qoldig’ining lotincha nomidan tuziladi. Bunda kislorodsiz kislotalarning tuzlari nomi „–id“ qo’shimchasi bilan, kislorodli kislotalarning tuzlarida esa, agar kislota hosil qiluvchi element quyi oksidlanish darajasida bo’lsa kislota qoldig’i nomiga „-it“ qo’shimchasi, yuqori oksidlanish darajasida bo’lsa, „-at“ qo’shimchasi qo’shiladi.
Nitrit kislota tuzlariga – nitritlar, nitrat kislota tuzlariga – nitratlar, sul’fit kislota tuzlariga – sul’fitlar, sul’fat kislota tuzlariga – sul’fatlar, karbonat kislota tuzlariga – karbonatlar deyiladi va hokazo.
Masalan:
NaCl – natriy xlorid;
NaBr – natriy bromid;
KNO2 – kaliy nitrit;
Cu(NO3)2mis nitrat;
Agar tuz hosil qiluvchi metall o’zgaruvchan valentlikni namoyon qilsa, tuzlarni nomlashda avval metallning nomi keyin uning valentligi qavs ichida Rim raqami bilan yozilib kislota qoldig’i ko’rsatiladi. FeSO4 – temir (II) sulfat,
Fe2(SO4)3 – temir (III) sulfat.
Nordon tuzlarni nomlashda anion nomiga gidro – old qo’shimchasi qo’shib yoziladi. (bunda vodorod atomlarini soni grekcha di-, tri– old qo’shimchalari ko’rsatiladi):
Ca(H2PO4)2kaltsiy digidrofosfat;
CaHPO4 – kaltsiy gidrofosfat
Asosli tuzlarni nomlashda nordon tuzlarga o’xshash anion nomiga gidrokso - old qo’shimchasi qo’shiladi (bunda OH- ionlarining soni yuqoridagidek hisobga olinadi).
Masalan:
Mg(OH)CI – magniy gidroksoxlorid,
(CuOH)2CO3 – mis gidroksokarbonat (malaxit), Al(OH)2Cl - alyuminiy digidroksoxlorid, Al(OH)Cl2 – alyuminiy gidroksoxlorid.
Qo’sh tuzlarni nomlashda va formulalarini yozishda oksidlanish darajasi yuqoriroq bo’lgan metalldan boshlab yoziladi va shu tartibda nomlanadi.
AlK(SO4)2*12H2O – alyuminiy- kaliy sulfat, ammo an’anaviy bo’lib qolgan usuldan ham foydalanish mumkin:
KAl(SO4)2*12H2O – kaliy alyumosulfat.
Kompleks tuzlarni nomlashda maxsus nomenklaturadan foydalaniladi. Bunda kislota qoldiqlari nomiga “o” harfi qo’shiladi: CI- – xloro, Br- – bromo, NO -2 – nitrito, SO 24- - sulfato, NO 3- – nitrato, CN- - tsiano va hokazo. Agar – suv bo’lsa, akvo, NH3 – ammin, CO – bo’lsa karbonil deyiladi.
Bir hil ligandlar soni – grekcha sonlar bilan ko’rsatiladi:

  1. – di – 4 – tetra –

  2. –tri – 5 – penta – 6 – geksa – . . .

Kompleks hosil qiluvchi markaziy atomning oksidlanish darajasiga qarab uning nomiga quyidagi qo’shimchalar qo’shiladi: +1 – a, +2 – o, +3 –i, +4 – e- .
Masalan: Ag+ - argenta; Cu2+ - kupro; Fe3+ - ferri; Pt4+ - plate.
Agar ichki sfera anion bo’lsa, u holda ligandlar nomlangandan keyin kompleks hosil qiluvchi metall nomiga - at suffiksi qo’shib keyin tashqi sfera nomlanadi:
Kompleks kation
[Co(H2O )3]CI3 – trixlorotriakvo kobalt (III).
Kompleks noelektrolit
Kompleks noelektrolitlarda tashqi sfera bo’lmaydi, ularni nomlashda alfavit bo’yicha kislota qoldiqlari, keyin neytral molekula, keyin esa markaziy ion nomiga qavs ichida uning oksidlanish darajasi (valentligi) qo’yiladi.
Tuzlarni olinish usullari.
Tuzlar asosan quyidagi usullarda olinadi:
Metall va metallmaslar ta’siri bilan:
2Na + Cl2 = 2NaCl Fe + S = FeS Metallarni kislotalarga ta’sir ettirib:
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2
kons
3Cu + 8HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
kons
Kislotalarga asosli (amfoter oksidlar ham) oksidlarni ta’sir ettirib:
H2SO4 + CaO = CaSO4 + H2O
ZnO + 2HCI = ZnCI2 + H2O
Kislotalar bilan asoslarni ta’sir ettirib (neytrallanish reaksiyalari):
NaOH + HNO3 = NaNO3 + H2O
Ca(OH)2 + H2SO4 = CaSO4 + 2H2O
Kislotalar bilan tuzlarni ta’sir ettirib:
BaCI2 + H2SO4 = BaSO4 ↓ + 2HCI ↑
Ca3(PO4)2 + 3H2SO4 = 3CaSO4↓ + 2H3PO4
Ikki hil tuzlarni ta’sir ettirib (bunda reaksiya maxsulotlaridan biri cho’kmada bo’kishi lozim):
NaCI + AgNO3 = AgCI↓ + NaNO3
K2SO4 + BaCI2 = BaSO4 ↓ + 2KCI Asosli va kislotali oksidlar o’zaro ta’sirlashib:
Na2O + SiO2 = Na2SiO3
CaO + CO2 = CaCO3
Ishqorlar bilan kislotali oksidlar o’zaro ta’sirlashib:
Ca(OH)2 + SO2 = CaSO3 ↓ + H2O
2NaOH + SO2 = Na2SO3 + H2O
Metallar bilan tuzlar o’zaro ta’sirlashib, (bunda tuzlar eritmada bo’lishi (erigan) va ta’sir ettirilayotgan metall, tuz tarkibidagi metalga nisbatan kuchlanishlar qatorida chaproqda (aktivroq) joylashgan bo’lishi hamda siqib chiqarilgan metall eritmadagi suv bilan ta’sirlashmasligi zarur).
Fe + CuSO4 = FeSO4 + Cu↓
Cu + Hg(NO3)2 = Cu(NO3)2 + Hg
Ishqorlar bilan suvda eriydigan tuzlar orasidagi reaksiyadan foydalanib, bunda yo tuz cho’kmada bo’ladi (asos olinishi talab etilsa) yo asos cho’kmada bo’ladi (agar tuz olinishi talab etilsa).
Masalan:
CuSO4 + 2NaOH = Na2SO4 + Cu(OH)2
Na2SO4 + Ba(OH)2 = BaSO4↓+ 2NaOH
Sanoatda tuzlar olinishi maxsus usuli ham mavjud bo’lib, bu usulda yo gaz holidagi ammiakni kislotalarga yoki uning suvdagi eritmasini kislotalarga ta’sir ettirib olinadi:
NH3(g) + HNO3 = NH4NO3
NH4OH + HNO3 = NH4NO3 + H2O
NH3(g) + H3PO4 = NH4H2PO4
ammofos
2NH3(g) + H3PO4 = (NH4)2HPO4
diammofos
Bu usullar bilan asosan ammoniy tuzlari olinadi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling