O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “tjb va kt” fakulteti


Download 408.95 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi408.95 Kb.
#1429168
Bog'liq
Zoidjon Xudoyberdiyev Fizika

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

“TJB va KT” fakulteti

“TJICHAB” yo’nalishi

1-kurs K-85-21 –guruh

talabasi : Zoidjon Xudoyberdiyevning

“FIZIKA” fanidan

TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Elektrostatik maydondagi dielektrik

Qabul qildi:______________________

REJA:

  • DIELEKTRIKLAR. ELEKTR MAYDONDAGI DIELEKTRIKLAR.
  • BIR JINSLI VA BIR JINSLI BO’LMAGAN ELEKТR MAYDONLARDAGI DIPOL.
  • DIELEKТRIKNING QUТBLANISHI.

DIELEKTRIKLAR. ELEKTR MAYDONDAGI DIELEKTRIKLAR. Agar elektr maydoniga dielektrik kiritilsa, shu maydonda hamda dielektrikda ko’p o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlar sababini tushunish uchun atom va molekulalarning tarkibida (+) zaryadlangan yadrolar va (-) zaryadlangan elektronlar borligini hisobga olish kerak. Elektronlar atom yoki molekulalar chegaralarida katta tezlik bilan harakat qilib, yadroga nisbatan o’z holatlarini o’zgartirib turadi.

Molekula o’lchamlariga qaraganda katta masofalarda elektronlarning ta’sirini manfiy zaryadlarning og’irlik markazi, deb ataladi. Хuddi shunga o’xshash yadrolar zaryadlarining ta’siri musbat zaryadlar og’irlik markazi deb ataladi. Zaryadlarning og’irlik markazini jismning og’irlik markaziga o’xshab aniqlash mumkin, u vaqtda zaryadlarning massalari ularning zaryadlari bilan almashtiriladi. Demak, (+) va (-) zaryadlar og’irlik markazi radius - vektori quyidagicha aniqlanadi:


q- molekulaning yig’indi (+) va (-) zaryadi.
Molekula neytral bo’lishi uchun tashqi elektr maydon bo’lmaganda (+) va (-) zaryadlar teng.
Agarda zaryadlarning og’irlik markazi siljigan bo’lsa, molekula elektr dipolga o’xshaydi va qutbli molekula deb ataladi.

Qutbli molekula xususiy elektr momenti R ni (1) va (2) formulalardan iborat, bu moment (1-chizmada) quyidagicha aniqlanadi:

-yig’indi molekulaning barcha (+) va (-) zaryadlari bo’yicha olingan kattalik. radius vektor.

Тashqi maydon yo’qligida turli ishorali zaryadlarning og’irlik markazlari xususiy elektr momentiga ega bo’lmaydi va qutbsiz molekula deyiladi. Тashqi eyayektr maydon ta’sirida qutbsiz molekulaning zaryadlari bir-biriga nisbatan siljiydi, bunda (+) zaryadlar maydon tomon, (-) zaryadlar esa maydonga qarshi siljiydi. Natijada molekula elektr momentiga ega bo’ladi.

BIR JINSLI VA BIR JINSLI BO’LMAGAN ELEKТR MAYDONLARDAGI DIPOL. Agar dipolni bir jinsli elektr maydoniga joylashtirilsa, u holda dipolni tashkil qilgan +q va -q zaryadlarga kattaliklari teng, lekin yo’nalishlari qarama-qarshi va kuchlar ta’sir qiladi (2-chizma). Bu kuch yelkasining uzunligi 1 ga teng. Kuchlardan har birining moduli qE ga teng. Dipolga ta’sir qilayotgan juft kuchlar momentining kattaligi:


M=qE*sin = RE sin
R - dipolning elektr momenti. (1) ning vektor ko’rinishi:

(2)da berilgan moment dipolni uning momenti R maydon yo’nalishiga mos ravishda yo’naladigan qilib burishga intiladi. R va Ye vektorlar rasidagi d burilishni orttirish uchun elektr maydonida dipolga ta’sir qilayotgan kuchlarga qarshi quyidagi ishni bajarish kerak:

DIELEKТRIKNING QUТBLANISHI. Тashqi elektr maydon bo’lmasa dielektriklar molekulalarning dipol momentlari har ikkala holda ham nolga teng bo’ladi (qutbsiz va qutbli molekulalar). Тashqi maydon ta’sirida dielektrik qutblanadi. Muayyan nuqtadagi qutblanishni harakterlash uchun kichik hajm V ajratish kerak. Shu hajmdan molekulalar momentlarining yig’indisi ni topish kerak:

(1)dagi R kattalik dielektrikning qutblanish deb ataladi. Istalgan tipdagi dielektriklarda (segno-toelektrikdan tashqari) kuchlanganlik bog’lanishi:

XULOSA

Men o’zimga yuklatilgan ushbu mustaqil ishni tayyorlash mobaynida o’zim uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlardan bilib oldim. Masalan: Agar elektr maydoniga dielektrik kiritilsa, shu maydonda hamda dielektrikda ko’p o’zgarishlar kuzatilar ekan. Zaryadlarning og’irlik markazini jismning og’irlik markaziga o’xshab aniqlash mumkin ekan. Тashqi maydon yo’qligida turli ishorali zaryadlarning og’irlik markazlari xususiy elektr momentiga ega bo’lmaydi ekan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  • Douglas C. Giancoli ,Physics: Principles with ApplicationsPrentice Hall; 6th edition January 17, 2004 USA
  • Raymond A. Serway , John W. Jewett . Physics for Scientists and Engineers with Modern Physics Cengage Learning; 9 edition (January 17, 2013), Brooks/cole 20 Channel Center Street Boston, MA 02210 USA.
  • Abluraxmonov Q.P., Xamidov V.C., Axmedova N.A. Fizika. Darslik, -T: Aloqachi, 2018; 652 b.
  • Abduraxmonov K.P., Egamov O‘. Fizika kursi. Darslik –Toshkent; 2010
  • Sultanov N. Fizika kursi. Darslik, -T: Fan va texnologiya, 2007
  • A.G.Gaibov, O.Ximmatkulov. Fizika. O’quv qo’llanma, -T: Fan va texnologiya, 2019, 518 b

Download 408.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling