Anorganik birikmalarning asosiy sinflari arxiv uz
Download 0.61 Mb.
|
1 2
Bog'liqanorganik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 Asoslar, ularning turlari, nomlanishi, olinish usullari va xossalari
- Kislotalar, ularning sinflanishi, olinish usullari va xossalari
ANORGANIK BIRIKMANING ENG MUXIM SINFLARI Oksidlarning sinflanishsi, nomlanishi, olinishi va hossalari Hamma moddalar oddiy va murakkab moddalarga bo’linadi. Oddiy moddalar bitta element atomlaridan iborat bo’ladi, murakkab moddalar esa ikki yoki undan ko’p element atomlaridan tuzilgan bo’ladi. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar kiradi. Bularning barchasi murakkab moddalardir. Oksidlar – ikki elementning biri kislorod bo’lgan murakkab moddalarga aytiladi. Oksidlar ikkiga bo’linadi tuz hosil qiluvchilar –kislotalar va ishqorlar bilan o’zaro ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi; tuz hosil qilmaydigan yoki indefferent (befarq) – tuzlar hosil qilmaydi, kislotalar va ishqorlarga nisbatan befarq. Bu turdagi oksidlar kam: H2O, NO, CO, SiO, N2O, SO …. Tuz hosil qiluvchi oksidlar o’z navbatida asosli, kislotali va amfoter oksidlarga bo’linadi. Suv bilan birikib hosil qilgan birikmalari asoslarga mos keladigan oksidlarga asosli oksidlar deyiladi. Asosli oksidlar kislotalar va kislotali oksidlar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi. Kislotali oksidlar asoslar va asosli oksidlar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi. Amfoter oksidlar kislotalar va kislotali oksidlar bilan hamda asoslar yoki asosli oksidlar bilan ta’sirlashib tuz hosil qiladi. Suv bilan birikib hosil qiladigan gidroksidi asoslarga mos keladigan birikmalarga asosli okidlar deyiladi. Masalan: Na2O + H2O2NaOH asosli oksidasos BaO + H2OBa(OH)2 asosli oksidasos Oksidlarni qizdirishga bo’lgan munosabatlari turlichadir. Ishqoriy va ishqoriy – er hamda ko’pgina boshqa metallarning oksidlari juda issiqqa chidamli. Ammo ayrim metall oksidlari (HgO, Ag2O, PtO2, . . .) qizdirilganda to’liq parchalanadi: 2HgO =t0 2Hg + O2 2Ag2O = 4Ag + O2 Ayrim metall oksidlari qizdirilganda kislorod chiqarib quyi oksidlariga o’tadi: 4CrO3 = 2Cr2O3 + 3O2 4MnO2 = 2Mn2O3 + O2 2 Asoslar, ularning turlari, nomlanishi, olinish usullari va xossalariAsosli oksidlarning gidratlari asoslar deb ataladi. Ular tarkibida OH guruh tutgani uchun ko’pincha gidroksidlar deb ataladi. Asoslarning umumiy formulasi: Me(OH) n, Me — metall (yoki metall hususiyatiga ega bo’lgan radikal, masalan, NH+4), n — gidroksidlar soni. Kislotalar, ularning sinflanishi, olinish usullari va xossalariMetall atomlariga almashina oladigan bitta yoki bir nechta vodorod atomlari va kislota qoldig’idan iborat murakkab moddalarga kislotalar deyiladi. Suvli eritmalarida (yoki suyuqlanmalarida) musbat zaryadlangan vodorod ionlariga va manfiy zaryadlangan kislota qoldiqlariga dissotsiyalanadigan kimyoviy birikmalarga kislotalar deyiladi (Arrenius ta’rifi). Kislotalarning umumiy formulasi: HnKq Bu erda Kq-kislota qoldig’i (anion), n-kislota qoldig’ining zaryadi (valentligi). Kislotalar har hil belgilari bo’yicha sinflanadilar:
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling