Kislota-asosli reaksiyalarning analizda ishlatilishi 1-§. Kislota va asoslar haqida hozirgi zamon tushunchalari


Download 167.43 Kb.
bet1/11
Sana05.11.2023
Hajmi167.43 Kb.
#1748840
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-KISLOTA-ASOSLI reaksiyalarda muvozanat


KISLOTA-ASOSLI REAKSIYALARNING ANALIZDA ISHLATILISHI


5.1-§. Kislota va asoslar haqida hozirgi zamon tushunchalari.
«Kislota» va «asos» haqidagi tushunchalar, kimyoning asosiy masalalaridan biri bo‘lib qolsada, kimyo fanining rivojlanishi jarayonida sezilarli darajada o‘zgardi. Arrenius-Ostvald nazariyasi bo‘yicha kislota elektroneytral modda bo‘lib, suvda eriganda vodorod ioni H+ ni, asos esa OH- - ionini hosil qilish bilan dissotsilanadi
Arreniusning yaratgan nazariyasiga ko‘ra kislatalar deb suvdagi eritmalarida vodorod ionlari va kislota qoldig‘iga ajraladigan birikmalarga aytiladi. Masalan:
HCl =H++Cl-
H2SO4 = 2H+ +SO42-
Kimyoning rivojlanish tarixida kislota va asoslar haqidagi tasavvurlar mukammallashib, to‘ldirilib va aniqlashtirilib borildi. Agar ilgari olimlar asosan suvdagi eritmalar bilan ishlagan bo‘lsalar, hozirgi vaqtda ko‘plab boshqa erituvchilardan foydalanmoqdalarki, ular bizning odatdagi tushunchalarimizni tubdan o‘zgaritirib yubormoqda. Hozirgi vaqtda kislota va asoslarning o‘ziga xos xususiyatlari – kislota va asoslik xossalari faqat suvdagi eritmalardagina emas, balki suvsiz eritmalarda ham mavjud ekanligi isbotlangan va Arrenius-Ostvaldning kislota-asoslar haqidagi tushunchasini ko‘pchilik suvli va suvsiz eritmalarga qo‘llash mumkin bo‘lmasdan qoldi. Masalan, benzinning HC1 li eritmasida hech qanday ionni, shu jumladan, vodorod ionlarini ham topish mumkin bo‘lmadi, ayni eritmadan metallar gazsimon vodorod ajratish bilan erisa, kislota-asosli indikatorlar esa o‘z rangini, kislota ta’sir etilgandek o‘zgaradi, ya’ni vodorod ionlari bo‘lmasa ham eritmalar kislota xossasini namoyon qildi va hokazo. Ba’zi bir birikmalarning suvli eritmalarini qo‘llashda ham Arrenius-Ostvald nazariyasining kamchiligi sezilib koldi. Masalan, kuchsiz kislotalarning tuzlari (Na2CO3, KCN, Na3PO4 va hokazo) suvli eritmada asos xossasini, ko‘p negizli kislotalarning nordon tuzlari ( NaH2PO4, KHSO4 va boshqalar) kislota xossalarini namayon qildi. Ushbu noaniqlikni oydinlashtirish maqsadida turli nazariyalar tavsiya qilingan. Kislota va asoslar haqidagi hozirgi tasavvurlar Ostvald-Arrenius nazariyasi, Brensted-Lourining protolitik nazariyasi, Lyuisning elektron nazariyasi, Usanovich nazariyasi va boshqa nazariyalardan iborat.

Download 167.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling