Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi
Download 1.27 Mb.
|
Elektrotexnika materiallari
Suyuq kristallar. Suyuq kristallar ma’lum darajadagi qovushqoqlik, optik, elektrik va magnit xossalariga ega bo’lgan organik birikmalardir. Bu suyuqliklarning harorat o’zgarishiga sezgirligi yuqori bo’lib, bunda ular o’z rangini o’zgartiradi. Elektronika sohasida suyuq kristallardan yupqa plyonka olish maqsadida foydalaniladi. Ushbu kristall birikmalardan -20250C oralig’ida ishlaydigan indikatorlar ishlab chiqariladi. Suyuq kristallar elektr va magnit maydoni kuchlanganligiga juda ham bog’liq bo’lib, bunda ular o’zining shaffofligini va boshqa optik xossalarini o’zgartiradi. Biror yuzaga surtilgan suyuq kristallda nurning qutblanish tekisligining burilishi, nurning ikki bor sinishi, nur yutilishidagi spektral o’zgarish va boshqa xususiyatlar suyuq kristallarni amalda keng qo’llash imkonini beradi.
Suyuq kristallarning anizotrop xossasi molekulalarning tartiblanish darajasi orqali aniqlanadi: S=(1/2) (3cos2-1). Bunda: - alohida olingan molekula o’qi bilan bir yo’nalishdagi boshqa molekularlarning yo’nalish o’qi orasidagi burchak.106 Suyuq kristallarda 0S1 oralig’ida bo’lib, haroratga bog’liq ravishda o’zgaradi. Harorat ko’tarilganda tartiblanish darajasi nolga intiladi. Suyuq kristallar uchun qayishqoqlik va qovushqoqlik muhim rol o’ynaydi. Bunda qovushqoqlik qiymati oqim tezligi qiymatigagina emas, balki yondosh qatlamdagi molekulaning yo’nalish o’qiga ham bog’liqdir. Suyuq kristallarning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi kichik qiymatni (10-11 Sm/m) tashkil etadi. Bir necha suyuq kristallarni o’zaro aralashtirib, kerakli dielektrik singdiruvchanlikka ega aralashma 106 Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 69-bet. olinadi. Bu aralashma dielektrik anizotropiyasi () bilan ifodalanib, uning qiymati -420 oralig’ida bo’ladi. Suyuq kristallarning elektr-optik xossalari elektr texnikada keng miqyosda qo’llaniladi. Ushbu kristallar asosida yaratilgan asbobda tasvir hamda axborotni qayta ishlash sifati boshqa xuddi shu kabi asbobga nisbatan ancha yuqoridir. Mazkur asboblarda sarflanadigan quvvat (10-9Vt/m2)va ish sharoitidagi kuchlanish qiymati (2-50V) kichik bo’ladi. Suyuq kristallar ma’lumot, axborot beradigan asboblar (elektron soat, kalkulyator, kompyuter va b.) da keng qo’llanilmoqda. Hozirgi paytda elektron trubkalar o’rniga matritsali ekran yaratish ustida qizg’in ish olib borilmoqda. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling