Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi


Download 1.27 Mb.
bet39/65
Sana08.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1695451
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
Elektrotexnika materiallari

Nazorat savollari


  1. Tashqi elektr maydoni ta’sirida dielektriklarning qutblanishini tushuntirib bering?

  2. Ikki nuqtaviy zaryadlar orasidagi mexanik ta’sir kuchi qanday yuz beradi.

  3. Ikki metall qoplama orasiga dielektrik joylashtirilganda kondensator qoplamalari orasidagi erkin zaryadlar qanday aniqlanadi.

  4. Qutbli va qutbsiz dielektriklar.

  5. Dielektrik qutblanishning asosiy turlari.

  6. Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi.

  7. Dielektrik orqali o’tayotgan ichki va yuza tok oqimlari.

  8. Gazlarning elektr o’tkazuvchanligi.

  9. Suyuq dielektriklarda volt-amper harakteristikasini tushuntirib bering.

  10. Qattiq dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi.

  11. Dielektriklarda energiya isrofi.

  12. Dielektriklarning isrof burchagini aniqlash.

  13. Gazsimon, suyuq va qattiq dielektriklardagi isroflar.

  14. Gazlarda razryadlarning yuzaga kelishi.

  15. Suyuq dielektriklarning teshilishi.

  16. Qattiq dielektriklarning teshilishi.

  17. Elektrkimyoviy teshilish.

  18. Dielektrikning namlanishi.

  19. Dielektrikning nam singdiruvchanligi.

  20. Dielektrikning mexanik xossalari.

  21. Dielektrikning fizik xossalari.

  22. Izolyatsiyani namlikdan himoya qilish.

  23. Dielektriklarning issiqlik xossalari.

  24. Gazsimon dielektriklar va ularning qo’llanilish sohasi.

  25. Suyuq holatdagi dielektriklar va ularning qo’llanilish sohasi.

  26. Suyuq sintetik dielektriklar.

  27. Organik dielektriklar.

  28. Anorganik dielektriklar.
      1. Bob.O’tkazgich materiallar


    1. O’tkazgich materiallarining klassifikasiyasi


Elektr toki o’tkazgichlari sifatida qattiq jismlar, suyuqliklar va ma’lum sharoitlarda esa gaz ham qo’llanilishi mumkin. Elektr texnikada qo’llaniladigan aksariyat qattiq o’tkazuvchi materiallarga metall va uning qotishmalari kiradi (3.1- rasm).

      1. b) c)

3.1-rasm. Yuqori elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan o’tkazgich materiallar
Yuqori elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan o’tkazgich materiallarga normal harorat sharoitida solishtirma qarshiligi 0,05 mkOmm bo’lgan metallar kiradi. Normal haroratda solishtirma qarshiligi kamida 0,3 mkOmm bo’lgan qotishmalar yuqori qarshilikka ega qotishmalar deyiladi.120 Yuqori o’tkazuvchanlikka ega metallar sim, tok o’tkazuvchi kabellarda, elektr mashinasi va transformatorlarning chulg’amlarida va boshqa asbob-uskunalarda ishlatiladi. Yuqori qarshilikka ega metall va qotishmalar rezistorlar, elektr isitkich asboblari, cho’g’lanma lampalarning tolalarini tayyorlashda foydalaniladi (3.2-rasm).


  1. b) c)

3.2-rasm. Yuqori elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan o’tkazgich materiallar


120 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 135-bet
O’ta past (kriogen) haroratlarda solishtirma qarshiligi o’ta kichik bo’lgan materiallar – o’ta o’tkazgichlar va krio-o’tkazgichlar alohida ahamiyatga ega.
Suyuq o’tkazgichlarga erigan metallar hamda turli elektrolitlar kiradi.Bunga misol tariqasida suyuqlanish harorati - 39C bo’lgan simobni keltirish mumkin (3.3-rasm).


    1. b)

3.3-rasm. Suyuq o’tkazgichlar
Qattiq va suyuq holatdagi metallardan elektr toki o’tish jarayoni elektr maydoni ta’sirida ozod elektronlarning tartibli haroratiga asoslanadi. Shu sababli, metallar elektronli elektr o’tkazgich yoki birinchi darajali elektr o’tkazgich yoki elektrolitlarga kislota, ishqor va tuzli eritmalar kiradi (3.4-rasm).

3.4-rasm. Qattiq o’tkazgich materiallar
Mazkur moddalardan tok o’tishi, Faradey qonuniga asosan, elektr zaryadlari bilan birgalikda ionlarning siljishi bilan tushuntiriladi. Tok uzluksiz o’tishi jarayonida bunday elektrolit tarkibi asta-sekin o’zgara boradi va elektrodlarda elektroliz mahsulotlari to’plana boradi. Erigan holatdagi ion kristallari ham ikkinchi darajali o’tkazgichlarga kiradi.
Gaz yoki metall bug’i kuchsiz elektr maydonida o’zidan elektr tokini o’tkazmaydi. Agar elektr maydon kuchlanganligi o’zining urilish va fotoionlashish sodir qiladigan keskin qiymatidan o’tsa, gazlar elektronli va ionli elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi (3.5-rasm).

a) b)
3.5-rasm. Qattiq o’tkazgich ion panjarali kristall sistema ko’rinishi
Qattiq o’tkazgich ion panjarali kristall sistema ko’rinishida bo’lib, ichki qismida ozod elektronlar joylashgan deb faraz qilinadi.Odatda, bu elektronlar issiqlik ta’sirida betartib, elektr maydoni ta’sirida esa aniq yo’nalish bo’yicha harakatlanadi. Elektronlar harakat davomida kristall panjara tugunlari bilan to’qnashishi natijasida ajralib chiqadigan energiya o’tkazgichning metall asosiga Joul-Lens qonuni keltirib chiqarilgan, ya’ni metallarda elektr o’tkazuvchanlik va elektr energiya isrofi tushuntirib berilgan. Bundan tashqari, mazkur qonun metallarning elektr va issiqlik o’tkazuvchanliklari orasidagi bog’lanishni ham izohlaydi.121


121 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 285-bet.

    1. Download 1.27 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling