Apparatdagi kuchlanish, kV
|
Moyning elektr mustahkamligi, kV/mm (h = 2,5 mm )
|
Quruq holatda
|
Ekspluatatsiya sharoitida
|
≤.6
|
25
|
20
|
35
|
30
|
25
|
110,220
|
40
|
35
|
≥ 330
|
50
|
45
|
Bu jarayon yorug’lik, quvvatli nur va aktiv katalizatorlar ta’sirida tezlashadi. Eskirish jarayonida transfarmator moyining rangi to’qarib, quyuqlashadi, tgδ qiymati kattalashadi. Filtrlash, regeneratsiya qilish va boshqa usullar orqali transformator moyi eskirishining oldi olinadi.
Neftdan tayyorlanadigan kondensator moyining tozalanish sifati transformator moyiga nisbatan birmuncha yuqori bo’ladi. Kondensator moyining zichligi 866-901 kg/m3, qotish harorati -450C, dielektrik xossalari: er =2,12,3; tgδ
=0,002; Et = 20 MV/m. Qattiq dielektrik hisoblangan qog’ozga kondensator moyi shimdirilsa, u holda mazkur qog’ozning dielektrik xossalari yaxshilanadi. Natijada, uning asosida ishlab chiqarilgan kondensatorning hajmi va massasi, shuningdek
narxi ham kamayadi. Kondensator moyi elektr texnikada kondensator ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Kabel moyi bir necha navda ishlab chiqarilib, uning asosini neft mahsuloti tashkil etadi. Bunday moy shimdirilgan qog’oz o’zidan issiqlikni yaxshi tarqatadi va izolyatsiyaning elektr mustahkamligi ancha ko’tariladi. Kabel moyining ana shu xossalari undan katta quvvatga ega, yuqori kuchlanishli kabel ishlab chiqarishda foydalanish imkonini beradi. Kabel moylarining chaqnash harorati va qovushqoqligining nisbatan yuqoriligi uni boshqa moylardan ajratib turadi. 2.8- jadvalda ba’zi kabel moylarining fizik va kimyoviy xossalari keltirilgan.
2.8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |