Tuproqda suv quyidagi fizik holatda bo‘ladi: bug‘simon, gigroskopik, maksimal parda, kapillyar, gravitatsion. Bug‘simon suv o‘simlik uchun foydasiz, u suyuq gigroskopik holatga o‘tgandan so‘ng singadi


Download 36.45 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi36.45 Kb.
#1483116
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Тупрокда сув куйидаги физик ҳолатда бўлади


Tuproqda suv quyidagi fizik holatda bo‘ladi: bug‘simon, gigroskopik, maksimal parda, kapillyar, gravitatsion. Bug‘simon suv o‘simlik uchun foydasiz, u suyuq gigroskopik holatga o‘tgandan so‘ng singadi. Gigroskopik suv kuchli bosim natijasida tuproq zarralari yuzasiga singadi. Bu suv tuproqni mexanik va organik tarkibi, namlik va issiqlik darajasiga bog‘liq. Yerda qancha chirindi, mayda zarralar ko‘p bo‘lsa, xavo sernam bo‘lsa bu suvni miqdori ortadi. Bu suvni ajratib olish uchun tuproqni 105-1100C qizdirish kerak. Agar nam miqdori maksimal gigroskopik suvdan ikki marta ko‘p bo‘lsa, o‘simliklar so‘liy boshlaydi. Parda suv gigroskopik suvning ko‘payishi natijasida hosil bo‘ladi, zarrachalarga mahkam singan bo‘ladi. Bu suvni o‘simliklarga juda oz miqdorda foydasi tegadi.
Kapillyar suv yer osti suvlaridan yoki yomg‘ir suvlarini yig‘indisidan xosil bo‘lib, tuproqdagi mayda kapillyarlar orqali yer betiga ko‘tariladi, o‘simliklarni suvga bo‘lgan talabini qondirishda yordam beradi. Agar sizot suvlari sho‘r bo‘lsa kapillyarlar orqali ko‘tarilib tuproqni sho‘rlatadi. Ko‘tariluvchi kapillyar suv yer osti suvlari bo‘lib, strukturali yerlarda yaxshi saqlanadi.
Yuqoridan tuproqni pastki katlamiga xarakat qiladigan suv filtratsion yoki gravitatsion suv deb ataladi, bu suvlar o‘simlik tomonidan juda oson singadi. Sug‘orishlardan yoki yog‘ingarchiliklardan so‘ng juda ham ko‘payadi. Agar tuproqni xaydov katlami ostida arzik shoxak kabi qatlamlar yoki "xaydov yostig‘i" paydo bo‘lgan bo‘lsa suvni pastki qatlamga yo‘nalishiga to‘sqinlik qiladi, o‘simlik va mikroorganizmlarga salbiy ta’sir etadi. Tuproqning pastki qatlamlarga suv o‘tkazib turishiga suv o‘tkazuvchanlik deyiladi va u mexanik tarkibga, chirindi miqdori, zichligi va strukturasiga bog‘liq. Yer betidan yoki yerni haydalma qatlamidan suvni bug‘lanishi ham foydali, ham zararlidir. Masalan, yomg‘irdan so‘ng qatqaloq bo‘lsa, kapillyarlar bo‘zilmasa suv bug‘lanib ketib, tuproq nami yetarli bo‘lmay qoladi, aksincha ser chirindi yerlarda kapillyardan ko‘tarilayotgan suvni zarralar to‘sib, u ko‘proq ushlanib qolishiga, bu esa tuproqdagi namni zahira xolda to‘planishiga olib keladi. Tuproq havodagi suv bug‘larini o‘ziga singdirib oladi, yoki gigroskopiklik xususiyati deb ataladi. Quruq tuproq bo‘lmaydi, doimo unda nam bo‘ladi, ser chirindi, strukturali tuproqda nam ko‘proq ushlanib turadi. Masalan, qumli, qumoq tuproqlarda gigroskopik suv 1,06-1,40 foiz bo‘lsa, yengil va o‘rta qumoq, soz tuproqlarda 2,09-3,0-5,40 foiz, og‘ir soz tuproqda 6,54 foiz suv borligi aniqlangan. Demak, tuproqning suv rejimi uning mexanik tarkibi, strukturasi, chirindini miqdori va sho‘r miqdoriga bog‘liq. Maksimal gigroskopik suv ham bo‘lib, uning 1,5-2 ko‘paytirganiga so‘lish namligi deb ataladi.
Tuproqdagi gigroskopik suv asosan uning mexanik tarkibi, sho‘ri va gumus tutishiga bog‘liq. Gumus, sho‘r qancha ko‘p bo‘lsa gigroskopik suv shuncha ko‘p bo‘ladi.
Tuproq g‘ovak bo‘lganidan uning tarkibida havo doimo almashinib turadi. Haroratni ko‘tarilishi tuproqdan xavoni atmosferaga ko‘tarilishiga, pasayishi esa aksincha, kirishiga sabab bo‘ladi. Tuproqni nafas olishi degan ibora ham shundan kelib chiqqan, tuproqqa suv quyilganda chirish jarayonini mahsuli karbonat angidrid gazini ko‘tarilishi, shamolni kuchi kabi xodisalar tuproqni havo rejimiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq xavosi o‘simlik ildizi va nafas olib yashovchi (aerob) organizmlar uchun yashash manbaidir.
Suv bosgan, botqoq va qotib qolgan tuproqlarda havo yetarli bo‘lmaganidan o‘simliklar ildizi sust o‘sadi va mikroorganizmlar rivojlanmaydi, natijada hosildorlik keskin pasayib ketadi. Shuning uchun qatlamlarda havo almashinuvini yaxshilash kerak (kultivatsiya, chopiq). Tuproqning issiqlik xossalari ham mavjuddir, bu asosan quyoshdan kelayotgan nur hisobiga to‘planadi, shuning uchun atmosfera o‘zgarishi, geografik mintaqa va boshqa sabablarga ko‘ra xossalar keskin o‘zgarib turadi. Tuproqdagi mikroorganizmlar, biokimyoviy va mikrobiologik jarayonlar ham issiqlikni manbaidir, ammo hal qiluvchi bo‘la olmaydi. Issiqlikni qora tuproqlar ko‘proq singdiradi, soya-salqinda juda oz miqdorda issiqlik to‘planadi. Ser chirindi tuproq issiqlikni uzoq saqlaydi, bir gramm yoki 1sm3 xajmdagi tuproqni 10C qizdirish uchun ketgan va kalloriya bilan o‘lchanadigan issiqlik miqdori tuproqning issiqlik sig‘imi deyiladi. Boy tuproq, sernam yerlarda bu birlik yuqori bo‘ladi. Go‘ng, torf, kompost biroz issiqlik rejimini yaxshilashga yordam beradi.
Tuproqda juda ko‘p miqdorda turli-tuman ozuqa elementlar bor, bular tuproqni tipiga, xiliga, unumdorligiga qarab o‘zgarishi mumkin. Zaxira moddalar deb nomlanadigan kimyoviy birikmalar bo‘z tuproqlarda bir necha tonnagacha boradi.
Tuproq uch xil qismdan iborat, ya’ni qattiq, suyuk, gazsimon ya’ni xavo rejimi gazsimon birikmalar, suyuq qismi suv va suvda erigan maddalardir. Tuproqning qattiq qismi yuqoridagi ikki qismni o‘zaro munosabatda bo‘lib turishiga sababchi bo‘ladi. Qattiq qismni mexanik tarkib deb nomlanib, turli mineral va tog‘ jinslari, organik moddalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, har xil kattalikdagi zarralardan tashkil topgan. Mexanik tarkib shag‘ol, qum, chang, loyqa kolloid kabi gruppalardan iboratdir. Zarralarni kimyoviy tarkibi karbonat angidrid, silikat, alyuminiy, temir oksidlari, kalsiy, magniy, fosfor va organik moddalardan iboratdir. Mexanik tarkibiga ko‘ra tuproqlar sochilma qum, yopishqoq qum, qumloq, yengil qumoq, o‘rta va ogir qumoq, yengil, o‘rta va og‘ir soz tuproqlar deb nomlanadi. Mexanik tarkibiga ko‘ra tuproqning fizik mexanik, fizik kimyoviy va biokimyoviy xossalari o‘zgaradi. Bularning hammasi oqibatda tuproq unumdorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproqdagi mayda mineral zarralar chirindi va kalsiy karbonat birikmalari ta’sirida bir-biriga yopishib, donador holatga kelishini struktura elementlari deb yuritiladi yoki shakli va kattaligi turlicha bo‘lgan tuproq strukturasi vujudga keladi. Tuproq strukturasi paydo bo‘lishida ko‘p yillik g‘allasimon va dukkakli o‘tlarni ahamiyati kattadir, ularni qoldiqlari chirishi natijasida bir-biriga yopishqoq zarralar hosil bo‘ladi. So‘ngra o‘simlik ildizlari tuproqni pastki qatlamlariga kirib borib, zarralarni qo‘zg‘atadi, zichlayli, donachalar vujudga keladi, g‘ovakchalar ildiz qurigach bo‘shaydi, qayta ekilgan ekinlar ildizi oson kiradi. Tuproq chuvalchanglari ham struktura hosil qiladi, chunki ular Ch.Darvin aytganidek, xar gektarda 30-40 tonna tuproqni o‘z tanalaridan o‘tkazadilar.
Tuproq strukturasi sernam yoki nami ko‘chib ketgach haydalganda, chopilganda, kultivasiya qilinganda, molalashda, boronalashda va boshqa sabablar orqali bo‘ziladi, yerlarga poda (chorva) xaydash, jala, dol kabi tabiiy ofatlar ham strukturani bo‘zilishiga olib keladi. Strukturani tiklash va strukturasiz yerlarni yaxshilash uchun organik o‘g‘itlar solish, almashlab ekish, sun’iy struktura paydo qiluvchi polimer preparatlarni qo‘llash, tuproq yetilganda ishlov berish, traktorlarni yerga kirishni kamaytirish kabi ishlarga e’tibor berishimiz zarur.
Tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini hech qachon ikkinchi darajali qilib qo‘ymasligimiz zarur, aks holda tuproq ishdan chiqib qolsa hosil miqdori kamayadi, sifati yomonlashadi. Unumdorlik juda ko‘p omillarga bog‘liq ekanini yuqorida bayon etilgan fikrlardan ko‘rinib turibdi, shuning uchun tuproqni tirik mavjudot deb qabul qilib, unga zarur bo‘lgan, ozuqa, suv, havo, issiqlik, shuningdek, mikrobiologik, biokimyoviy va kimyoviy jarayonlarni to‘xtovsiz borishini ta’minlaydigan tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak. Umuman tiriklik xususiyatini omili bo‘lgan chirindi miqdorini ko‘paytirish, o‘z vaqtida nam va xavo bilan ta’minlash, mineral o‘g‘itlarni me’yorida berish, almashlab ekish qoidasini bo‘zmaslik kabi vazifalar turibdi, shundagina biz unumdor tuproqlarni vujudga keltirgan bo‘lamiz.

Download 36.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling