Tuproqshunoslik va agrokimyo
Download 1.51 Mb.
|
Tuproqshunoslik uslubiy qo\'llanma.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5411000 – Mevachilik va uzumchilik 5411700 – Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish 5411100 – Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi
- 1 – laboratoriya ishi. Tuproqni analizga taiyorlash. Tuproq tarkibidagi gigroskopik namlik miqdorini aniqlash. Tuproqni analizga tayyorlash.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI Biotexnologiya kaferdrasi “TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO” fanining LABORATORIYA MASHG’ULOTLARINI BAJARISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMA 5411000 – Mevachilik va uzumchilik 5411700 – Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish 5411100 – Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi 5411600 – Sabzavrichilik, polizchilik va kartoshkachilik Namangan-2022 Tuzuvchilar: M.Turg’unov – q/x.f.f.d. (PhD) I.Zahiriddinov– stajyor-o’qituvchi Taqrizchilar: I.Sulaymonov, NamDU, qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent. I.Rustamov, NamDU, biologiya fanlari nomzodi. Kafedra mudiri: t.f.f.d. (PhD) R.Akramboyev Fakultet kengashi raisi: t.f.n. dotsent SH.Ataxanov 1.TUPROQSHUNOSLIK BO’LIMI 1 – laboratoriya ishi. Tuproqni analizga taiyorlash. Tuproq tarkibidagi gigroskopik namlik miqdorini aniqlash. Tuproqni analizga tayyorlash. Tuproqni tarkibiy qismini aniqlash va ayrim xossalarini o’rganishdan oldin u analizga tayyorlanadi. Buning uchun olingan tuproq toza qog’oz ustiga yoyib quritiladi, undagi yirik kesakchalar barmoq bilan ezib maydalanadi, so’ngra undan 500 -1000 g tortib olib, gaz va suv bug’lari bo’lmagan joyda (ochiq joyda qoldirish mumkin emas) saqlanadi. Shu tartibda tayyorlangan tuproq namunasi Yana 2 -3 kun quritiladi, undagi ildizchalar, xar xil qo’shilmalar ajratib olinadi va ularning og’irligi aloxida aniqlanadi. Tuproq yaxshi quriganidan yekyin chini xovonchada yog’ochyoki rezina qalpoqlichinni dastacha yordamida extiyotlik bilan tuyilib, kesakchalar maydalanadi, bunda tuproqdagi mexaniq zarrachalar parchalanib ketmasligi kerak. So’ng undan analiz uchun tuproq olinadi. Buning uchun tuproq brezent yoki faner ustiga yoyilib, undagi tosh, ildizchalar va boshqalar ajratib olinadi, so’ngra yirik kesakchalar qo’l bilan maydalanadi.analizga tuproq namunasini olish uchun brezentdagi tuproq yaxshilab aralashtiriladi vaqo’l yoki lineyka bilan bir tekis qilib yassilanadi.so’ngra ubir necha katakchalarga ajratiladi. Bu katakchalarning xar biridan oz miqdorda tuproq olinib,ularning og’irligi 300 -600 g ga yetkaziladi. Bu tayyorlangan tuproqdan turli analizlar uchun yana o’rtacha namuna olinib, u maxsus elaklardan o’tkaziladi(masalan, tuproq chirindisi uchun 0,25mm li, mexanik analiz uchun 1mm li elakdan o’tkaziladi). Elangan tuproq namunasi og’zi yaxshi berk shisha bankachada saqlanadi. Bunday saqlangan tuproqning tarkibi va boshqa xususiyatlari o’zgarmaydi. Ajratib olingan mexaniq zarralar, ildizchalar va boshqa qo’shilmalarning tuproqqa nisbatan protsent miqdori proportsiya yo’li bilan topiladi. Masalan, analiz uchun olingan 1000 g (100%) tuproqda 15 g mexanik zarra, 5 g ildiz va 1 g qo’shilma bo’lganda, ularning protsenti tubandagicha bo’ladi: 15*100/1000=1,5%; 5*100/1000=0,5%; 1*100/1000=0,1% Tuproq tarkibidagi nitrat birikmalari va ammiyak miqdori aniqlanmoqchi bo’lsa, olingan tuproq qurib qolmasdan, tezda analiz qilinadi. Tuproq quritilsa, undagi ammiyakning bir qismi gaz xolida ajralib chiqishi, qolgan qismi esa oksidlanib nitratga aylanishi mumkin. Strukturasi aniqlanmoqchi bo’lgan tuproq namunasining donadorligi buzilmasligi uchun u maydalanmay analiz qilinadi. Daladan olinib, laboratoriyaga keltirilgan tuproq namunalari havoda quritilgan holatga keltirilishi kerak, chunki aksariyat analizlar ana shu holatdagi quritilgan tuproqda o’tkaziladi. Programmada ko’zda tutilgan barcha analizlarni o’tkazish uchun 1000 g tuproq sarflanadi, shundan 500 gramm tuproqning strukturasi analizi uchun ketadi (tuproqning struktura-agregat tarkibini o’rganish va uning hajmiy massasini aniqlash ishlari odatda yezg’ilanmagan tuproqda o’tkaziladi). Havoda quritilgan va qog’ozga yupqa qilib yoyib qo’yilgan tuproqning bir necha joyidan hammasi bo’lib 200-250 g o’rtacha namuna olinib, hovonchada rezina dastali yezg’ich bilan yezg’ilanadi va hammasi ko’zlari diametri 1 mm bo’lgan yelakdan o’tkaziladi. Agar tuproq toshli bo’lsa, namunaning yelakdan o’tmagan qismini suv bilan yuvish, quritish va tarozida tortib ko’rib tuproq skleti miqdorini aniqlash lozim. Shuningdek bu maydalangan tuproqdan o’rtacha analitik namuna ham olinadi (3-rasm). Yelakdan o’tkazilgan mayda tuproq chuqur nomeri va qatlamning nomi, namuna qanday chuqurlikdan olingani, talabaning familiyasi yozilgan paketchalarga solib qo’yiladi. 3-rasm. O’rtacha analitik namuna olish. Tuproqning qolgan, yezg’ilanmagan qismi esa paketchadagi kabi yozuvlar yozilgan alohida karton quticha yoki xaltachalarga solinadi. Yezg’ilangan tuproqli paketchalar ham o’sha quticha yoki xaltachaga solinadi va laboratoriya analizlari o’tkazish uchun saqlab quyiladi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling