Tuproqshunoslik va agrokimyo


Mexanik elementlarning nomi


Download 1.51 Mb.
bet8/23
Sana14.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1196578
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Tuproqshunoslik uslubiy qo\'llanma.

Mexanik elementlarning nomi

Mexanik elementlarining o’lchamlari, mm

Tosh

>3

SHag’al

3-1

Qum:
Yirik

1-0,5


O’rtacha

0,5-0,25

Mayda

0,25-0,05

CHang:
Yirik

0,05-0,01



O’rtacha

0,01-0,005

Mayda

0,005-0,001

Loyqa:
dag’al

0,001-0,0005



Mayin

0,0005-0,0001

Kalloidlar

<0,0001

Analiz ikki qismdan: 1) tuproqni analizga tayorlash; 2) tuproqni elementlarga ajratish va xar bir fraksiyaning og’irlik miqdorini aniqlashdan iborat.


Tuproqni mexanik analizga tayyorlash
O’zbekistonning karbonatli tuproqlarini analizga tayyorlash uchun tuproqni natriy pirofosfat eritmasi aralashtirilib ezg’ilash usuli qo’llaniladi.
Analizga tayyorlashning mohiyati o’zaro yopishgan mexanik elementlardan tuzilgan tuproq agregatlarini parchalab buzishdan iborat.
Ko’pgina tuproqlarda yopishtiruvchi moddalar vazifasini singdirilgan kal’tsiy o’tgani sababli singdiruvchi kompleksidan kal’tsiyni siqib chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan turli ximoyaviy reaktivlar yordamida tuproqqa ishlov beriladi. Reaktiv sifatida ko’pincha xilorit kislota ishlatiladi. Ammo karbanatlar miqdori 20-30 % ga yetadigan bo’z tuproqlardagi karbonatlar parchalanib ketmasligi uchun, tuproqni mexanik analizga tayyorlashda dispergator sifatida natriy pirofosfat (Na4P2O7) ning 4 % li eritmasidan foydalaniladi.Ish tartibi:1.Ko’zlarining o’lchamlari 1 mm bo’lgan elakdan o’tkazilgan quruq tuproqdan texnik tarozida 20 g tortib olinadi va 10-15 sm diametrli chini kosachaga solinadi.
Stakanchaga natriy pirofosfatning 4 % li eritmasidan 20 ml o’lchab solinadi.
1. Olingan ma’lum miqdordagi tuproq namunasiga natriy pirofosfatning 4 % li eritmasidan xamirsimon loy hosil qilguncha tomchilab aralashtiriladi va extiyotlik bilan, kuch ishlatmasdan rezina uchlikli dasta yordamida 10 minut davomida ezg’ilaniladi.
2. Tuproqli kosachaga pirofosfat natriy eritmasining qolgan qismi qo’yiladi, distillangan suv qo’shiladi va aralashma suspenziya (bo’tana)ga aylanguncha qorishtiriladi.
3. 1 l sig’imli silindirga 10-20 sm diame vornka qo’yilib, voronkaga esa ko’zlarining o’lchami 0,25 mm li elak (to’r) o’rnatiladi.
4.Analiz qlilsh uchun kosachadagi suspenziya ana shu elak orqali silindirga suzib o’tkaziladi. Elakka solingan tuproqning hammasi tsilindirga o’tgunga qadar unga oz-ozdan suv quyib turiladi. Elak ustidagi 0,25 mm qum loy zarralaridan yaxshilab yuvib tozalanadi.
5.Stakancha olinib, og’irligi analitik tarozida aniqlanadi va elakdagi qum yuvg’ich yordamida dastlab kattaroq hajimdagi chini kosachaga, so’ngra esa tortilgan stakanchaga o’tkaziladi.
6.Ana shu nam qum solingan stakancha quritish shkafida yoki plitada suvi batamom bog’lanib ketguniga qadar quritiladi, sovutiladi va analitik tarozida tortilib qumning og’irligi aniqlanadi.
7.TSilindirdagi suspenziyaning hajmi 1 l ga qadarli yetkazilidi va u pipetka usulida analiz qilinadi. Hisoblashda oxirgi fraktsiyaning og’irligidan (<0,001 mm) suspenziyadagi peptizator miqdoriga mos keluvchi tuzatma ayrib tashlanadi (pipetkaning hajmi 25 ml bo’lganda natriy pirofosfatning 4 % li eritmasidan 20 ml qo’shilganda bu tuzatma 0,02 g li tashkil etadi).
8. Hajmi 25 ml li pipetkani ketma-ket tegishli chuqurlikka qadarli botirib to’rtta sinalg’ich namuna olinadi. 16-jadvalda har xil o’lchamli zarralar uchun N.A. Kachinskiy usuli bilan namunalarni olish mudatlari hamda pipetkani suspenziyaga botirish chuqurligi (qattiq qisimning zichligi 2,6 g/sm3 bo’lagan tuproqlar uchun.)
Suspenziya namunalarini olishdan oldin og’iriligi analitik tarozida aniqlangan va belgilangan 4 ta stakancha hozirlanib stakanchalarning nomer iva og’irligi yozib qo’yiladi.
9.Pipetka bilan namunalar olishdan avvl tsilindr tubida yopishgan zarralar qolmagunga qadar suszpenziya aralashtirgich yordamida chayqatilidi. Keyin tsilindr stol ustiga qo’yiladi va jadvalga muvofiq tinishga ketadigan vaqt sekundomer bo’yicha qayd qilib qo’yiladi.
10.Tinish muddati tugashiga 10 sek. qolganda pipetka tsilindrning kerakli chuqurligiga qadarli botiriladi va suspenziya so’rib olinadi. Pipetka tegishli belgiga qadar to’lgach, so’rish to’xtatiladi, pipetkani moslama shtativi bo’ylab ko’tariladi va shlanglardagi havo yo’lini ochib suspenziya belgilab qo’yilgan tegishli stakanga qo’yiladi.
11.Suv bug’lanib ketgunga qadarli stakancha suvli hammomga yoki plitaga qo’yiladi va namuna termostatda 1050da quritiladi, sovutilgach quruq namunali stakanchaning massasi analitik tarozida o’lchab aniqlanadi. Stakanchaning sof og’irligi va sinnalg’ich namuna bilan og’irligi orasidagi farq bita pipetka suspenziyasidagi zarralar og’irligini ifodalaydi.
12.Keyingi sinalg’ich namunalar ham shu tartibda olinadi. Har qaysi namunani olishdan avval tsilindirdagi suspenziya yaxshilab aralashtiriladi. Vaqtni tejash maqsadida, navbatdagi namunani olayotganda suspenziyani chayqatmasdan, bundan oldingi namunalarning tinishiga ketgan vaqtni ham hisobga olish mumkin.
Namuna olingandan so’ng tsilindirga yana qo’shimcha suv quyiladi. Agar namuna noto’g’ri olinsa, suspenziyani yana aralashtirish va yangi namuna olish kerak.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling