Tuproqshunoslik va agrokimyo
Download 1.51 Mb.
|
Tuproqshunoslik uslubiy qo\'llanma.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlashtartibi.
7 -laboratoriya ishi
Tuproq muxiti рН ni aniqlash Maqsad: Tuproq muxitini aniqlashni o’rganish. Tuproq tarkibidagi (Н) va (OН) ionlarining miqdori tkproq suspenziyasidan, suvli va tuzli sshrimdan aniqlanadi va pH ishorasi bilan ifodalanadi. Tuproq pH uning reaktsiyasiga yaxshi ta’sir etadi. Tuproq eritmasining reaktsiyasi (рН) o’simliklar va mikroorganizmlar hayotida katta ahamiyatga ega. U tuproq tarkibiga va tuproq xosil qiluvchi protsesslraga bog’liq. Shu bilan birga u tuproqning agrokimyoviy, mikrobiologik , fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlab beradi. pH ning miqdorini aniqlashda quyidagilarga rioya qilish kerak. 1. pH suvli so’rim yoki suspenziyadan aniqlansa oldin tuproq reaktsiyasini aniqlab olish kerak. 2.Agar tuproq eritmasining rektsiyasi aniqlanmoqchi bo’lsa, tuproqdan suvli suspenziya yoki so’rim tayyorlanadi. 3.Agar almashinuvi kislota aniqlanmoqchi bo’lsa, analiz uchun olingan tuproq 1 n kaliy xlorid eritmasi bilan ishlanadi. Ishlashtartibi. Analiz uchun tayyorlangan va yaxshilab aralashtirilgan tuproqdan ma’lum miqdorda olib, probirkaning birinchi belgisigacha solinadi va probirkani stolga sekin-sekin urib qo’yiladi (tuproqni bir oz zichlashish maqsadida). Agar gurunt tuproq bo’lsa, pastki belgisidan 5 sm pastroq qilib joylashtirish kerak. Ustigaprobirkaning yuqori belgisigacha 0,1 n kaliy xlorid eritmasidan quyiladi. So’ngra probirkaning og’zi probka bilan yaxshilab berkitilib, unda chayqatiladi. (Agar tuproq eritmasi рН vniqlanadigan bo’lsa, unda distillangan suv ishlatiladi). Probirka chayqatilganda undagi suyuqlikning satxi probirkaning yuqori chizig’idan past bo’lsa, ustiga 0,1 n kaliy xlorid eritmasidan yoki distillangan suv quyib yuqori chizig’igacha yetkaziladi va 10 minut tinch qoldiriladi. SHundan keyin probirka qiyshaytirilib atrofiga yopishgan zarrachalari ehtiyotlik bilan yuviladi. Bu protsess 10 minutdan keyin yana takrorlanadi va probirkalar shtativga o’rnatilib, bir sutka qoldiriladi. So’ngra probirkadagi eritmani chayqatib yubormasdan toza pipetka bilan tiniq suyuqlikdan 6-7 ml olinadi. SHu eritma bilan ishlatiladigan probirka yaxshilab chayib tashlanadi, so’ng probirkaga pipetkada qolgan eritma solinadi. Ikkinchi probirkaga 0,5 ml arash indikator va shuncha miqdorda eritma olib yaxshilab chayqatiladi. Hosil bo’lgan eritmaning rangi standart etalon shkala bilan taqqoslanib pH aniqlanadi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling