Tuproqshunoslik va agrokimyo


Download 1.51 Mb.
bet14/23
Sana14.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1196578
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Tuproqshunoslik uslubiy qo\'llanma.

Ishlash tartibi. Kaltsiy aniqlangandan so’ng shu kolbadagi suyuqlikda iagniy aniqlanadi. Buning uchun kolbadagi suyuKlik ustiga ustigia 1:1 nisbatda xlorid kislota (HCl) dan kongo qog’oz ko’k binafsha tusga o’tguncha (kislotali reaktsiyagacha) tomiziladi. Biroz vaqt o’tgandan so’ng kolbadagi suyuqlik 40 – 500 S issiqlikda rangi yo’qolguncha qizdiriladi.
Ko’ongo qog’ozi Kizg’ish ranga o’tguncha so’rimdagi ortiqcha kislota bufer eritma bilan neytrallanadi. Bu neytrallangan suyuqlik ustiga 10 ml bufer eritma va 5 – 6 tomchi qora xromogen indikatoridan tomizilib, biroz chayqatiladi va suyuqlik qizil rangdan ko’kimtir tusga o’tguncha trilon B (magniy ko’p bo’lsa 0,05 n trilon B, oz bo’lsa 0,01 n trilon B ishlatiladi) eritmasi bilan titrlanadi.
Magniyning foiz miqdori trilon B ning sarflangan miqdoriga qarab, tubandagi formula bilan aniqlanadi:

X - magniyning foiz miqdori; a – titrlashga ketgan (0,05 yoki 0,01 n) trilon B, ml hisobida; N – 1 ml 0,05 n trilon B, 0,00063 g. magniyni yoki 0,01 n trilon B 0,000126 g. magniy cho’ktirilganini bildiradi; ye – suvli so’rimning umumiy xajmi, ml xisobida; K – gigroskopik koeffitsent; M – analiz uchun olingan so’rimning xajmi, ml hisobida; N – tuproq massasi, g hisobida.


Masalan: a – 12 ml, N -0,00063 (0,000126) g, e – 250 ml, K – 1,02 M – 20 ml,


N – 50 g bo’lsa, tuproqdagi magniyning miqdori 0,0803 % ga teng bo’ladi.



Suvli so’rim analizining natijalari va yakuniga qarab tuproq tarkibidagi suvda eriydigan birikmalar miqdori va tuproq sho’rlanish darajasi aniqlanadi.

Har qaysi dala tuprog’ining sho’rlanish protsessii, xarakteri, sho’rlanish darajasini to’liq va puxta o’rganish uchun yerning ustki haydalma qatlamini va quyi qatlamlaridan olingan tuproq namunalarini analiz qilish kerak. Sizot suvlari yuza bo’lgan joylarda ham u yuqoridagicha analiz qilinadi.


Tekshirilayotgan dala tuprog’i bu xilda analiz qilinganidan keyin labaratoriya ishlarini yakunlash, natijani muhokama qilish va tegishli hulosa chiqarish uchun quyidagicha jadval tuziladi .

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling