Tuproqshunoslik va agrokimyo
Suvda eriydigan moddalarning umumiy miqdori (quruq qoldiq)ni aniqlash
Download 1.51 Mb.
|
Tuproqshunoslik uslubiy qo\'llanma.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlash tartibi
- Kerakli reaktiv va asboblar: Kerakli reaktiv va asboblar
- Ishlash tartibi.
Suvda eriydigan moddalarning umumiy miqdori (quruq qoldiq)ni aniqlash.
Quruq qoldiq so’rimga o’tgan, suvda eriydigan barcha moddalarning umumiy miqdoridir. Uni aniqlash uchun elektr plitada yoki suvli xammomda ma’lum xajmdagi so’rim bug’latilib yuboriladi va qolgan quruq qoldiqga ko’ra tuproqdagi suvda eriydigan moddalarning foiz miqdori xisoblab topiladi. Ishlash tartibi:Pipetka yordamida so’rimdan 50 ml o’lchab olinadi va oldindan tarozida tortib tayyorlab qo’yilgan chinni kosacha yoki tigelga solinadi. Kosacha ichidagi so’rim suvli xammom yoki elektor plitada bug’lantiriladi va termostatda 105 S temperaturada uning og’irligi o’zgarmaydigan doimiy bo’lguncha quritiladi. Quruq qoldiqli kosacha eksiqatorda sovitiladi va analitik tarozida tortilib,og’irligi aniqlanadi. Quruq moddaning foyiz miqdori ushbu formula yordamida xisoblab topiladi: X – quruq qoldiq (foiz xisobida), a – quruq qoldiqli piyolachaning vazni (g xisobida0, v-piyolachaning vazni (g xisobida), ye-so’rimning umumiy xajmi (ml xisobida),K-gigroskopik koeffitsent, M-bug’latish uchun olingan suvli so’rimning xajmi (ml xisobida),N-tuproq massasi (g xisobida). Masalan: a-29,898 g. v-29,763, ye-250 ml, M-20 ml, K-1,02, N-50 g bo’lsa umumiy quruq qoldiq miqdorini xisoblang? Kerakli reaktiv va asboblar: Kerakli reaktiv va asboblar: Tuproq namunasi, teshiklari 1mm li elakcha, analitik tarozi, 500 ml hajimli shisha idish, distillangan suv, filtr, fenolftalein, 10% li kumush nitrat eritmasi Xlor ioni miqdorini aniqlash. SHo’rlangan tuproqlarda xlor ioni natri xlorid (NaCl), magni xlorid (MgCI2) va ka’ltsiy xlorid (CaCI2) tuzlari xolda uchraydi. Bulardan tuproqda, ayniqsa, natriy xlorid ko’proq uchraydi. Natriy xloridning ozmiqdori xam o’simlik uchun zararli. Shuning uchun xama vaqt birinchi navbatta xlor ionini aniqlash kerak. Xlor ionining miqdori turli usullar bilan aniqlanadi. Bulardan eng qulay va osoni xajim usulidir. Xlor ionini aniqlash 0,01 AgNO3 eritmasi bilan titirlashga asoslangan. NaCI + AgNO3= NaNO3+ AgCI Oq cho’kma U 10% li K2CrO4 eritmasi yordamida aniqlanadi. K2CrO4+ 2AgNO3=2KNO3+ Ag2CrO4 Xromat kislotaning kumushli tuzi (Ag2CrO4) cho’kmada qizg’ish rang xosil qilishidan foydalanib, xlor ionining foyiz miqdori aniqlanadi. Ishlash tartibi.Ikkita ximyaviy stakancha olib xar qaysiga (xlor ionining ko’p ozliligiga ko’ra) 10-20 ml dan so’rim quyiladi. So’rim kislotali yoki ishqorli bo’lsa (lakmus qog’oz bilan aniqlanadi), xar ikkita stakandagi eritma neytranlanadi va ustiga indikator sifatida kaliy xromat (K2CrO4) ning 10% li eritmasidan 1ml (10 tomchi) dan quyiladi. Bitta stakandagi eritma taqoslash uchun qoldiriladi.Ikkinchi stakandagi eritma och qizg’ish ranga kirguncha kumush nitrat (AgNO3) ning 1/10 n eritmasi bilan titrlanadi. Natija qyidagi formula bilan xisoblanadi: X – xlor ionining foyiz miqdori: a- titirlashga ketgan kumush nitratning 1/10 n eritmasi (ml xisobida): N- 1 ml kumush nitrat 1/10 n eritmasi tasirida cho’kkan xlor ionii miqdori, g hisobida (0,00035); E-so’rimning umumiy xajmi (ml hisobida); K- gigroskopik koeffitsent: M- analiz uchun olingan so’rim xajmi (ml hisobida): N- turoq massasi (g hisobida). Masalan: a- 10 ml, N-0,00035 g, E-250 ml, K-1,02, M-20 ml, N-50 g bo’lsa, tuproqda 0,0892 % xlor ionii bor. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling