Tuproqda suv quyidagi fizik holatda bo‘ladi: bug‘simon, gigroskopik, maksimal parda, kapillyar, gravitatsion. Bug‘simon suv o‘simlik uchun foydasiz, u suyuq gigroskopik holatga o‘tgandan so‘ng singadi
-jadval Fargona viloyati tuproq turlari va ulardagi xarakatchan fosfor bilan ta’minlanganlik darajasi, mg\kg
Download 36.45 Kb.
|
Тупрокда сув куйидаги физик ҳолатда бўлади
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘oriladigan maydonlarni tekislash
5-jadval
Fargona viloyati tuproq turlari va ulardagi xarakatchan fosfor bilan ta’minlanganlik darajasi, mg\kg.
Sho‘r va sho‘rtob yerlardan foydalanishda agromeliorativ tadbirlar. Adabiy ma’lumotlarda va qator olimlarimizning tadqiqotlari ko‘rsatishicha, sho‘r va sho‘rtob yerlardan foydalanishda asosan yerlarni agromelioretiv xolatini yaxshilashdan iboratdir. Sho‘r va botqoqlashgan yerlarni agromeliorativ tadbirlaridan: birinchi navbatda yerlarni tekislash, yer bo‘laklari atrofiga muxofaza uchun daraxt o‘tqazish, paxta, beda va boshqa ekinlarni almashlab ekishni joriy qilish va ekinlarni yuqori texnik saviyada ekishdan iboratdir. Sug‘oriladigan maydonlarni tekislash. Yerlarni tekislash katta agrotexnik tadbir bo‘lib uni qishloq xo‘jalik ekinlarini hosilini ko‘tarishda ahamiyati kattadir. Agar yer yaxshi tekislanmasa unday maydonda suv yurish qiyin bo‘lishi bilan birga uni melorativ holatini yaxshilash ishlarini samarasi keskin kamayadi. Yaxshi tekislangan yerlarda melorativ holat yaxshilanib o‘simlikni rivojlanishida va hosil ham yuqori bo‘ladi. Masalan: Yerni uzunasiga va kundalangiga yer tekislagich mexanizmi yordamida tekislanganda, qo‘lda va tekislanmagan maydonga nisbatan hosildorlik 10,4 dan 19,7 s/ga yuqori bo‘lgan.Sho‘rlangan yerlarni tekislanayotganda faqat agrotexnik tadbirni ko‘zda tutmay, balki yerni melorativ holatiga e’tibor berib. Yerni ko‘ndalang va uzunasiga tekisligini e’tiborga olib suv to‘ldiradigan pollarni katta kichikligiga ham ahamiyat berib, pollar 0,1 gektardan kichik bo‘lmasligi, pol ichidagi baland-pastlik 5-7 santimetrdan oshmaslik va nixoyat yerni uzunasiga qiya tekisligi 0,002-0,003 dan ortmasligi kerak. Yerlarni tekislash bir necha usulda bajariladi ya’ni qisman, kapital tekislash va muddatli tekislashga. Qisman tekislaganda maydonni umumiy tuzilishiga katta ta’sir etmay bazi baland-past joylarni tekislash. Muddatli tekislashda bir yil muddatga bajariladigan tuproq ishlarini hajmi gektariga 150-200 m3/ga bulish bilan birga tuproqni yuza qismini 10-15 santimetr chuqurlikda qirqish mumkin. Kapital tekislashda agar qisman va muddatli tekislashni samarasi bo‘lmagan taqdirda tuproq ishlarini hajmi 300-1000 m3/ga, xamda yerni yuza qismini 30-50 santimetr chuqurlikda qirqib olinadi. Bu ish ma’lum sxematik va davlat planida ko‘rsatilgan muddatlarda qilinadi. Yerni kapital tekislash O‘zbekiston yer tuzilish ilmiy tekshirish institutlarini proyektlari asosida bajariladi. Ekin maydonlarini agromelorativ xususiyatini yaxshilash hamma turdagi ekinlar uchun bajariladi. Bu ishni albatta turli mexanizmlar yordamida bajariladi. Masalan buldozerlar, skreporlar, ep tekislagich greyderlardan foydalaniladi. 1. Buldozerlarda ekin ekiladigan maydoni baland pastligi kupol bo‘zilgan bulsa va masafa 40-50 metrgacha bo‘lganda foydalaniladi. Download 36.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling