Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi
Download 1.27 Mb.
|
Elektrotexnika materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kavsharlar uchun mo’ljallangan flyuslar
3.4. Nometall o’tkazgichlarQattiq nometall o’tkazgichlar orasida uglerod asosidagi materiallar muhim ahamiyatga egadir. Uglerodning allotropik o’zgargan shakllari bo’lib, bunda olmosdagi uglerod atomlari tetraedr ko’rinishida bir-biridan aniq masofada (2,5 A) joylashadi, grafitdan ular bir tekislikda yotib, tomonlari 2,5 A li olti burchak hosil qiladi; mazkur tekisliklar orasidagi masofa (3,4 A) atomlar orasidagi masofadan kattadir. Shu sababli, grafit atomlari orasidagi bog’lanish nisbatan bo’shlig’i natijasida, elektronlarning bir qismi ozod bo’lishiga imkon yaratiladi. Grafitning solishtirma qarshiligi 10 mkOmm, ya’ni nixromnikidan 10 marta yuqoridir.131 3.3-jadval Kavsharlar uchun mo’ljallangan flyuslar
Uglerod amorf holatda bo’lishi yoki mayda kristallardan tashkil topishi mumkin. Yupqa qatlamli uglerodda =50-55 mkOmm, r=(200-500)10-6 grad-1 bo’ladi. Uning yupqa qatlamidan foydalanib (vakuumda 900-1000C da parchalab), sopol o’zak sirtida qiymati 30-50 kOm bo’lgan kichik hajmli qarshiliklar olinadi. O’zakning uglerodlangan sirti qayroq tosh yordamida 131 Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 105-bet. spiralsimon qilib o’yiladi va kerakli kenglik (uzunlik)da ma’lum qarshilikka ega qatlam olinadi (3.4-jadval). O’zakning uchlariga kontaktli qalpoqchalar kiygiziladi va ular yuzasi yupqa lok qatlami bilan qoplanadi. Silit uglerod, sof kremniy va kremniy karbidi aralashmasidan olinib, undan ish harorati 1500C ga mo’ljalangan, qiymati 0,001-0,01 Omm li o’zaklar tayyorlanadi.132 Uglerodli materialdan elektr mashinalarning cho’tkasi, projektor uchun elektrodlar, galvanik element anodlari kabi detallar yasaladi.Ko’mir kukuni mikrofonlarda tovush bosimiga qarab o’zgaradigan qarshiliklar tayyorlashda ishlatiladi. Elektrod o’zaklar olish uchun mahsulot maydalangan bog’lovchi xomashyo (qatron, suyuq shisha) bilan aralashtirilib, bosim ostida ishlov beriladi.So’ngra u pishirish jarayonini o’taydi. Pishirish jarayoni oddiy elektr mashina cho’tkalarini tayyorlashda 800C da, grafitlangan cho’tkalarni tayyorlashda esa 2200C da amalgam oshiriladi. 3.4-jadval Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling