72.MIxaelis-Menten tenglamasi va uning mohiyati.
E + S *=s ES » E + P,
bu yerda: E — ferment (enzim); S — substrat (reagent); ES — oraliq kompleks, P — mahsulot. 4
Bu tenglama ilk bor 1913-yilda Mixaelis va Mentenlar tomonidan taklif etilgan bo‘lib, Mixaelis-Mentenning ferment ta’siri mexanizmining tenglamasi deyiladi.
73.Elektro kimyo fani va uning vazifalari.
Elektrokimyo — fizik kimyoning bir bo‘limi bo‘lib, turli sistemalardagi
kimyoviy jarayonlar energiyasining elektr energiyasiga va
aksincha, elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanishini o‘rganadigan
fandir. Birinchi hodisa galvanik elementlarda, ikkinchi hodisa
esa elektroliz vaqtida yuz beradi. Biokimyoviy jarayonlar borishi natijasida hosil bo‘lgan yoki sarf
bo‘lgan energiyaning miqdorini aniqlash tibbiyotda diagnostika
maqsadida keng qo‘llaniladi.
74.Elektr o’tkazuvchanlik,organizmdagi ahamiyati.
Solishtirma qarshilikka teskari bo‘lgan qiymat 1/p solishtirma
elektr o'tkazuvchanlik deyiladi va yunoncha kappa — % harfi bilan
belgilanadi.Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik 1 sm3 eritmaning elektr o ‘tkazuvchanligi
bo‘lib, birligi Om • sm-1 orqa miya suyuqligi, qon zardobi, limfa, o‘t suyuqligining
elektr o ‘tkazuvchanligi katta. Muskul, bosh miyaning kulrang
moddasining elektr o ‘tkazuvchanligi nisbatan katta, o‘pka, yurak,
jigarning elektr o ‘tkazuvchanligi ancha kichik. Yog‘, suyak, asab
to‘qimalari, ayniqsa teri (shox qavati) elektr to‘kini yomon o‘tkazadi.
Quruq epidermisning elektr o‘tkazuvchanligi eng kichik.
Hujayralar o ‘rtasida boladigan suyuqlik hujayra suyuqliklariga
qaraganda to ‘kni yahshiroq o‘tkazadi, chunki hujayra membranalari
atrofida bir xil zaryad belgisiga ega bo‘Igan ionlarning yig‘ilishi hisobiga
qutblanish hosil bo‘ladi, oqibatda to‘qimalardan o‘tayotgan o‘zgarmas
tok kuchi kamayadi. To‘qimalardan (hujayralardan) yuqori chastotali
o‘zgaruvchan tok oson o‘tadi, chunki tok yo‘nalishining qisqa vaqt
ichida tez-tez o‘zgarib turishi qutblanish hosil bolishiga to‘sqinlik qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |