Elektrokimyoning asosiy tushunchalari. Galvanik


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
Sana01.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1418445
Bog'liq
14 amaliy mashg\'ulot (1)



14-amaliy mashgʻulot. 
Mavzu: Analizning elektrokimyoviy usullariga doir misollar yechish. 
ELEKTROKIMYONING ASOSIY TUSHUNCHALARI. GALVANIK 
ELEMENTLAR 
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi bitta idish ichida olib borilsa, kimyoviy 
reaksiya vaqtida hosil bo‘ladigan energiya issiqlik energiyasiga aylanadi
masalan 
Zn
0
+ CuSО
4
=ZnSO
4
+Cu

Bu reaksiyada elektronlar ruxdan misga bevosita o‘tadi. Agar reaksiyaga 
kirishadigan moddalar alohida-alohida idishlarga solinsa va bu idishlarni tashqi 
o‘tkazgich (sim) orqali tutashtirilsa elektronlar shu tashqi o‘tkazgich orqali o‘ta 
boshlaydi. Bu holda reaksiya vaqtida hosil bo‘ladigan kimyoviy energiya elektr 
energiyasiga aylanadi. Kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib 
beradigan asboblar galvanik
elementlar deyiladi
 
Rasmda mis-rux galvanik elementi va uning ishlash prinspi koʻrsatilgan 
ZnSO

va CuSO
4
eritmalariga solingan rux va mis plastinkalari galvanik 
elementning elektrodlari deyiladi. Elektrodlarda quydagi oksidlanish-qaytarilish 
jarayonlari sodir boʻladi: 
Zn
0
+2e=Zn
2+
Cu
2+
+2e=Cu
0
Zn
0
+ Cu
2+
= Zn
2+
+ Cu
0
yoki Zn + CuSO
4
= ZnSO
4
+ Cu 


Metalning elektrod potensiali,metalning xossasiga eritmadagi metall 
ionlarining konsentratsiyasiga va absolyut temperaturaga bog‘liq bo‘ladi. Bu 
bog‘liqlik Nernst formulasi orqali ifodalanadi:


Ikkita bir xil metall elektrod shu metalning turli konsentratsiyali tuzi 
eritmalariga tushirilsa ham, galvanik element hosil bo‘ladi va ularni 
konsentratsion galvanik elementlar deyiladi. Konsentratsion galvanik 
elementlarining EyuK ni topish uchun ularning katod potensiallaridan anod 
potensiallarini ayirish kerak. 
1-misol. Nikel nitrat eritmasiga tushirilgan nikel elektrod va mis nitrat 
eritmasiga tushirilgan mis elektroddan tashkil topgan galvanik elementning 
elektrodlarida boradigan jarayonlarni yozing. 
2-misol. Rux plastinkasi 0.01 M ZnSO

eritmasiga tushirilgan
.
Ruxning elektrod 
potensialini toping. 
3-misol. Quyidagi sxema bilan ifodalangan galvanik elementning EYuK ni 
hisoblang. 
4-misol. Galvanik elementning elektrodlari ikkita kumush plastinkasidan 
iborat.Ularning biri AgNO
3
ning 0.1 M eritmasiga, ikkinchisi esa 0.001 M 
eritmasiga tushirilgan.Shu konsentratsion elementning EYuKini toping. 
ELEKTROGRAVIMETRIK ANALIZ USULI 
Elektrogravimetrik usul tashqi manbadan olinadigan doimiy tok ta`sirida 
elektrodlarda moddalarning ajralishiga asoslangan. Faradey qonuniga asosan 


elektroliz natijasida ajraladigan modda massasi tok kuchiga, vaqtga va 
moddaning ekvivalent massasiga proporsionaldir. Bir ekvivalent mol 
moddaning ajralishi uchun 96500 kulon elektr miqdori sarf bo‘ladi. Bir kulon
(1 K
L
) elektr miqdori 1 A tok kuchi va 1 sek vaqt birligi ichida o‘tkazgich orqali 
o‘tgan kattalikdir. 
Bir kulon elektr miqdorida ajralgan modda miqdori elektrokimyoviy 
ekvivalent deyiladi (Э
э
) va u shu moddaning molyar ekvivalentining Faradey 
soniga nisbatiga (Э
э
=M
э
/96500 g/mol) teng. Yonaki reaksiyalar sodir bo‘ladigan 
jarayonlarda elektrolizda ajralib chiqadigan modda massasi tok samaradorligi 
100 % bo‘lganda (u ko‘p hollarda 100% dan kam bo‘ladi) Faradey qonuni 
bo‘yicha odatda, nazariy hisoblanganidan kam bo‘ladi. Shuning uchun 
elektrodda ajralib chiqadigan modda massasi: m=Э
э
J•tyoki m=M/n•96500•Iti 
Bunda m-modda massasi, g; I-tok kuchi, A; t-vaqt, s; Э
э
-elektrokimyoviy 
ekvivalent, g/mol; M-elektrodda ajralib chiqqan moddaning molyar massasi, 
g/mol; itok samaradorligi; n- elektrokimyoviy jarayonda qatnashgan elektronlar 
soni. 
Elektrogravimetriya elektrokimyoviy va gravimetrik analiz usullarining 
tutash usullariga kiradi. Elektrodda metall ajralib chiqadi va tarozida tortiladi. 
Shunday qilib tadqiq qilinayotgan eritmadagi metall miqdori aniqlanadi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling