98.Adsorbsiya,absorbsiya,desorbsiya,xemosorbsiya.
Gazsimon yoki suyuq moddalarning qattiq yoki suyuq agrégat
holatdagi moddalar tomonidan yutilishi turli mexanizm asosida boradi.
Bu jarayonlar sorbsiya deb ataladi.
Sorbsiya jarayoni xususiyatiga qarab 4 turga bo‘linadi: adsorbsiya,
absorbsiya, xemosorbsiya va kapillyar kondensatsiya.
Biron bir moddaning boshqa bir modda sirtiga yig'ilishi adsorbsiya
deyiladi. Adsorbsiyalanadigan modda - adsorbat yoki adsorbtiv, sirt
yuzasida adsorbsiya sodir bolayotgan modda adsorbent deyiladi.
Gazsimon moddaning qattiq yoki suyuq agrégat holatidagi biron
moddaning butun hajmi bo'ylab yutilishi absorbsiya deb ataladi.
Adsorbsiya va absorbsiya umuman olganda qaytar bo‘lib, ularga
teskari bo‘lgan jarayon desorbsiya deyiladi.
Valent kuchlari hisobiga boradigan adsorbsiya jarayoni
xemosorbsiya (kimyoviy sorbsiya) deb ataladi. Masalan:
CaO + C 0 2 = CaC03,
bunda CaO - adsorbent, C 0 2 esa adsorbat vazifasini bajaradi.
99.monomolekulyar va polimolekulyar adsorbsiya. Bunda yutilayotgan modda yutayotgan modda yuzasining ma’lum bir qismiga yutilsa monomolekulyar deyiladi. Agar yutilayotgan modda yutayotgan moddaning to’liq yuza sathiga yutilsa polimolekulyar adsorbsiya deyiladi. Misol aktivlangan ko’miraga is gazining yutilishi.
100.Qattiq jism sirtidagi adso’rbsiya.
Qattiq adsorbentlarda gazlar, bug‘, eritmada erigan modda zarrachalari
adsorbsiyalanishi mumkin. Qattiq adsorbentlar tabiiy yoki
sun’iy boMadi. Adsorbsiya jarayoni qattiq adsorbentlarning katta
o‘lcham qiymatiga ega bo‘lgan tashqi yoki ichki sirt yuzalarida sodir
bo‘ladi. Qattiq jismlardagi adsorbsiyani kristal panjaradagi bogManishlarning
teng bo‘lmasligi hisobiga vujudga keladigan tortishish kuchlari
maydonlarining mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Qattiq adsorbentning faol markazlarida bo‘rtib turgan qismlarida
adsorbsiya ayniqsa kuchli bo‘ladi. Masalan, faollashtirilgan ko‘mir
zarrasining bo‘rtib turgan uchlarida kislorodning adsorbsiyalanishi
chuqur joylaridagiga qaraganda 4,5 marta tezroq boladi.
101.
Do'stlaringiz bilan baham: |