Дифракция света


Download 0.83 Mb.
bet1/3
Sana02.12.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1780039
  1   2   3
Bog'liq
Gulimboev Zahriddin 1

Elementar elektr zaryad qiymatini Milliken uslubi bilan aniqlash

Gulimboyev Zahiriddin

Reja:


1.Zaryadlangan yog' tomchisining vertikal elektr maydonida harakatini kuzatish.
2.Elementar zaryadni:
-zaryadlangan moy tomchilari Milliken kamerasida suzayotgandagi kuchlanishni o'lchash, va kuchlanish o'chirilgandan keyin
tomchining erkin tushish tezligini o'lchash yordamida (muvozanat metodi) aniqlash;
-kuchlanish o'chirilgandan keyin tomchining erkin tushish tezligini o'lchash, va tomchining ko'tarilish tezligini kuchlanish bilan aniqlash yordamida (dinamik metod) aniqlash

Asosiy printsiplar


Atomar holatga o'tgan moy tomchilari yassi kondensatorning bir
jinsli elektr maydoniga kiritiladi. Atomar holatga o'tish davrida moy tomchilari ishqalanish tufayli Q zaryadga erishadi. Massasi moy bo'lgan tomchi kuchlanganligi E bo'lgan elektr maydonida quyidagi kuchlar ta'siri ostida bo'ladi:
- eelektr maydoni ta'sir kuchi - Q*E;
- og'irlik kuchi mmoy *g
Tomchini havoda deb hisoblasak, unga quyidagi kuchlar ham ta'sir etadi:
- mL*g ko'taruvchi kuch, bu yerda mL tomchi qisib chiqargan havoning massasi;
- Agar tomchi atrofdagi havoga nisbatan harakatlanayotgan
bo'lsa, Stoksning ishqalanish kuchi - 6πrηv
(bu yerda η havoning yopishqoqlik koeffisienti, r- tomchining
radiusi, v-harakat tezligi)
Maydon bo'lmagan fazoda tushish tezligi; Tomchining radiusi r ni aniqlash:
Agar tomchi maydon bo'lmagan fazoda doimiy tezlik vl
bilan tushsa, og'irlik, ko'tarish kuchining teskari qiymati va Stoksning ishqalanish kuchining yig'indisi nolga teng bo'ladi ya'ni mmoy *g - mL*g - 6πrηvl = 0
bu yerda mmoy - mL = m u vaqtda quyidagini olamiz:
mg - 6πrηv = 0
bu yerda mg - ko'tarish kuchi tufayli o'girlikning kamayishi.
ρmoy - ρL = ρ
bu yerda ρmoy - moyning zichligi, ρL - havoning zichligi.
Quyidagini hosil qilamiz: Vρg - 6πrηvl = 0
Tomchining hajmi V = (4/3)πr3 bo'lsa (4/3)πr3 *ρ*g - 6πrηvl= 0

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling